Raqamli asr, şiddat bilan özgarayotgan axborot oqimi va daqiqa sayin yangilanib boruvçi dunyo… Ammo bu jarayonlarning qaysi birida bölmaylik, sohani mukammal örganiş uçun ustoz va şogird anʼanasiga tayanişimiz bor gap. 1 oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazi hamda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi hamkorligida taşkil etilgan faxriy jurnalistlar uçraşuvi çinakam qadr va ehtirom keçasiga aylandi.
Soha faxriylari, tajribali ijodkorlar hamda izlanişdagi yoş qalamkaşlar bahs-munozara va samimiy xotiralar davrasida jam bölişdi. Tadbir avvalida haqiqiy jurnalist qanday bölişi kerakligi xususidagi fikrlar örtaga taşlandi. Zero, bugungi kunda jurnalistdan nafaqat tezkorlik, balki çuqur tahlil, xolislik va yuksak masʼuliyat talab etilmoqda.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi Şuhrat Oripov öz sözida bugungi avlod uçun ustozlar maktabining örni beqiyos ekanini alohida taʼkidladi:
— Jurnalistika — doimiy izlaniş, mehnat va masʼuliyatni talab qiladigan kasb. Bu sohada öz örnini topiş, el işonçini qozoniş uçun inson, avvalo, kasbini sevişi, haqiqatga sodiq bölişi kerak. Ana şu fazilatlarni şakllantirişda ustozlarning örni bebaho.
Öz navbatida, kontent tayyorlaş markazi bölim boşliği Elbek Dolimov ham zamonaviy media olamidagi talablar, yangi texnologik imkoniyatlardan foydalaniş va sifatli kontent yaratiş dolzarbligiga töxtalib ötdi.
Uçraşuvda taniqli şoir va noşir Muhiddin Omon hamda faxriy jurnalistlar — Jabbor Razzoqov, Şerzod Ğulomov, Nasiba Ibrohimova va Muxtor Xudoyqulov sözga çiqib, bugun jurnalistlarning oldida turgan muhim vazifalar haqida töxtalib ötişdi va özlarining sohadagi ilk qadamlari, ustozlardan olgan birinçi tanbeh va maqtovlari, sohadagi sinovli damlarni qanday yengib ötganliklari haqida sözlab berişdi. Ularning har bir hikoyasi yoşlar uçun muhim hayotiy va kasbiy mahorat darsi böldi.
Tadbir davomida oçiqlik va söz erkinligini taʼminlaş yölidagi islohotlar, media sohasidagi yangi tendensiyalar ham muhokama qilindi. Yoşlarni qöllab-quvvatlaş, tajribaga asoslangan va yoş avlod örtasidagi ijodiy köpriklarni mustahkamlaş bugunning eng muhim vazifalaridan biri ekani taʼkidlandi.
U. EŞPÖLATOV.