Three Asian senior travelers

Keksalik donişmandlik faslidir. Şu sababdan yoşi uluğ nuroniylarning uzoq yillik hayot tajribasi, boy bilimi va maslahatlaridan jamiyat taraqqiyoti, ayniqsa, yoşlar tarbiyasida keng foydalaniş yurtimizda qadriyat darajasidadir. Bu faqat barkamol avlodni yetiştirişgagina xizmat qilmay, keksalarning özini ham faollikka çorlayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, keksalik davrida faqat jismoniy faollik emas, balki ijtimoiy faollik ham muhim ahamiyatga ega.

Olimlarning turli mamlakatlarda ötkazgan kuzatuvlari şuni körsatdiki, oila aʼzolari, döstlari va qöşnilari bilan muntazam muloqot qilib turadigan insonlar özlarini yolğiz his qilmaydi, hayotga qiziqişi yuqori böladi. Bunday odamlarda xotira bilan boğliq muammolar ham nisbatan kamroq uçraydi.

Yaponiyada 100 yoşdan oşgan keksalar orasida ötkazilgan sörovlarga köra, ularning aksariyati uzoq umr köriş sirlaridan biri sifatida doimiy muloqot, döstlar davrasi va jamiyat hayotida faol iştirok etişni körsatgan. Bu esa inson uçun yaxşi suhbat va samimiy munosabat qançalik muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ayniqsa, farzandlar va nabiralar bilan suhbatlaşiş, mahallaning issiq-sovuq kunlarida odamlar orasida böliş, keksalarning ruhiy holatiga ijobiy taʼsir körsatadi. Tadqiqotlarga köra, kun davomida kamida bir neça bor yaqin insonlar bilan samimiy muloqot qilgan kişilar özlarini baxtliroq his qiladi. Sababi, suhbat çoğida inson organizmida kayfiyatni kötaruvçi moddalar işlab çiqariladi.

Bugun mamlakatimizda nuroniylarga körsatilayotgan hurmat-ehtirom zamirida ham, eng avvalo, yoşi  uluğlarning mazmunli hayot keçirişini taʼminlaşdek ezgu maqsad mujassamdir. Bugun mahallalarda “Keksalar maslahati”, “Buvijonlar maktabi” guruhlarida hamda Nuroniylar jamoatçilik kengaşlarida faol iş olib borayotgan piru badavlat otaxon va onaxonlarimizning özlari buni eʼtirof etişmoqda.

 

Miya qarimaydi!

Olimlar uzoq yillar davomida inson miyasi maʼlum yoşdan keyin faqat zaiflaşa boradi, deb hisoblagan. Biroq olimlarning  keyingi yillardagi tadqiqotlari boşqaça natijani körsatmoqda. Maʼlum bölişiça, inson yangi bilim örganişdan töxtamasa, miyasi yangi neyron tolalari hosil qiliş qobiliyatini uzoq vaqt saqlab qoladi.

Mutaxassislar krossvord yeçiş, kitob öqiş, şeʼr yodlaş, yangi til yoki biror musiqa asbobini çalişni örganiş, mantiqiy masalalar yeçiş, muntazam jismoniy faollik, ijtimoiy muloqot va sifatli uyqu miyaning hamişa faol bölişini taʼminlaşini taʼkidlamoqda. Şu bois, dunyoning ayrim mamlakatlarida pensionerlar uçun maxsus taʼlim kurslari taşkil etilgan.

Hilola Odilova tayyorladi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan