Odamlar turli xastaliklarga qarşi emlaşga odatlanib qolişgan. Biroq emlaşning, ayniqsa, çeçakka qarşi emlaşning kaşf etilişi tibbiyot tarixidagi eng katta yutuq ekanini hamma ham bilvayermaydi.
Tarixdan maʼlumki, çeçak kasalligi ommaviy epidemiyalarni yuzaga keltirar, oilalarni parçalar, odamlarning yuzlarida umrbod çandiqlar qoldirar va jamiyatlarda katta qörquv uyğotardi.
Kasallikni dunyo böylab yöq qiliş kampaniyasining sönggi bosqiçlarida “ikki uçli igna” deb ataladigan maxsus asbob işlatilgan. Bu kiçik ikki uçli igna vaksina suyuqligiga botirilib, odatda qölning yuqori qismiga bir neça marta bosib qöllanilgan. Maqsad — terida nazorat ostidagi immun javob hosil qiliş edi. Çeçak virusiga yaqin, ammo undan xavfsizroq virus yordamida emlangan joyda kiçik yara — avval qizariş, keyin pufakça, undan söng qobiq hosil bölardi. Qobiq tuşib ketgaç esa, örnida kiçik doimiy iz qolardi. Bu iz çeçak kasalligining izi emas, balki organizm özini himoya qilişni örganganining belgisi edi.
Haqiqiy çeçak kasalligi qoldiradigan izlar esa ança oğir bölgan. U yuz va tanada çuqur çandiqlar qoldirişi, hatto ölimga olib kelişi mumkin edi. Uzoq yillar davomida bu kiçik dumaloq iz göyo “himoya muhri” vazifasini bajargan. U inson dunyodagi eng qörqinçli kasalliklardan biriga qarşi immunitet hosil qilganini bildirardi.
1980 yilda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) çeçak kasalligi dunyo böylab butunlay yöq qilinganini eʼlon qildi.
Bu yutuq şifokorlar, hamşiralar, tibbiyot xodimlari va dunyoning eng olis hududlarigaça yetib borgan ulkan emlaş kampaniyalari natijasi edi. Şuning uçun öşa kiçkina iz şunçaki çandiq emas. U soğliqni saqlaş tizimida insoniyat erişgan eng buyuk ğalabalardan birining ramzi siftida eʼtirof etiladi.