Yoşligimda erka, şöx bölgan ekanman. Otam, toğam, amakimga havas qilib şunday bölganman, şekilli. Ular urişmasdi, yaxşi gapirib, erkalardimi, nasihat qilganday ibratli hikoyalar aytib berişardi. Yoşim yetib, maktabga borganda adabiyot öqituvçimga havas qilganman, darslarda mavzularni darrov özlaştirib olardim. Öşanda Qodiriyning “Ötkan kunlar”i, Oybekning “Navoiy” romaniga mehr qöyganman. Şu asnoda bir nimalar yoza boşlaganman. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakultetini bitirib, Özbekiston radiosining adabiy-dramatik eşittirişlar Boş muharririyatiga işga kelganman.
Şu yerda — Adabiyot muharririyatining publitsistika bölimida işlab, mamlakatimizning hamma viloyatlariga bordim. Olis-olis qişloqlarni piyoda kezdim. Köp odamlar bilan hamsuhbat böldim. Töğri, nomdor odamlar oldiga borişdan köra, oddiy, sodda odamlar bilan körişiş, ularni kaşf etiş, özimning qahramonlarim, deb izlab topişni köproq afzal bildim. Radioda işlab, Özbekistonning yetakçi ijodkorlari Asqad Muxtor, Ibrohim Rahim, Nazir Safarov, Saʼdulla Karamatov, Hamid Ğulom, Rahmat Fayziy, Anvar Eşonov, Ölmas Umarbekov, Şukur Xolmirzayev, Ötkir Hoşimovlardan publitsistikaning sir-asrorlarini örgandim.
Radioda işlagan vaqtimda Turob Töla bilan Farğona vodiysi, Saʼdulla Karamatov bilan Zarafşon vohalarini reportyor kötarib, qadamba-qadam kezganlarimiz, Popning popuk qizlari şiyponlarida uzoq suhbatlaşganlarimiz, Andijon adirlaridagi qovun sayllarida qatnaşganlarimiz, Farğona boğlarida şirasi çakillab turgan anjirlardan uzib yeganlarimiz, Muruntov konlariga tuşolmay ostonasida yotganlarimiz, Zarmitan qatiqlaridan totganlarimiz, Tomdi yaylovlarida tongni qarşi olganlarimiz keçagiday yodimda. Ha, hozir safimizda bölmagan benazir ustozlarimizning oxiratlari obod bölsin, ilohim!
Bu kezişlarni maşaqqat deb bilmaganman. Qaytanga, yana ham jöşib, sevib, mehr-muhabbat bilan yurt kezganman, mehnat qilganman, topgan, kaşf qilgan qahramonlarimni uluğlab, qoğoz yuzlarini bezaganman. Keçalari mudrab qolganlarimda, qahva içib uyqumni qoçirganman. Özbekiston öz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin radio siyosiy va axloqiy tarbiyaning qudratli vositasiga aylangandi. Davr qadamlari, xalq hayotidagi özgarişlar, yutuqlar bilan muntazam taniştirib boriş biz, jurnalistlarga yana ham ğayrat yuklagan. Mustaqillikdan keyin dunyo bizni kengroq, yaxşiroq taniy boşladi.
Dunyo bizni Amir Temur, Imom Buxoriy, Uluğbek, Bobur, Navoiy avlodlari deya yanada uluğlab tanidi. 170 yil mustamlaka istibdodidan bukilib qolgan qaddimizni kötarib, quyoşga qaradik. Uzoq asrlik tariximizni, siyosatimizni, madaniyatimizni, tilimizni, dinimizni eʼzozlab, dunyoga tanitişda ozmi-köpmi, hissamizni qöşib bordik. Bundan ğururlanmasdan, kökrakni kermasdan, faxrlanmasdan bölmaydi, albatta. Kasaba uyuşmalari saroyida Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasining “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlaş marosimida şular xayolimdan ötib, qalbimni yana kuç-quvvat, ğururga töldirdi.
Abdulhay NOSIROV,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi.