Xalqimizda “Yaxşi niyat – yorti mol” degan dono naql bor. Bolaligimdan, yaʼni 6-sinflik paytimdan öz oldimga “professor” bölaman, deya maqsad qöygan edim.

Yillar ötib ulğaydim. Öz maqsadimga erişiş yölida astoydil harakat qildim. Öqidim, izlandim, öziga xos natijalarga erişdim. Intilişlarim va erişgan natijalarim asosida özim uçun 4 qoidani işlab çiqdim va unga hamişa amal qildim. Işonç bilan aytamanki, bu qoida menga ulkan muvaffaqiyatlarga erişişimda asosiy vosita sifatida xizmat qildi. Yaratganga şukr, “professor”lik bilan birga, akademik ham böldim. Bugun öşa qoidani yoşlarimizga qayta-qayta uqtiraman.

Biz ham faol nuroniylar safida “Uç avlod uçraşuvi”, “Faxriylar — faxrimiz” kabi maʼnaviy-maʼrifiy keçalar, ilm-fan sirlarini örganiş, kitobxonlikka bağişlangan tadbirlarda iştirok etamiz. Ana şunday vaqtlarda men örta, ayniqsa, yoş avlod vakillariga özim amal qilgan 4 qoidani  şior qilib olişlari lozimligini eslataman. Birinçisi, maqsadni yuqori qöyiş kerak. Ikkinçisi, ota-ona roziligiga erişiş ğoyat muhim. Uçinçisi, ustozlarni rozi qiliş, ularga nisbatan şogirdlik maqomini çin dildan  joyiga qöyiş. Törtinçisi, muntazam mehnat qiliş, öz ustida işlaş, öqib-örganiş, örganganlarini amalda qöllaş kerak.

Mukofot zimmamga yana bir karra işonç va masʼuliyat yuklaydi. Millatimiz kelajagi bölgan yoşlar bilan işlaşda yanada jonkuyar, faol va fidoyi bölişga undaydi. Eʼtibor va eʼtirof uçun davlatimiz va hukumatimiz rahbariyatiga ulkan minnatdorlik izhor etaman.

Abduğafur MAMADALIMOV,

fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik,

ÖzMU huzuridagi Yarim ötkazgiçlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri,

I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan