Har bir manzilu makonning intilib yaşaydigan, tinim bilmas fidoyilari böladi. Ular faqat oldinga qarab, marrani baland olib, yuksaklarni közlab yaşaydilar. Navoiy viloyati Nurota tumanidagi Oqtepa qişloğida yaşovçi Tursunboy Haydarov ana şunday sohibi isteʼdod va mehnatkaş insonlardan biridir. Ötgan asrning saksoninçi yillarida u kişi bilan bir maktabda faoliyat yuritgan inson sifatida, hayotning ançagina sinovlaridan ötgan bu zotdagi tinimsiz izlaniş va fidoyilik namunalarining köp bora guvohi bölganman.

Nurota tumanidagi 10-maktabda uzoq yillar direktorlik qilgan, taʼlim tizimi rivojiga qöşgan ulkan hissasi hamda yoş avlodni soğlom va barkamol etib tarbiyalaşdagi xizmatlari uçun davlatimizning yuksak mukofoti — “Soğlom avlod uçun” ordeni bilan taqdirlangan Istam Boboyorov, şuningdek, 10- va 25-maktablarda fidoyi mehnati bilan nazarga tuşgan taniqli tarix fani öqituvçisi, keyinçalik Oqtepa maktabiga rahbarlik qilgan Hayit Islomovlar nafaqaga çiqsalar-da, boğdorçilik va çorvaçilik borasida farzandlariga boş-qoş bölib, ulkan işlarga hissa qöşdilar.

Fermer xöjaliklari taşkil etib, “Mehnatdan kelsa boylik, turmuş bölar çiroylik” degan hikmatning neçoğli haqiqat ekanligini amalda isbotladilar. Nafaqadagi muallim Tursunboy Haydarov ham ana şunday ustozlar izidan borib, hayotda öz maktabini yaratdi. Dastlab Nurota tumani Çaşma qişloğidagi 10-maktabda mutaxassisligi böyiça kutubxonaçilikdan iş boşlagan yoş Tursunboy qisqa fursatda maktab rahbariyati bilan hamkorlikda nomigagina mavjud bölgan tor xona örnida talab darajasida jihozlangan, salmoqli kitob fondiga ega ikki xonali körkam kutubxonaga asos soldi.

Orasta javonlar respublika, viloyat va tumanda naşr etiladigan davriy matbuot hamda badiiy adabiyotlar bilan boyitildi. Kutubxona çinakam maʼrifat maskaniga aylandi. U tanaffuslarda va darslardan keyin yoş kitobxonlar bilan qiziqarli suhbatlar, savol-javoblar taşkil etib, bolalarning kitobga mehrini uyğotdi. Uning intiluvçanligi köp ötmay tuman xalq taʼlimi bölimi eʼtiborini ham tortdi. Muvaffaqiyatlar öz-özidan kelmaydi. Iqtidor, taşabbuskorlik va kasbga sadoqat uni yangidan-yangi marralar sari undadi.

Sanʼatga mehri, taşkilotçiligi tufayli hayotida yangi sahifalar oçilib, qişloq ahlining hurmatini qozondi, öqituvçilikdan maktab direktori lavozimiga kötarildi. Biroq haqiqiy mehnat odami uçun nafaqa dam oliş davri emas, balki yangi imkoniyatlar faslidir. Tursunboy muallim nafaqaga çiqib ham qöl qovuştirib ötirmadi, el ehtiyoji uçun zarur bölgan maşaqqatli hunar — tandir yasaşga qöl urdi. Tinmay izlandi, soha ustalarining tajribasini örgandi. Mahalliy xomaşyolardan tayyorlangan tandirlar sinovlardan muvaffaqiyatli ötgaç, nafaqat öz qişloğida, balki qöşni hududlarda ham xaridorlar köpaydi.

Mehnat mahsuli el oğziga tuşib, buyurtmaçilar köpaygaç, “ustoz — şogird” maktabini şakllantirib, köplab yoşlarga hunar sirlarini örgatdi, hatto öğliga ham kulolçilik merosini yuqtirdi. Ustozlik maqomiga “tandirçi” degan uluğ nom qöşildi. Bu hali hammasi emas… Toşkentlik işbilarmon döstlarining taşabbusi bilan qişloqlarda issiqxona xöjaliklarini taşkil etiş boşlanişi bilan Tursunboy Haydarov bu işga ham birinçilardan bölib bel boğladi. Qişloq şaroitida issiqxonani isitiş, yetiştirilgan mahsulotni bozorga çiqariş muşkul ekanini körib, köplar intilişini töxtatgan bir paytda, u buni amalda uddalaş mumkinligini isbotladi.

Rözğorini obod qildi, ortiqçasini qöni-qöşni, ehtiyojmand oilalarga ulaşdi. Umr yöldoşi va farzandlari bilan birgalikda ertapişar sabzavotlar yetiştirib, qişloqda birinçilardan bölib mömaygina hosil oldi. Bugun uning xonadoniga kirgan kişi közni quvontiruvçi gulu gulzorlardan, saranjom-sarişta hovlidan zavq oladi. Tursunboy Haydarov faqat oilasi bilangina emas, jamoat işlari bilan ham elning işonçini qozongan inson. U hozirda “Avazsoy” mahalla fuqarolar yiğinining vakili sifatida qaynoq hayotning markazida yuribdi. Oilaviy kelişmovçiliklarni tinç yöl bilan hal etiş, kam taʼminlangan va nogironligi bor şaxslarga ijtimoiy yordamlarning adolatli yetib borişini taʼminlaş, yoşlar qalbida milliy qadriyatlarni singdirişda uning örni katta.

Suyundik Mustafo NUROTOIY,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan