Ayrimlar uyqusizlikdan, yaʼni keçqurun uyquga ketiş jarayonining qiyinligidan, tunda tez-tez uyğonib ketişi hamda keyin uxlay olmasligidan şikoyat qiladi. Uyqusizlik — tibbiyotda insomniya deb ataladi va inson organizmida doimiy çarçoqni keltirib çiqariş bilan bir qatorda, kunduzgi işlaş qobiliyatining pasayişi va kognitiv funksiyalarning susayişiga olib keladi.

Kasallikning rivojlanişiga, asosan, psixoemotsional zöriqişlar, ijtimoiy va moliyaviy omillar taʼsirida yuzaga keladigan surunkali stress, depressiv holatlar hamda somatik kasalliklardan bronxial astma, yurak yetişmovçiligi kabi xastaliklar sabab böladi. Şuningdek, ayrim toifadagi dori vositalarini şifokor nazoratisiz notöğri dozalarda qabul qiliş, kofein, nikotin va spirtli içimliklarni köp isteʼmol qiliş ham insomniyaga zamin yaratadi.

Zamonaviy tadqiqotlar şuni körsatadiki, uxlaşdan oldin raqamli qurilmalardan foydalaniş va ularning ekranidan taraladigan kök nur taʼsiri organizmda tabiiy uyqu gormonlari işlab çiqarilişini bloklab, sirkad maromlarning buzilişiga sabab bölmoqda. Tibbiyot amaliyotida uyqusizlik davri va sabablariga köra, bir neçta turlarga tasniflanadi. Bir neça kundan bir neça haftagaça davom etadigan uyqusizlik ötkir insomniya deb atalsa, uç oy va undan ortiq muddat davom etadigan şakli surunkali insomniya sifatida baholanadi.

Uyqusizlikni davolaş va uning oldini olişda, birinçi navbatda, uyqu gigiyenasi qoidalariga qatʼiy rioya etiş talab qilinadi. Bunda bemorlardan har kuni bir xil vaqtda uxlaş va uyğoniş rejimini şakllantiriş, keçki payt tarkibida kofein bölgan mahsulotlar va oğir taomlarni isteʼmol qilmaslik, yotoqxonada sokin va qoronği muhitni taʼminlaş talab etiladi. Şu bilan birga, karavotdan faqat uyqu maqsadida foydalaniş hamda uxlaşdan kamida bir soat oldin raqamli vositalarni çeklaş lozim.

Klinik davolaş jarayonida xalqaro standartlarga muvofiq, uyquning kognitiv-xulq-atvor terapiyasi eng samarali usul hisoblanib, u bemorda uyqu oldidan yuzaga keladigan salbiy xayollarni bartaraf etişga xizmat qiladi. Medikamentoz davolaşda esa melatonin va sedativ preparatlar faqat va faqat mutaxassis şifokor nazorati ostida tayinlanişi şart. Uyqusizlik kasalligiga öz vaqtida eʼtibor qaratmaslik va uni davolamaslik inson organizmida oğir tibbiy asoratlarni keltirib çiqaradi.

Surunkali uyqusizlik oqibatida immun tizimi zaiflaşib, organizmning yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşuvçanligi pasayadi, ruhiyatda depressiya xavfi ortadi va qon bosimining kötarilişi natijasida yurak-qon tomir tizimi patologiyalari rivojlanadi.

Taʼkidlaş kerakki, uyqusizlik tizimli davolanişi şart bölgan klinik holat bölib, kasallik surunkali tus olganda organizmdagi salbiy özgarişlarning oldini oliş maqsadida zudlik bilan nevropatolog şifokor körigidan ötiş muhimdir.

Zahro AMONOVA,

Samarqand davlat tibbiyot universiteti

 nevrologiya kafedrasi dotsenti.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan