Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berişiça, “Andijon devzira oşi” geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazildi.

“Andijon devzira oşi asrlar davomida şakllangan oşpazlik anʼanalari, öziga xos tayyorlaniş usuli va noyob taʼmi bilan ajralib turadigan milliy taom hisoblanadi. Uşbu oş turi, asosan, Farğona vodiysida yetiştiriladigan maşhur devzira guruçi asosida tayyorlanadi. Devzira guruçi özining qizğiş tusli, ziç va sifatli donalari bilan ajralib turib, oşga betakror taʼm, xuşböylik hamda dona-dona köriniş bağişlaydi. Geografik körsatkiç maqomining berilişi “Andijon devzira oşi” nomi va uning anʼanaviy tayyorlaş texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qiliş, mahsulotning öziga xosligini saqlab qoliş hamda uning sifat kafolatlarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Mazkur maqom Andijon viloyatining gastronomik salohiyatini namoyon etiş, milliy brendlarni rivojlantiriş, turizmni qöllab-quvvatlaş va özbek oşpazlik madaniyatini xalqaro miqyosda tarğib etiş uçun ham muhim ahamiyat kasb etadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan