1976 yilda Mirzo Uluğbek nomidagi Toşkent davlat universiteti, hozirgi Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlaganimdan buyon ijod olamida, ijodkorlar davrasidaman. Ilk hikoyam 1974 yilda “Guliston” jurnalida bosilib çiqqanida ustozlar eʼtiboriga tuşgan edi. Asqad Muxtor, Odil Yoqubov singari ustozlarning iliq fikrlarini eşitganimda könglim toğday kötarilgan, özimga bölgan işonç yanada ortgan edi. Şu işonç taʼsirida bir qança asarlarim dunyo yuzini kördi, adabiy davralarda eʼtirof etildi. “Yurakdagi sir”, “Beorom tölqinlar”, “Baxt yulduzi”, “Oyni axtarayotgan bola”, “Sanam toğidagi gulxan”, “Saylanma” kabi asarlarim şular jumlasidandir.

Asarlarim asosida “Olov qaʼridagi farişta”, “Gunoh”, “Tavba”, “Muallif”, “Zanjir”, “Muzaffar” kabi badiiy filmlar köplab muxlislar qalbini zabt etdi. Bugungi kunda keksalik gaştini surayotgan men kabi ijodkorlarning mehnatlarini qadrlab, “Mehnat faxriysi” kökrak nişoniga loyiq topganlari uçun, avvalo, davlatimiz va hukumatimiz rahbariyatiga ulkan minnatdorlik bildiraman. Keksalik yoşiga yetgan insonlarga, ayniqsa, ijodkorlarga bunday eʼtirofu eʼtibor yangi kuç va ğayrat beradi, yangidan-yangi asarlar yaratişga ilhom beradi, albatta.

Mirzapölat Toşpölatov,

yozuvçi, muharrir, I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan