Camarqand va Namanganda “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni öz egalariga topşirildi
Vatan taraqqiyoti, yurt tinçligi va el farovonligi yölida sidqidildan mehnat qilgan har bir inson har qaysi davrada törda böliş, eʼtibor va eʼzozga har jihatdan munosib. Katta avlod vakillarini qadrlaş, ularga hurmat körsatiş xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy va muqaddas qadriyat.
Mamlakatimizda olib borilayotgan uluğvor islohotlar zamirida ham, avvalo, inson qadrini uluğlaş ğoyasi mujassam. Bu ezgu anʼana ösib kelayotgan yoş avlod uçun öziga xos hayot maktabi, ajdodlar va avlodlar örtasidagi mustahkam maʼnaviy köprik va yuksak tarbiya vositasiga aylanib bormoqda.
Şu kunlarda zaminimizning ikki yirik göşasi — qadimiy va hamişa navqiron Samarqand hamda gullar diyori Namangan viloyatlarida ana şunday ehtiromning yorqin namunasi sifatida, bir guruh fidoyi nuroniylarga “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlarini topşirişga bağişlangan tantanali tadbirlar ötkazildi.
Samarqand: Ularning hayoti biz uçun ibrat
Samarqand şahrida bölib ötgan tantanali marosimda yillar davomida turli sohalarda işlab, bugun keksalik gaştini surayotgan, biroq hamon jamiyat hayotida faol bölgan nuroniylar jam bölişdi. Unda hayot yöli mahalladoşlari, şogirdlariga namuna bölayotgan, boy tajribasi bilan yurt ravnaqiga munosib hissa qöşib kelayotgan fidoyi va taşabbuskor keksa avlod vakillarining xizmatlari yuksak eʼtirof etildi.
“Nuroniy” jamğarmasi Vasiylik kengaşining qaroriga asosan, mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va maʼrifiy sohalarida köp yillar davomida samarali mehnat qilgan faxriylar taqdirlandilar. Joriy yilda uşbu nufuzli mukofotga Samarqand viloyatidan 78 nafar tabarruk nuroniy munosib körildi.
Tadbirda viloyat hokimi Adiz Boboyev iştirok etib, faxriylarni uşbu yuksak mukofot bilan qutladi. Viloyat rahbari öz sözida keksalarning boy hayot tajribasi va dunyoqaraşi bugungi globallaşuv davrida yoşlarni yot ğoyalardan asraş, ularda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğularini şakllantirişda bebaho xazina ekanligini alohida taʼkidlab ötdi.
— Biz siz kabi zahmatkaş, yuragi Vatan deb uradigan keksalarimiz bilan faxrlanamiz. Nuroniylarimiz bugun nafaqat nafaqada, balki barça ijtimoiy jarayonlarda, mahallalarda soğlom muhitni mustahkamlaşda, oilaviy nizolarning oldini olişda faollik körsatib, jamiyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qöşib kelmoqdalar. Sizlarning mana şu fidoyiligingiz bizga kuç beradi, — dedi Adiz Boboyev.
Marosimda söz olgan keksalar davlatimiz tomonidan körsatilayotgan bunday yuksak eʼtibordan mamnun ekanliklarini bildirib, masʼuliyatlari yanada oşganini taʼkidladilar.
Namangan: “Uç avlod uçraşuvi”ga aylangan marosim
Namangan şahridagi muhtaşam “Maʼrifat maskani”da ham özgaça bayramona, fayzli va şukuhli muhit hukm surdi. Bu yerda taşkil etilgan tantana faqatgina mukofot topşiriş marosimi bölib qolmay, balki tajribali keksalar, örta avlod vakillari va navqiron yoşlarni birlaştirgan “Uç avlod uçraşuvi”ga ulanib ketdi.
Maʼlumki, davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 dekabrdagi “Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga muvofiq taʼsis etilgan “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan uzoq yillar yurt tinçligi va ravnaqi yölida halol xizmat qilgan otaxon va onaxonlarimiz muntazam taqdirlanib kelinmoqda.
Şu paytga qadar Namangan viloyatidan 432 nafar nuroniy uşbu şarafli mukofotga sazovor bölgan edi. Bu yil esa ularning safiga yana 53 nafar faxriy qöşildi. Uşbu insonlar oilalar mustahkamligini asraş, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylaş hamda yoş avlod vakillarini ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş işlarida sezilarli natijalarga erişgan.
Tantanali marosimda Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov sözga çiqib, viloyatning bugungi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida faol iştirok etayotgan, yoşlarga yöl-yöriq körsatayotgan duogöy otaxon va onaxonlarning xizmatlarini alohida eʼtirof etdi.
Tadbirda, şuningdek, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev Namangan ahlining mehnatsevarligi, voha nuroniylarining yuksak maʼnaviyati va yoşlar tarbiyasidagi ibratli işlari haqida öz fikrlarini bildirdi.
Şundan söng 1-, 2- hamda 3-darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari öz egalariga tantanali ravişda topşirildi. Sovrindor otaxon va onaxonlar uşbu eʼtirof uçun taşakkur bildirib, yurtimiz tinçligi, osoyiştaligi, mustaqilligimiz abadiyligi hamda xalqimiz farovonligi uçun duoga qöl oçdilar.
Keçaga özgaça şukuh bağişlaş maqsadida taklif etilgan yoş maqomçilar tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qöşiqlar yiğilganlarga bayram kayfiyatini ulaşdi.
Bir söz bilan aytganda, Samarqand va Namangan viloyatlarida bölib ötgan tantanalar davlatimiz tomonidan inson qadri, ayniqsa, keksa avlod vakillariga körsatilayotgan yuksak eʼtibor va ehtiromning amaldagi isboti böldi.
Bahodir Qiliçev,
Abduraşid Boltaboyev.