— deydi 1200 nafar şogirdning ustozi, taniqli  muallim Çori Boboqulov

Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida yaşovçi Çori ota Boboqulov bilan sözlaşsangiz, otaxon kamgapdek körinadilar. ammo taʼlimdan, dunyo böylab yulduzdek soçilgan şogirdlaridan söz oçsangiz, çori ota birdan jonlanib, ularni taʼriflay boşlaydilar.

— Toşkentda   işlayotgan Sarvarbek Saʼdullayev zör bola çiqdi-da, — deydi Çori bobo. — Dorişunosmisan, dorişunos bölib ketdi. Poytaxtda Azizbek Bötayev degan yana bir jarroh yigitimiz kaminadan kimyo saboqlarini  olib, oliy  öquv dargohiga öqişga kirgan. Har gal Yakkaboqqa kelişsa, ikkalovi ham  bizni yöqlaydi. Odamgarçiliklaridan mamnun bölamiz… Qöşni Surxondaryoning Şerobodidan bölgan jarroh Abdullatif Ahadov ham ulardan qolişmaydi. Yutuqlaridan yayraşimni biladi. Şuning uçun bayramlaru hayitlarda kelib, izlanişlari, fandagi yangiliklar haqida  söylab beradi. Şuningdek, xorij mamlakatlarida ham şogirdlarim ançagina. Angolada işlayotgan jarroh şogirdim Boqijon Öroqovdan ham tez-tez yöqlov olib turaman. Amerikada yaxşigina hurmat topib işlayotgan şogird qizim Umida Eşquvvatova 12 ming dollar maoş olarkan. Bu xabardan ham xursand böldim. Yana bir iqtidorli şogirdim Dilmurod Eşmöminov esa Avstriya mamlakatida jarroh. Hozirda dolzarb mavzuda ilmiy-tadqiqot olib bormoqda. Baridan roziman. Ularni duo qilaman.

— Bari deganingiz neça nafar, ota? — söraymiz qiziqib.

— Daftarimdagi röyxat böyiça aytadigan bölsam, 1200  nafar. Röyxatga tuşmaganlari ham bor. Hayron bölyapsiz-a, maktabda işlagan muallimning ham şunça şogirdi böladimi deb. Hammasini 8-sinfdan boşlab, darsdan keyin institutga özim tayyorlaganman. Kimyoni qiyin deb qiziqmaganlari ham bor edi. Bu fanning möʼjizaviy sirlarini örganganlaridan keyin özimdan ham ötib ketişgan. Şu 1200 nafari oliy öquv yurtiga  birinçi urinişdayoq öqişga kirgan.

Çori Boboqulovning  eng zör muallim ekani haqidagi gaplar Yakkaboğ  yoki Qaşqadaryo viloyatidagina emas, 1996-2010 yillar mobaynida  qöşni xududlarga  ham ovoza bölgani rost. Tibbiyot, dorişunoslik, qişloq xöjaligi sohalari,  kimyo fani muallimligiga qiziqqanki bolalarni ota- onalari iltimos bilan şogirdlikka oling, deb yetaklab kelaverganlar. Çori ota aytgan  daftar  öşanda oçilgan.

Çori ota şu kunda 76 yoşda. Hozir ham taʼlim sohasini jon dilidan yaxşi köradi. Öquvçilarning yaxşi bilim olişiyu maktablardagi şaroitlarni örganiş uçun “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimining raisi Farhod Jumayev bilan birga tez-tez maktablarga   çiqadi. Uçraşuvlar ötkazib, şogirdlari haqida bolalarga  sözlab beradi. Ilm ummon ekani, tubidan  duru gavhar  teriş özi va elu yurtining yuksalişiga xizmat qilişi  haqida söylaydi.

— Ayolingiz Muhtaramaxonim ham öqiganmilar?

— Muhtarama onangiz oliy maʼlumotli emas, çevar — tikuvçi bölgan. Ammo mening ilm yölidagi har bir harakatimni qöllab-quvvatlagan. “Özbekistonda xizmat körsatgan öqituvçi” unvoniga  ega bölganimdan buyon faxru iftixori yanada ortgan. Farzandlarimizga otangizdek  ilmli bölişingiz, obrö topişingiz uçun hozirdan harakat qiling deb uqtirgani-uqtirgan.

Muhtarama ona turmuş örtoği taʼkidlaganidek, sakkiz farzand körib, ikki nafarini qaro tuproq bağriga topşirgan. Doğida kuyib, yiğlab, olti farzandni soğu omon östiriş uçun jonfido qilgan onalardan. Beş qizining ham dadasidek kimyoga  mehr qöygani onaxonning  yana bir quvonçi bölgan ekan.

Axir, şu kunda Dilnoza, Lolaxon, Xurşidaxon, Mahzunaxon oliy maʼlumotli şifokor. Matlubaxon esa tibbiyot hamşirasi bölib, elga xizmat körsatyapti. Kenja farzand Umidjon iqtisodçi, kelini Umidaxon muallima. Çori ota bilan Muhtarama onaning beş kuyovlaru birgina  kelinidan ham  omadi kelgan. Bari öqimişli. Har holda Boboqulovlar oilasining farzandu nabiralaridan  hozir sakkiz nafari şifokorlik  kasbini uluğlab, sidqidildan mehnat qilişyapti.

Çori ota va Muhtarama onaxonning özaro ahil, bir-biroviga kömakdoşligi tufayli xonadon hamişa obod. Tomorqalari u qadar katta bölmasa-da, tört-beş xil sara nav uzumlar,  tobora noyoblaşib borayotgan oq marjon tutlari, olma, örik, gilos, xullas, jami meva daraxtlari bahorda gullab, kuzda hosil bergan holda közni quvontiradi. Dasturxonlarini töldiradi. Muhtaramaxon ona esa kelini  işga şoşilib, ulgurolmay qolganda  sigirini özi soğib,  qaymoq oladi. Kelinimga harna kömak deb, uy yumuşlarida iştirok etadi.

Tumanda Çori otaga safdoş  Muxtorjon Jörayev, Ğofurjon ota Muhammadiyev, Jumanboy Töxliyev, Xöjaqul Haitov kabi faol nuroniylar talaygina. Ular  “Uç avlod uçraşuvi”, “Qöşa qariş saodati” kabi tadbirlarda birga iştirok etadilar. Respublikamizning turli şaharlariga  uyuştirilgan  sayohatlarda dam olib, ölkamizning obod manzillarini tomoşa qilib qaytadilar. “Nuroniylar çoyxonasi”ni taşkil qiliş haqidagi taklifni ham aynan  faollarning özlari berganlar. Tuman nuroniylari sardori Farhod Jumanovning aytişiça, yakkaboğlik faxriylar uçun hademay  bu gurung maskani ham tayyor böladi.

Zamira Röziyeva,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan