Milliy matbuot markazida «Özarxiv» agentligi tomonidan joriy yilning birinçi yarim yilligida amalga oşirilgan işlar yakunlari hamda arxiv sohasidagi muhim islohotlarga bağişlangan matbuot anjumanida köplab yangiliklar oçiqlandi.
Xususan, «Şajara» axborot tizimi işga tuşirilişi maʼlum qilindi. Platforma fuqarolarga öz oilaviy şajarasini şakllantiriş, ajdodlariga oid arxiv maʼlumotlarini masofadan turib izlaş hamda davlat xizmatlaridan elektron şaklda foydalaniş imkoniyatini yaratadi.
Tizim «FHDYOning yagona elektron arxivi», davlat va idoraviy arxivlar maʼlumotlari bazalari bilan integratsiya qilinişi barobarida, Sud-ekspertiza markazining DNK maʼlumotlari orqali etnik kelib çiqişni aniqlaş xizmatidan foydalaniş imkonini ham taqdim etadi.
Şu bilan birga, sohadagi eng muhim strategik yangiliklardan biri sifatida Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 30 iyundagi tegişli qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 avgustdan boşlab davlat organlari va taşkilotlarida arxiv işiga oid hujjatlar faqat elektron şaklda yuritilişi tartibi joriy etiladi.
Yangi tartibga köra, arxiv hujjatlarini şakllantiriş, hisobga oliş, saqlaş va davlat arxivlariga topşiriş jarayonlari bosqiçma-bosqiç raqamli muhitga ötkazilib, qoğoz hujjatlar aylanmasini sezilarli qisqartiriş va arxiv maʼlumotlari bilan işlaşning yagona tizimini yaratiş taʼminlanadi.
Agentlik tomonidan 2026 yilning birinçi yarim yilligida amalga oşirilgan işlar hisobotiga köra, sohaviy faoliyatni tartibga soluvçi 11 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqilgan va 72 million kadr arxiv hujjatlari raqamlaştirilgan.
Natijada bugungi kunga qadar jami 1,3 million saqlov birligi elektron şaklga ötkazilib, Milliy arxiv fondidagi raqamlaştirilgan hujjatlar uluşi 14,3 foizga yetkazilgan.
Maxsus axborot tizimiga yarim yil davomida 1 million 158 mingdan ortiq maʼlumot, jumladan 115 ta fond, 439 ta röyxat va 80 ming 818 ta saqlov birligiga oid körsatkiçlar kiritilgan.
Davlat arxivlari fondlarini butlaş va mavjud materiallarni jismoniy tiklaş yönalişida ham tizimli işlar olib borilgan bölib, saqlovga jami 156 mingdan ortiq turli toifadagi saqlov birliklari qabul qilingan hamda 348 183 saqlov birligi arxiv hujjatlarining mavjudligi tekşirilgan.
Bundan taşqari, 307 379 varaq arxiv hujjatlari taʼmirlanib, 64 580 saqlov birligi muqovalangan va zarur tartibga keltirilgan.
Şuningdek, «Özarxiv» agentligi va uning hududiy boşqarmalari tomonidan ötkazilgan 201 ta davlat nazorati tadbiri natijasida qonunbuziliş holatlari yuzasidan 189 ta taşkilotga majburiy taqdimnoma kiritilib, 52 nafar masʼul şaxsga nisbatan maʼmuriy çoralar köriş uçun hujjatlar sud organlariga yuborilgan.
Ha, milliy tarixiy merosni asrab-avaylaş, arxiv hujjatlarini izçil raqamlaştiriş va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş borasidagi qadamlar nafaqat davlat boşqaruvi samaradorligini oşirişga, balki fuqarolarning arxiv xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Ilhomjon ABDUSALOMOV,
Sanjarbek ABDULXAYEV (foto)
Toşkent




