Sodiqjon TURDIYEV,
Özbekiston Qahramoni, senator,
“Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bayrami tantanalariga hozirlik körilayotgan bugungi şukuhli kunlarda xalqimizning ozod va erkin hayot sari bosib ötgan şarafli yöli — milliy qadriyatlarimiz, davlatçiligimiz eʼtirofi, el-yurtimiz tinçligi, xalqimiz farovonligi, Yangi Özbekistonimiz obodligi sari taşlangan salmoqli qadamlar yurtimizda ham, dunyo hamjamiyatida ham yuksak iftixor bilan eʼtirof etilmoqda.

Ötgan 35 yil davomida, ayniqsa, sönggi ön yillikda Özbekiston siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda ulkan taraqqiyot yölini bosib ötdi. Yangi şahar va qişloqlar bunyod etildi, ilm-fan, taʼlim, madaniyat va tadbirkorlik sohalari keng rivojlandi. Nafaqat şahar va qişloqlarimiz qiyofasi yangilandi, balki hamyurtlarimizning hayoti, orzu-istaklarida ham ulkan yangilanişlarga guvoh bölib turibmiz.

“Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” şiori bilan boşlanayotgan Mustaqilligimizning 35 yilligi tantanalari quvonçi xalqimizning baxtiyor qiyofasi, nuroniylarimizning nurli siymolarida aks etmoqda, dillarimiz, tillarimizda şukrona bölib ifodalanmoqda. Eng muhimi, el-yurtimiz tinçligi, mahallalarimizning kundan-kunga obod bölib borayotgani ulkan saodatdir. Inson qadri va xalq manfaati davlat siyosatining ustuvor mezoniga aylangan bugungi kunda Yangi Özbekistonimizning har bir göşasida milliy qadriyatlarimiz jilosi — hamjihatligimiz, ahilligimiz, mehr-oqibatimizda namoyon bölmoqda.

Inson qadrini uluğlaş tamoyili asosidagi ijtimoiy islohotlar natijasida davlatimiz rahbarining saʼy-harakatlari bilan  yoşi uluğ insonlarga ham munosib izzat-ikrom körsatiş, ehtiyojmand, nogironligi bölgan va özgalar kömagiga muhtoj keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qiliş, salomatligini saqlaş va hayotdan rozi bölib yaşaşi uçun munosib şart-şaroit yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi.

Prezidentning 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi hamda 2023 yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori va sohaga yönaltirilgan 10 dan ortiq hujjatlar keksalarimizning kundalik hayoti va turmuşi mazmunli bölişini taʼminlaşga yönaltirilgan maqsadli tadbirlarning huquqiy asosi bölib xizmat qilmoqda.

1996 yilda taşkil etilgan “Nuroniy” jamğarmasi dastlab faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş masalalari bilan şuğullangan bölsa, 2016 yildan nuroniylarning jamiyat hayotidagi örni va rolini tubdan oşirişga qaratilgan amaliy işlar boşlandi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2016 yil 28 dekabrdagi “Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan keksa avlod vakillarining jamiyat hayotidagi ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratildi, bu nuroniylarga juda katta quvonç,  ğayrat va qanot bağişladi. Mazkur farmondan söng mamlakatimizda keksa avlod vakillariga bölgan ğamxörlik mutlaqo yangi bosqiçga kötarildi.

Yoşi uluğlarning maʼnaviy intellektual salohiyati, uzoq yillik hayotiy tajribasi va malakaviy mahoratidan yangi Özbekistonni rivojlantirişning maʼnaviy-axloqiy negizlarini mustahkamlaş, yoşlarni ona Vatan, xalqimizga sadoqat ruhida tarbiyalaşda samarali foydalaniş uçun şart-şaroitlar yaratildi. Keksalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularni eʼzozlaşga qaratilgan amaldagi 10 dan ortiq huquqiy-normativ hujjatlarning ijrosi izçil taʼminlab kelinmoqda.

Hozirgi kunda mamlakatimizda 3 million 565 ming nafardan ortiq yoşga doir pensiya oluvçilar istiqomat qilmoqda. Eʼtiborlisi, ularning 59 nafari Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari, 2 ming 620 nafari esa mehnat fronti faxriylaridir. Ularning hayoti va ijtimoiy faoliyati davlatning doimiy diqqat markazida bölib, faxriylarimizning turmuş tarzini yaxşilaş, salomatligini muhofaza qiliş va ijtimoiy faolligini oşiriş böyiça tizimli mexanizmlar yaratilgan.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 8 iyundagi tegişli qaroriga muvofiq, uruş faxriylari, konslagerlarning sobiq mahbuslari va Leningrad qamali iştirokçilari, şuningdek, özgalar parvarişiga muhtoj yolğiz keksalarga bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat va gigiyena tovarlari örniga har oyda bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) bir baravari miqdorida qöşimça tölov joriy etildi. Şuningdek, har yili avgust oyida kiyim-keçak xaridi uçun BHMning 15 baravari miqdorida kompensatsiya tölanmoqda.

Keksa va nogironlar holidan xabar oliş, salomatligini tiklaşlariga şaroit yaratiş böyiça ham tizimli işlar yölga qöyildi. Birgina joriy yilning beş oyi davomida nuroniylarning 85 ming nafari bepul tibbiy körikdan ötkazilib, aniqlangan xastaliklar böyiça davolanişga yönaltirilgan bölsa, 3120 nafardan ortiq keksalarning sanatoriylarda salomatligini tiklaşiga şaroitlar yaratildi, 34 mingdan ziyod keksalarga dori-darmonlar olib berildi.

Navröz, Ramazon hayiti, 9 may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan yuksak eʼtibor, ardoq va eʼzoz körgan keksalarimizning  şukronaligi çeksiz. Qurbon hayiti arafasida Haj safariga otlangan ming-minglab hamyurtlarimiz qatorida  Prezidentimizning taşabbusi bilan “Prezident hojilari” loyihasi doirasida haj safariga yuborilgan va muqaddas ziyoratdan qalblari nurga, şukronaga tölib qaytgan 100 nafar yoşi uluğ nuroniylarimizning quvonçi, şukronalik duolariga eş böldik.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi Qaroriga asosan, keksalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş dasturiga muvofiq, mamlakat böylab keksa avlod vakillarining sayohat qilişlarini rağbatlantiriş maqsadida har yili oktyabr oyining birinçi haftasi — “Keksalar haftaligi”, noyabr oyi esa “Keksalar uçun turizm oyligi” etib belgilangan. Oilalarimizning fayzu fariştasi bölgan bobo va buvilarimiz, ustozlarimiz, sohaning yetuk mutaxassislari bölmiş faxriylarimizni eʼzozlaşga qaratilgan mazkur haftalik va  oylik doirasida turli ijtimoiy loyihalar amalga oşirilmoqda, yurtimizning diqqatga sazavor joylariga sayohatlar uyuştirilyapti. Nuroniylar faqat mazkur oydagina emas, yil davomida sayohatlar zavqidan bahramand bölişmoqda. Ötgan yili 1 million 450 ming nafar nuroniyning  sayohati taşkil etilgan bölsa, bu yilning ötgan beş oyi davomida 560 mingga yaqin nuroniylar sayohatga çiqişdi. Yil oxirigaça 1 million 500 mingdan ortiq nuroniylarning mamlakatimiz böylab  sayohatlarini taşkil etiş belgilangan.

Mamlakatimiz böylab zamonaviy va anʼanaviy meʼmorçilik uslublarini uyğunlaştirgan holda 171 ta zamonaviy “Nuroniylar maskani” barpo etilgan.  Mazkur maskanlarda nuroniylarning dam olişi, vaqtini mazmunli ötkazişi uçun hamma şaroitlar yaratilgan. Kiçik kutubxona, keksalarning sport bilan şuğullanişlari uçun  trenajyor zali mavjud. Keksalarimiz bu yerda şaxmat-şaşka öynaşadi, davra suhbatlari, maʼrifiy gurunglar ötkazişadi. Kitob öqişadi, yoşlar bilan uçraşuvlar taşkil etişadi. Qisqaça aytganda, nuroniylar va yoşlarni bir davraga jamlayotgan bu maskanlar, çin maʼnoda, maʼrifat böstoni, mahorat maktabiga aylanmoqda.

Prezidentning “Mehnat faxriysi” kökrak nişonini taʼsis etiş töğrisida”gi 2017 yil 14 iyuldagi qaroriga köra, uzoq yillar davomida yurt ravnaqi, xalq farovonligi, jamiyat taraqqiyoti yölida fidokorona mehnat qilgan va ayni paytda pensiya yoşida ham jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol iştirok  etayotgan nuroniylar “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlanib kelmoqda. Yurtimizdagi barça mahallalarda “Keksalar maslahati” guruhlarining eng faol rahbarlari har çorakda bazaviy hisoblaş miqdorining ikki baravari miqdorida rağbatlantirib kelinmoqda.

Bunday ğamxörlik, eʼtibor va eʼzoz tufayli bugun nuroniylar jamiyatimizning çin maʼnodagi maʼnaviy ustunlariga aylanişdi.  Jamiyatimizning qaysi jabhasiga kirib bormang, u yerda, albatta,  faol nuroniylarni körasiz. Mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş yölida hamkor taşkilotlar va “mahalla yettiligi” bilan hamqadam harakat qilayotgan  nuroniylarning faolligi tufayli ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalardagi yoş kelin-kuyovlar yaraştirilmoqda, oilalar kambağallikdan çiqarilmoqda, alohida eʼtibor va işlaşga moyil yoşlar muammoli oilalar röyxatidan çiqarilib, ularning öqişi, kasb-hunar egallaşi orqali bandligi taʼminlanmoqda. Albatta, bu öz-özidan bölmayapti. Mahallalarda hamjihatlik muhitini asraş, yoşlarni yurtimizing munosib öğil-qizlari etib tarbiyalaş yölida davlatimiz rahbarining keksa avlod vakillariga bildirayotgan işonçi nuroniylarga kuç-quvvat bağişlayapti.

Şuningdek, jismoniy tarbiya va sport tadbirlari orqali keksalarning salomatliklarini yanada mustahkamlaşga erişilmoqda. Şu maqsadda mamlakatimizning barça hududlarida nuroniylar örtasida uç bosqiçli “Ğayratli keksalar” sport musobaqalari  taşkil etilib, unda keksa avlod vakillari mini futbol, milliy kuraş va şaxmat-şaşka böyiça bellaşyapti. Respublika miqyosida ğoliblari aniqlanayotgan mazkur turnirlar keksa avlod vakillari örtasida soğlom hayotni tarğib etiş bilan birga, nuroniylarimizga yangiça kuç-ğayrat baxş etib,  sport bayramlariga aylanib ketyapti.

Yoşlarimizni umummilliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida, yurt taraqqiyotiga daxldor, vatanparvar, ilmli va maʼrifatli şaxslar etib tarbiyalaşda azal-azaldan keksalarimizning örni va roli alohida ahamiyat kasb etadi. Uşbu xalqona anʼana bugungi kunda ham zamon talablariga hamohang ravişda yangi bosqiçda davom ettirilmoqda. Şu maʼnoda, Prezidentimiz taşabbuslari bilan yoşlar tarbiyasida nuroniylarning ibratli turmuşi, çuqur bilimi va boy hayotiy tajribasidan unumli foydalaniş maqsadida “Uç avlod uçraşuvlari”ni yangiça mazmun-mohiyat bilan boyitgan holda ötkazib boriş anʼanaga aylandi.

“Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosida mahallalarda uyuşmagan, tarbiyasi oğir yoşlar bilan işlaş sohasida yuqori natijalarga erişayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni uç bosqiçda — tuman (şahar), viloyat va respublika miqyosida ötkazib kelinayotgan tanlovlar asosida pul mukofotlari, qimmatbaho sovğalar va diplomlar bilan taqdirlaş anʼanaga aylandi. Mazkur tamoyil asosida muammolari yeçim topgan, kasb-hunar egallab, bandligi taʼminlangan yoşlar hayotda öz örniga ega bölişmoqda.

“Nuroniy” jamğarmasi hududiy bölimlarining davlat va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikdagi harakatlari tufayli bu yil ham har bir mahalladan hayotiy tajribaga ega bölgan va zamonaviy fikrlaydigan 16 mingdan ortiq faol nuroniylar 160 ming 651 nafar uyuşmagan va muammoli yoşlarga biriktirilgan. Joriy yilning ötgan beş oyi davomida nuroniylar tomonidan olib borilgan çora-tadbirlar natijasida 20 ming 323 nafar yoşning  bandligi taʼminlandi. Bu boradagi işlar davom etmoqda.

Notinç oilalarning nizolarini bartaraf etişda, ajrim holatiga kelib qolgan oilalarni yaraştirişda mahallalardagi  “Keksalar maslahati” guruhi rahbarlari hamda faol keksalar “Nuroniy — har bir oilaga masʼul” loyihasi asosida tizimli iş olib borişmoqda. Joriy yilning ötgan beş oyi davomida 19643 ta muammoli oilalarga biriktirilgan nuroniylar masʼul taşkilot vakillari bilan hamkorlikda ötkazilgan tadbirlar natijasida 7200dan ortiq oilalarda muammolar öz yeçimini topdi, şuningdek, 2818 ta ajrimlarning oldi olinib, 878 ta ajraşgan oilalar yaraştirildi.

Töy va marosimlarni ixçamlaştiriş, isrofgarçilikka yöl qöymaslik böyiça tarğibot olib borilmoqda. Qarindoşlar örtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari va milliy genofondga taʼsiri yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borilmoqda. Mahallalardagi infratuzilma — yöl qurilişlari, suv, elektr taʼminoti va ijtimoiy soha obʼyektlari  faoliyati ustidan jamoatçilik nazorati örnatilib, mutasaddilarga asoslantirilgan takliflar kiritilmoqda.

Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi ham Özbekiston Mahallalari uyuşmasi hamkorligida 2026 yil 30 yanvar kuni qabul qilingan qöşma qarorga köra, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxşilaş, aholi örtasida hamjihatlikni mustahkamlaş hamda milliy urf-odatlar va qadriyatlar asosida haşar işlarini samarali taşkil etiş maqsadida mamlakatimiz mahallalaridagi 159 ming 931 ta köçaning har biriga nuroniylar “köçabay” biriktirildi.

Tahlillar şuni körsatadiki, mahallalarda yuzaga kelayotgan köplab muammolar — oilaviy nizolar, yoşlar bandligi, ijtimoiy beparvolik, jinoyatçilikka moyillik, eng avvalo, maʼnaviy böşliq bilan boğliqdir. Bu böşliqni esa nuroniylarning  hayotiy tajribasi, yoşlarga bölgan mehri, işonçi, maslahat va ögitlari bilan töldiriş yaxşi samaralarni bermoqda. Şuningdek, kambağallik, işsizlik va jinoyatçilik darajasi yuqori bölgan mahallalarda nuroniylarning hayotiy tajribasi va maʼnaviy taʼsiri aholi bilan özaro suhbatlarda, olib borilayotgan tizimli işlarda ijobiy samara bermoqda. Çunki yoşi uluğlarimiz nafaqat muammoni köradi, balki uning sababini tuşunadi va har bir köçada aholi bilan işonç asosida iş olib boradi. Bu esa islohotlarning ijrosini joylarda samarali taʼminlaşga xizmat qilmoqda.

Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 405-sonli Qaroriga köra, 2025 yildan   mamlakatimizning har bir mahallasida 3 nafardan faol nuroniy 5 nafardan kambağallik reyestrida turgan oilalarga biriktirilib, ular bilan bevosita iş olib borişmoqda. Faol nuroniylarning amaliy işlari natijasida kambağallik reyestrida turgan oilalarning farzandlari qöşimça darslar va tögaraklarga jalb etilmoqda. Yoşlar hunarmand va ustalarga şogirdlikka biriktirilib, kasb-hunar egallaşi taʼminlanmoqda. Ularga öquv jihozlari, parta va stullar, sport kiyimlari olib berildi. Şuningdek, nuroniylar kömagida kambağallik reyestrida turgan oilalar bölib tölaş şarti bilan texnika vositalari (köçma dökon, kiçik işlab çiqariş uskunalari) bilan taʼminlandi.

“Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturi doirasida nuroniylarning faoliyati faqatgina iqtisodiy kömak bilangina çeklanib qolmaydi, balki maʼnaviy tarbiya, sabr-toqat, şukronalik va mehnatga hurmat kabi qadriyatlarni qaror toptirişga qaratilgan. Bu, öz navbatida, mahallalarda barqaror farovonlikning maʼnaviy poydevorini yaratişga xizmat qiladi.Faol nuroniylar, şuningdek, mahallalarda boqimandalik kayfiyatidan voz keçiş, mehnat qiliş orqali farovon hayotga erişiş ğoyasini ham keng tarğib etib, yoşlar va işsiz hamyurtlarimizni kasb-hunar örganişga, tadbirkorlikka rağbatlantiriş orqali ijtimoiy faollikni oşirişga xizmat qilişmoqda.

Şu bilan birga, nuroniylar tomonidan oilalardagi muammolar barvaqt aniqlanib, qiyinçilikka tuşib qolgan yoşlarga tegişli taşkilotlar orqali kömaklaşilmoqda. Mahallada özaro hamjihatlik va yordam muhiti şakllantirilmoqda. Natijada mahallalarda yoşlar, yoş oilalar, işsiz fuqarolarning davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarga nisbatan xabardorligi taʼminlanib, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va bandlik dasturlaridan foydalanişga bölgan işonçi ortmoqda. Aynan şu işonç kambağallikdan çiqiş yölidagi eng muhim omillardan biri hisoblanadi.

Maktabgaça taʼlim muassasalari va örta taʼlim maktablariga 3 nafardan, örta maxsus  va oliy taʼlim muassasalariga 5 nafardan  faol nuroniylar  biriktirilgan bölib, taʼlim muassasalarida ötkazilayotgan “Nuroniylar soatlari”da tarbiyaviy işlar olib borilmoqda. Maktabgaça taʼlim muassasalarida esa “Buvijonlar maktabi” guruhi aʼzolari bolajonlarga ertaklar, allalar orqali milliy qadriyatlarimizni singdirib borişyapti.

Bugun faol nuroniylarimiz jamiyatning nafaqat vijdoni, balki islohotlarning közgusiga aylandi. Ular orasidagi ziyolilar, ijodkorlar va tadbirkorlar öz bilimi va tajribasi bilan Yangi Özbekiston poydevorini qurişda kamarbasta bölmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan keng vakolatlar va körsatilayotgan çeksiz eʼtibor nuroniylar uçun yangi kuç-quvvat manbai. Demak, iştiyoq bilan mehnat qiladigan, boy tajribani amaliyotga tatbiq etib, Vatan ravnaqi yölida xizmat qiladigan davrdan unumli foydalanib, bildirilgan işonçni oqlaş ustuvor vazifamiz sanaladi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan