Umrini ezgulikka, yoşlar kamoli va taʼlim-tarbiyasiga bağişlagan fidoyi kişilarni, odatda, ikki dunyosi obod insonlar, deyişadi. Bu, bejiz emas, albatta. Çunki borini özgalar manfaati uçun sarf qilgan insonning Yaratgan tomonidan mukofotlanişi ayni haqiqatdir. Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Çöntoş” mahallasida yaşovçi faxriy pedagog Usmonali Normatovni ana şunday yurtdoşlarimiz sirasiga kiritişimiz mumkin. 

Otaxonni tuman ahli yaxşi taniydi. Usmonali aka 1950 yil 1 sentyabrda Denov tumanida tuğilgan. 1956-1966 yillarda 15-maktabda tahsil olgan. 1966-1971 yillarda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetida öqib, 1971-1983 yillarda özi öqigan dargohda ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi vazifasida iş boşlagan. 1983-1986 yillarda 37-maktab direktori örinbosari, 1986-1999 yillarda Denov şahar xalq taʼlimi bölimida davlat taʼlim standartlari monitoringi bölimi boşliği, 2015-2016 yillarda 37-maktab direktori vazifasida işlab, pensiyaga çiqqan.

Turmuş örtoği Böronova Tojixol aya ham oliy maʼlumotli. Termiz davlat pedagogika institutini tamomlagan. 30 yil davomida matematika fani öqituvçisi bölib, yoş avlodga taʼlim-tarbiya bergan. Qöşa qarib, keksalik gaştini surib kelayotgan uşbu ikki ustoz nuroniy bugun ham jamoat işlarida, mahallada amalga oşiriladigan turli loyihalarda qizğin iştirok etib, bugungi islohotlar mazmunini ommaga yetkazişda jonbozlik körsatadilar.

Yoşlarga ezgu maqsad yölida astoydil harakat qiliş, kasb-hunar egallaş yuzasidan yöl-yöriqlar berib keladilar. Erta tongda turib, 5000 ming qadam yuriş ular uçun deyarli odatga aylangan. Ikki ustoz nuroniy soğlom turmuş tarziga qatʼiy amal qiladilar, 6 nafar farzand, 17 nafar nevara, 8 nafar çevara ularning atrofida girgitton.

— Men umrni şarşaraga öxşataman, avval şoşib-pişib oqadi, ariq özaniga tuşgandan keyin esa toşdan-toşga urilib pişadi va sekin-asta oqaveradi, —  deydilar otaxon biz bilan suhbatda. — Gazeta va jurnallarda, televizorda  Yangi Özbekistonimizning  gullab-yaşnayotganini körib, yaşaging keladi.  Barçasi Yurtboşimizning tinimsiz saʼy-harakatlari natijasi. Bu kunlarning qadriga yetişimiz kerak.

Ha, bugun har birimiz yurtimizdagi farovonlik, tinçlik-osoyiştalik uçun şukrona qilişimiz lozim. Zero, neʼmatlarni borida qadrlamoq — insoniylikning oliy körinişidir.

Norxol ÇORIYEVA,

Denov tumanidagi “Mehr-oqibat” mahallasi faoli.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan