“Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi, Özbekiston Mahallalari uyuşmasi, Toşkent şahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi hamda Olmazor tumanida joylaşgan “Quyoş” mahallasi kutubxonasi hamkorligida ötkazilgan ijodiy keça özining serqirra faoliyati, madaniyatimiz rivojiga qöşgan beqiyos hissasi bilan xalqimiz ardoğiga sazovor bölgan şoira va adiba — Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, “Döstlik” ordeni, I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni, “Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibasi Muqaddas Abdusamatova ijodiga bağişlandi.
Tadbirda Toşkent şahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi jamoasi, tumanlardagi axborot-kutubxona markazlari rahbarlari, Muqaddas Abdusamatovaning yaqinlari, kasbdoşlari, şogirdlari, “Nuroniy” jamğarmasi Olmazor tumani bölimi, maʼnaviyat bölimi vakillari, “Quyoş” mahallasi kutubxonasi kitobsevarlari, mahalla faollari, taniqli yozuvçilar, şoirlar va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Muqaddas Abdusamatova 1941 yil 28 aprelda Toşkent şahrida ziyoli oilasida tavallud topgan. Umrining ilk yillaridan boşlab, ilmga çanqoqlik, sözga muhabbat Muqaddasxonning qalbida çuqur ildiz otdi. 1960 yili poytaxtdagi 22-örta maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan qalbi orzularga töla qiz ToşDU (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakulteti jurnalistika bölimiga öqişga kirib, uni muvaffaqiyatli tamomladi.
Ijodkorning mehnat faoliyati 1966 yildan boşlangan. “Yoş leninçi” (hozirgi “Yoşlar ovozi”) gazetasining adabiyot va sanʼat bölimida adabiy xodim sifatida iş boşlagan Muqaddas opa qariyb 30 yildan ortiq vaqt davomida uşbu bölimning mudiri vazifasida mehnat qilib, özbek jurnalistikasi va adabiyoti rivojiga munosib hissa qöşdi. Opaning rahbarligi ostida minglab ijodkor yoşlarning qalami çarxlandi, ularning ijodi keng jamoatçilikka yetkazildi.
Muqaddas Abdusamatovaning badiiy ijodi sermahsuldir. Uning qalamiga mansub “Umr lahzalari”, “Onalik baxti”, “Fazilatim — fozilaligim”, “Umr — ipga terilgan marjon”, “Şukrona”, “Saylanma”, “Ortda qolgan izlar”, “Uyğoq tuyğular”, “Oila — muqaddas”, “Bunça şirinsan, hayot!” kabi qator şeʼriy va nasriy kitoblari çop etilib, kitobxonlar mehrini qozongan. Uşbu asarlar inson ruhiyatining eng nozik qirralarini, ona Vatanga muhabbat, oila muqaddasligi va insoniy fazilatlarni teran tarannum etişi bilan ajralib turadi.
Tadbirda Özbekiston Mahallalari uyuşmasining Oila va xotin-qizlar masalalari böyiça bölim boşliği Gulnora Yölçiyeva, “Nuroniy” jamğarmasi Olmazor tumani bölimi raisi Mirziyod Mirpölatov, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Şuhrat Jabborov, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Gulçehra Umarova sözga çiqib, ayol — nafaqat oilaning fayzi, farzandning tarbiyaçisi, balki u jamiyat közgusi ekanligi, ayniqsa, Muqaddas opa kabi ijodkor ayollar jamiyatimiz faxri, ğururi ekanligi, ularning har bir satrida Vatan tuyğusi, insoniy qadriyatlar tarannum etilib, satrlaridan ona yerga çeksiz sadoqat va ayollik latofati barq urib turişini taʼkidladilar.
Muqaddas Abdusamatova eʼtibor va eʼtirof uçun ulkan minnatdorlik bildirib, iştirokçilarga öz şeʼrlaridan öqib berdi va adabiyot ixlosmandlari bilan dildan suhbat qurdi. Şuningdek, yoşlar tarbiyasi, ularni kamolga yetkaziş, bu jarayonda nuroniy otaxonu onaxonlarning öziga xos örniga töxtalib, fikrlarini hayotiy hikmatlar va öz falsafiy qaraşlari bilan izohladi. Ayniqsa, Muqaddas opaning dutor sadolari ostida ijro etgan kuy- qöşiqlari iştirokçilarga yanada kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Hafiza KARIMOVA,
Toşkent şahar “Bilim” AKM direktori,
pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori.