Dunyo miqyosida 3 iyun — Butunjahon velosiped kuni sifatida keng nişonlandi.

Uşbu sana 2018 yilda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş assambleyasi tomonidan rasman eʼtirof etilgan bölib, velosipedning inson salomatligi, ekologiya va barqaror rivojlanişdagi örniga alohida eʼtibor qaratilgan. Bugun dunyoda avtomobildan foydalaniş yuqori surʼatda ösayotgan bir davrda velosiped oddiy transport vositasidan köra kattaroq maʼnoni anglatmoqda. U soğlom turmuş tarzi, ekologik madaniyat va faol hayot ramziga aylanib bormoqda.

Aslida, velosipedda yuriş inson organizmi uçun eng foydali jismoniy maşqlardan biri sanaladi. Mutaxassislarning fikriça, muntazam velosiped haydaş yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, ortiqça vaznni kamaytiradi, muşaklarni çiniqtiradi hamda stress va ruhiy çarçoqni yengişga yordam beradi. Ayniqsa, zamonaviy texnologiyalar sabab odamlarning kam harakat qilayotgani salomatlikka jiddiy xavf tuğdirayotgan bugungi kunda velosiped eng sodda va samarali yeçimlardan biri bölib qolmoqda.

Sönggi yillarda Özbekistonda ham kamharakatlik bilan boğliq muammolar ortib borayotgani, vazn ortişi natijasida odamlarda köplab kasalliklar yuzaga kelayotgani  köpçilikni taşvişga solyapti. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bergan maʼlumotda qayd etilişiça, mamlakat aholisining 44 foizida kam harakatga asoslangan turmuş tarzi kuzatiladi, 36 foizi esa soğlom ovqatlaniş tamoyillariga amal qilmaydi. Bu esa yurak-qon tomir kasalliklari, diabet va boşqa surunkali xastaliklarning köpayişiga sabab bölayotgani bilan xavotirli. Şunday vaziyatda velosipedni kundalik hayotga keng joriy etiş nafaqat sport yoki hordiq vositasi, balki soğlom jamiyatni şakllantirişning muhim omillaridan biri bölişi mumkin. Masalan, işga yoki öqişga qisqa masofalarda velosipedda qatnaş insonning kunlik jismoniy faolligini oşiradi, transport xarajatlarini kamaytiradi va eng muhimi, soğliğini mustahkamlaydi.

Velosipedning ekologik ahamiyati ham alohida mavzu. Avtomobillardan çiqadigan zararli gazlar atmosfera ifloslanişining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Velosiped esa ekologik toza transport turi bölib, havoga zararli moddalar çiqarmaydi. Ayniqsa, yirik şaharlarda transport tirbandligi va havoning ifloslanişi ortib borayotgan bir paytda velosiped ekologiyani asraşning eng oddiy, ammo samarali yöllaridan biridir.

Rivojlangan davlatlar tajribasi şuni körsatadiki, velosipedda yuriş madaniyati şakllangan jamiyatlarda aholining salomatligi yaxşiroq, ekologik muammolar esa nisbatan kam böladi. Şu bois, bugun Özbekistonda ham velosiped yölaklarini köpaytiriş, xavfsiz infratuzilma yaratiş va aholida velosipeddan foydalaniş madaniyatini şakllantiriş muhim vazifalardan biri bölib qolmoqda.

Butunjahon velosiped kuni bizni bir haqiqat haqida öylaşga undaydi: soğlom inson va musaffo tabiat bir-biri bilan çambarças boğliq. Baʼzan katta özgarişlar juda oddiy qadamdan — pedal aylantirişdan boşlanadi.

Umidjon Eşpölatov.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan