Qoraköl tumani va Xiva şahar bosqiçi ğoliblari aniqlandi

Milliy sanʼat va madaniyat — millatning közgusi, uning maʼnaviy dunyosining asosidir. Uşbu bebaho merosni asrab-avaylaş va kelajak avlodga bezavol yetkazişda nuroniylarimizning ham örni beqiyos.

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”i qarori mahallalarda madaniy muhitni soğlomlaştiriş, keksalarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etişda yangi ufqlarni oçdi.

“Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi va Madaniyat vazirligining hamkorlikdagi qarori asosida ötkazilayotgan “Nuroniylar kuylaganda” maqom va milliy yönalişdagi qöşiqlar ijroçiligi tanlovi ayni şu maqsadning amaliy ifodasidir.

Buxoro viloyatining Qoraköl tumanida bölib ötgan tanlov bosqiçi haqiqiy sanʼat bayramiga aylandi. Tadbirning oçilişida söz olgan tuman hokimi Xurşid Tohirov nuroniylarning nafaqat oilalar, balki jamiyatda tinçlik-osoyiştalik va milliy qadriyatlarni mustahkamlaşdagi rolini alohida taʼkidladi. Keksa avlod vakillari ijrosidagi milliy kuy-qöşiqlar yoşlar uçun öziga xos mahorat maktabi bölib xizmat qilişi eʼtirof etildi.

Nizom talablariga köra, sahnaga çiqqan 60 yoşdan oşgan otaxonlar va 55 yoşdan yuqori onaxonlar özlarining içki keçinmalari, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğularini qöşiq orqali bayon etdilar. Iştirokçilarning sahna madaniyati, liboslari va ijro mahorati hakamlar hayʼati tomonidan baholandi. Tanlovda mahorati baland kelgan peşqadamlar viloyat bosqiçida qatnaşiş huquqini qölga kiritiş bilan bir qatorda, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimining esdalik sovğalari bilan taqdirlanişdi.

* * *

Tanlov jamğarmaning Xiva şahar bölimi hamda şahar madaniyat bölimi tomonidan ham yuqori saviyada ötkazildi. Jarayon doirasida 128 nafar nuroniy madaniy faolliklarini namoyiş qildilar. Dastavval “Nuroniy” jamğarmasi Xiva şahar bölimi raisi Quranboy Xoliqov söz olib, keksalarning bunday tadbirlardagi iştiroki yoş avlodni vatanparvarlik va milliy anʼanalarga hurmat ruhida tarbiyalaşda muhim vosita ekanini bayon qildi.

Şahardagi 7 ta mahalladan saralangan yetti nafar iştirokçi maqom va milliy yönalişlar böyiça ğoliblik sari intildilar. Yakunda maqom yönalişida Hayitboy Otajonov, milliy yönaliş böyiça Mahmudjon Maşaripov yuqori baholanib, viloyat bosqiçiga yöllanmani naqd qildi. Barça ijroçilarga taşkilotçilar tomonidan taşakkurnoma va esdalik sovğalari topşirildi. Umuman, “Nuroniylar kuylaganda” körik-tanlovi mahallalarda milliy musiqa sanʼatimizning yangi qirralarini oçişda öziga xos omillardan bölmoqda.

Ilhomjon Abdusalomov.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan