Bolaligimdan onam bizga bobom haqida köp gapirib berardi. Töğrisi, u paytlar buni oddiy oilaviy hikoya deb eşitardim. Lekin yaqinda ular sarğaygan qoğozga yozib qoldirgan xotiralarini öqib çiqdim-u, tasavvurim tamomila özgardi.
Köz öngimda oğir mehnatdan diydasi qotgan, uruşning eng qora kunlarini körgan haqiqiy inson taqdiri turardi. Bobom uruşda asir tuşgan. Qozoğistonning Jezqazğan konlarida, yer tubida, qop-qoronğu va sovuqda azob çekkan.
Oçlik, oğir jismoniy mehnat va tinkani quritadigan ayoz odamlarni tirik murdaga aylantiradi. Bobom xotiralarida bir voqeani yozib qoldiribdi:
«Konda işlayotganimizda bir mahbus holdan toyib yiqildi. Nazoratçilar esa unga rahm qiliş örniga, baqirib, tepkilay boşlaşdi. Özim ham zörğa oyoqda turgan bölsam-da, çidab tura olmadim. Borib, uni yelkamdan suyab, örnidan turğizdim…»
Oradan yillar ötib, taqdir ularni yana uçraştirganida, öşa inson yiğlab: «Siz öşa kuni meni faqat yiqilişdan emas, ölimdan, umidsizlikdan asrab qolgandingiz», degan ekan. Bobom esa buni heç qaçon qahramonlik deb hisoblamagan, şunçaki insoniylik deb bilgan.
Meni hayratga solgan narsa — şunça aççiq azob, oçlik va qiynoqlarni körgan odam qanday qilib qalbini toşga aylantirmasdan, mehrli bölib qola olgani. Uruş odamlarning uyi, soğliği va yaqinlari, xotiralarini tortib oladi. Lekin bobomning içki kuçi, odamiyligini yenga olmadi.
Öşa dahşatlardan keyin ham u kişi uyiga qaytib, tikonzordan boğ yaratdi, odamlarga faqat yaxşilik ulaşdi. Bugun tinç hayotda yaşab, baʼzan arzimagan muammolardan nolib qolamiz. Şunda bobomning xotiralari köz oldimga keladi.
Özimga savol beraman: men u kişining örnida bölsam, şunça sinovga çidarmidim? Sinmasdan, odamlarga mehr bilan qaray olarmidim? Balki bu savollarga hozir javobim yöqdir. Lekin bir narsani aniq bilaman: men umr böyi bobomdek qatʼiyatli va samimiy inson bölişga intilaman.
Bizga mana şunday yaşab ötilgan ibratli umr eng katta saboq böla oladi. Qöllarim duoga oçilganda, Yaratgandan faqat bir narsani sörayman: bobomning oxiratlari obod bölsin, joylarini jannatdan qilsin. Bizga esa ularning nomiga va qoldirgan pok xotirasiga munosib avlod böliş nasib etsin.
Rayhon OBLOQULOVA,
Özbekiston Milliy universiteti 1-bosqiç talabasi