Yangi Özbekiston jamiyatini barpo etiş va uni har tomonlama taraqqiy ettiriş jarayonida davlatimiz rahbarining keksa avlod vakillarini hurmat qiliş, ularni eʼzozlaş va hayotiy ehtiyojlarini munosib taʼminlaşga doimiy eʼtibor qaratayotgani barçamizning qalbimizni quvonç va şukronalikka töldirmoqda. Ayniqsa, sönggi yillar mobaynida nuroniylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qator tarixiy Farmon va qarorlarning qabul qilingani buning yaqqol amaliy ifodasidir.

Hayotning pastu balandini körgan, ulkan tajriba maktabini ötagan faxriylarimizning bebaho ögitlari, oqilona maslahatlari yurtimizda osoyiştalikni mustahkamlaş, mahallalar obodligini taʼminlaş va eng muhimi, kelgusi avlodlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda muhim hayotiy vosita bölib xizmat qilmoqda.

Men ham uzoq yillar davomida içki işlar organlari tizimida sidqidildan xizmat qilganim, yurtimizda qonun ustuvorligini taʼminlaşga hissa qöşganim bois, mazkur yuksak mukofot — I darajali “Mehnat faxriysi”kökrak nişoniga sazovor böldim. Bugun jahonning turli hududlarida geosiyosiy ziddiyatlar, milliy nizolar, qurolli mojarolar va murakkab moliyaviy-iqtisodiy tangliklar kuzatilayotgan tahlikali bir davrda yaşayapmiz. Mana şunday oğir şaroitda öz taraqqiyot yölidan sobitqadamlik bilan ilgarilab borayotgan, tinç-osoyişta va farovon Özbekistonda keksa avlod vakillariga körsatilayotgan bunday yuksak hurmat-ehtirom har qança tahsinga loyiqdir.

Uşbu nufuzli mukofot men uçun nafaqat yuksak rağbat va şaraf, balki ulkan masʼuliyat ham degani. Mana şu işonçga munosib bölgan holda, kelgusida ham ilmiy va hayotiy tajribamizni yurt ravnaqi, xalqimiz farovonligi hamda tinçligimizni asraş yölida safarbar etamiz. Nuroniylarga körsatilayotgan uşbu yuksak eʼtibor va eʼzoz uçun davlatimiz rahbariyatiga öz nomimdan va soha faxriylari nomidan çuqur minnatdorlik bildiraman.

Abduğofur SATTAROV,

Içki işlar vazirligi Faxriylar kengaşi raisi örinbosari, yuridik fanlar doktori, professor,

I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan