Köçadan ötayotib, darvozaga ilingan: “Uşbu xonadonda “Ibratli oila” kökrak nişoni bilan taqdirlangan oila istiqomat qiladi” degan yozuvga közingiz tuşsa, beixtiyor uşbu xonadon sohiblarining hayot tarzi, jamiyatda tutgan örni va ibratli faoliyati haqida öylaysiz. Ana şunday namunali oilalardan biri Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Kumuşkent” mahallasida istiqomat qilayotgan Mansurovlar oilasidir.
Mazkur oilada maʼnaviy muhit, özaro hurmat va soğlom turmuş tarziga ustuvor qadriyat sifatida qaraladi. Oila bekasi Mayram Şaymurodova uzoq yillar taʼlim sohasida samarali mehnat qilgan. Bugun esa nafaqada bölişiga qaramay, özining boy hayotiy tajribasini yoş avlod tarbiyasiga bağişlab kelmoqda.
Onaxon Vobkent tumanidagi 4-sonli umumtaʼlim maktabi “Faxriylar kengaşi” raisi sifatida öquvçilar bilan uçraşuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va turli davra suhbatlarini muntazam taşkil etib, yoşlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat hamda soğlom turmuş tarziga daʼvat etmoqda.
Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Ibratli oila” kökrak nişoni bilan taqdirlangan Mayram Şaymurodovaning yana bir eʼtiborga molik jihati — sportga bölgan çeksiz mehridir. Aya nuroniy yoşda bölişiga qaramay, jismoniy faollikni kundalik hayotining ajralmas qismiga aylantirgan. Muntazam maşğulotlar orqali soğliğini mustahkamlab, atrofdagilarga ham soğlom turmuş tarzining afzalliklarini namoyon etmoqda.
Mayram opa nuroniylar örtasida tuman va viloyat miqyosida ötkaziladigan sport musobaqalarida faol iştirok etib, bir neça bor faxrli örinlarni qölga kiritgan. Uning sportdagi yutuqlari nafaqat şaxsiy muvaffaqiyat, balki yoşi uluğ insonlar uçun ham faol va mazmunli hayot keçiriş mumkinligining yorqin isbotidir. Onaxon har bir musobaqada özini qatʼiyat, iroda va soğlom turmuş tarzining haqiqiy tarğibotçisi sifatida namoyon etmoqda.
Bir söz bilan aytganda, islohotlar jadal tus olgan hozirgi yangilaniş va bunyodkorlik davrida Mansurovlar oilasi milliy qadriyatlarni özida mujassam etib, mahalla ahli va yoşlar uçun çin maʼnoda ibrat maktabiga aylanib kelmoqda.
Dilafruz OBLOQULOVA.