80 yoşni qarşi olayotgan Sobirjon Usmonov hayotiga çizgilar
Sobirjon aka Uçqörğonday jannatmakon joylarni, zilol suvlari qirğoqlariga urilib oqadigan Norin daryosini taşlab, oilasi bilan Mirzaçölga köçib kelganida, bir tarafi qamişzor, bir tarafi jinğilzor, şör bosgan kengliklarni körib, yuragi orqasiga tortib ketgan edi.
Öşa paytda hukumat çölni özlaştirişga daʼvat qilib, bu yerlarga kelganlarga boşpana, yer, mol-hol vaʼda qilgan, ammo biyday daştda hayot keçiriş, yaşaş uçun noqulay bölgan şaroitlarga çidaş oson emasdi. Yoz oylarida keç tuşib, qoş qorayişi bilan odamlar tezak yo höl ötinlarni tutatib, paşşalar oqimini sal uzoqlaştirişar va keçki taomni yeb, paşşaxonalarga kirib yotişga majbur edilar…
1953 yillarda asta-sekin çölquvarlar soni köpayib, çöl bağrida serhosil ekinzorlar, yaşnagan boğlar paydo bölayotgandi. Endigina yetti yoşga kirganiga qaramay, Sobirjon bolalarça qiziqiş bilan barça voqealarni xotira sandiğiga joylab qöyardi. Keyinçalik maktabda öqiyotgan davrida çölquvarlarning maşaqqatli hayoti haqida jöşqin maqolalar, kitoblar yozişni köngliga tugdi. Biroq jurnalist yoki yozuvçilikka uquvi bölgani holda u qismat taqozosi bilan quruvçilik kasbini tanladi.
Sobirjon Usmonov 1961 yilda — 15 yoşida Guliston tumanidagi “Leningrad” jamoa xöjaligi paxtaçilik brigadasida öz mehnat faoliyatini boşladi. 1962 yildan “Golodnostepstroy” birlaşmasining Guliston şahrida joylaşgan “Mirzaçölsovxozquriliş” trestida armaturaçi bölib işladi. Quriliş, bunyodkorlik sohasiga qiziqişi şunda boşlangan edi va bu qiziqiş yoş çölquvarni maktabni bitirgan zahoti Toşkent temir yöl transporti injenerlari instituti sari boşladi.
1968 yilda institutni bitirib, muhandis-quruvçi ixtisosligi böyiça diplomni qöliga olganidan söng dastlab Sirdaryo temir yöl stansiyasida joylaşgan SMP-503 quriliş-montaj poyezdida usta, keyinçalik MSPMK-3 ixtisoslaştirilgan quriliş taşkilotida uçastka boşliği, boş muhandisi lavozimlarida, qişloqlarda vodoprovod tarmoqlarini va suv inşootlarini qurişda baholi qudrat xizmat qildi. Keyinçalik 1977-1980 yillarda “Sirdaryooblkolxozquriliş” trestining boş muhandisi lavozimida Sirdaryo tumanidagi qişloqlarda köplab uy-joylar, maktablar, bolalar boğçalari, çorvaçilik fermalari va boşqa obʼyektlar, şu jumladan, “Sindorobod” xöjaligidagi “Quyoş” posyolkasi hamda “Baxt saroyi” qurilişida boş-qoş böldi.
Sobirjon Usmonovning institutdan keyingi hayotida ustozi — odamiylikda tengi yöq rahbar, quriliş tresti boşqaruvçisi Bobo Kojakovning örni beqiyos böldi, desak, xato qilmagan bölamiz. Bobo aka öz xodimlarini oila aʼzosiday körar, ulardan yordamini ayamasdi. Ayniqsa, yoş kadrlarni tarbiyalaş, ularga iş örgatiş, kerak bölsa, yuqori lavozimlarga kötarişda beminnat kömaklaşar, öz şogirdlari bilan hamişa faxrlanib yurardi.
Hayotning özi inson qismatiga hamohang ravişda keyingi qadamlarini belgilaydi deyişadi. Bu gapda jon bor. Tirişqoq, ijro intizomi, işga hamişa yuksak masʼuliyat bilan yondaşuvçi Sobirjon aka özbek va rus tillarida bemalol gapirib, yoza bilişi, savodi, bilimi, qiziquvçanligi, mulohazakorligi tufayli viloyat rahbariyati, xususan, bevosita kadrlar bilan şuğullanuvçi sinçkov inson — Ivan Stepanoviç Stupinning eʼtiborini tortdi. Sobirjon akani viloyat partiya komitetining taşkiliy, kadrlar bilan işlaş bölimiga yöriqçi vazifasiga işga ötkazişdi.
Sobirjon aka 30 yildan ortiq masʼuliyatli rahbarlik lavozimlarida işladi. 1980-2000 yillarda u Yangiyer şahar partiya komitetining ikkinçi kotibi, Guliston şahar ijroqömining raisi, Sirdaryo viloyati partiya komitetining taşkiliy-partiyaviy bölimi mudiri va ikkinçi kotibi, Özbekiston XDP viloyat Kengaşi birinçi kotibi, viloyat hokimining örinbosari va Sirdaryo tumani hokimi lavozimlarida el-yurt ravnaqi yölida xizmat qildi. 2000-2005 yillarda Özbekiston XDP Markaziy Kengaşi boş maslahatçisi, kotibi, rais örinbosari, 2005-2025 yillarda “Paxtasanoat ilmiy markazi”da bölim mudiri, Axborot-resurs markazi boşliği, “Paxta ilmiy-innovatsiya markazi” MÇJda direktor örinbosari bölib işladi.
Qöliga qalam olib, çöl hayotidan jonli lavhalar, tarixiy bitiklar yoziş uning bolalik orzusi emasmidi, qurilişda, rahbarlikda işlagan vaqtlarida ham har qança band bölişiga qaramay, özbek va rus tillarida çop etilayotgan gazeta-jurnallarga dolzarb mavzularda rangba-rang tahliliy maqolalar yozardi. Şuning uçun ham ötgan asrning saksoninçi yillarida uni Jurnalistlar uyuşmasi aʼzoligiga qabul qilişdi. Uni sirdaryoliklar turli naşriyotlarda çop etilgan “Sirdaryo yoşlari Mirzaçölni özlaştirişda”, “Dil çizgilari”, “Diydor ğanimat”, “Sizga nasib”, “Yodnoma”, “Yodnoma — 2020”, “Umr uçqunlari”, “Ob istoriyax otdelnыx liçnostey”, “Özbekistonliklar faşizmga qarşi janglarda”, “Mirzaçölda qoldi izlari”, “Mirzaçöl avlodlar yodida”, “Bir suhbat tarixi” kabi kitoblar va paxta sanoati böyiça bir qator ilmiy-texnik qöllanmalar muallifi sifatida yaxşi bilişadi.
Sobirjon Usmonov qalamiga mansub, yaqindagina naşr etilgan “Sirdaryo viloyati tarixidan” va “Sirdaryolik qahramonlar” töplamlari kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. Sobirjon aka viloyat taşkil topganidan beri işlab kelgan barça masʼul xodimlarni şaxsan tanigani, deyarli butun faoliyatini kadrlar bilan işlaş, ularni tarbiyalaş va joy-joyiga qöyiş bilan ötkazgani bois, har ikki kitobda tilga olingan odamlarning tarjimai holini, mehnat faoliyatini hamda viloyat taraqqiyotiga qöşgan hissasini jonli misollarda körsata olgan. Uning Guliston şahridagi uyiga borsangiz, nihoyatda boy şaxsiy arxiviga duç kelasiz. Kutubxonasi joylaşgan xonaga kirsangiz, u yerdan çiqqingiz kelmaydi.
Biz qutluğ 80 yoşini qarşi olayotgan bölsa-da, ijodiy ğayrat-şijoatga töla nuroniy Sobirjon Usmonovni tabriklar ekanmiz, “Heç qaçon tolmang, tariximizni yoritişga doir sara asarlar yaratişda davom eting!” — deya tilak bildiramiz!
Ötbosar ABDIYEV,
“Nuroniy” jamğarmasi
Sirdaryo viloyati bölimi raisi.
Munavvar PARDAYEV,
jurnalist.