Faxriylarni qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy faolligini oşiriş borasidagi taşabbuslar va ularning amaldagi samarasi ölaroq, nuroniylarning jamiyatdagi örni hamda maqomi yanada mustahkamlandi. Bugun nuroniylar davlatimiz rahbari işongan faol qatlam, desak, aslo mubolağa qilmagan bölamiz. Fikrimizni Buxoro viloyati Ğijduvon tumani misolida davom ettirsak, bu yerdagi nuroniylar faoliyatini qöllab-quvvatlaş yuzasidan salmoqli işlar amalga oşirilayotganligiga guvoh bölamiz.

— Ayni kunlarda mamlakatimizning barça tumanlarida bölgani kabi Ğijduvon nuroniylari ham xalqning içiga kirib, ularning muammolari, yaşaş şaroitlari bilan yaqindan tanişib, amaliy kömak berib kelişmoqda, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Rahmatillo Mahmudov. — Tumanimizda 70 ta mahalla mavjud, 30 mingdan oşiq nuroniy yaşaydi. Ularning 210 nafari “Keksalar maslahati” guruhining faol aʼzolari. Ötgan yilda faol nuroniylarimizning saʼy-harakatlari bilan köplab oilalar kambağallik röyxatidan çiqarildi. Joriy yilda ham 1 ming 50 ta oila kambağallik röyxatiga kiritilib, bugungi kunga qadar 425 oila  röyxatdan çiqarildi. Bu boradagi işlarni izçil davom ettirayotgan Ergaş Bafoyev, Najmiddin Ğafurov, Hidoyat Allonova, Dilrabo Ikromova, Gulandom Rahmatova, Orif Narzullayev, Ilhom Ergaşev, Rajabboy Yaraşov, Mansur Töxtayev, Alijon Röziyevlarning faoliyati  maqtovga loyiq. Bularning oldingi safida turgan nuroniy — “Degrezon” mahallasi “Keksalar maslahati” guruhi aʼzosi Jamşid Saʼdullayevning xizmati katta.

Jamşid Saʼdullayevning faoliyati bilan qiziqib, mahallaga borganimizda, haqiqatan ham, maqtasa arziydigan işlarning guvohi böldik.

— Asli kasbim dorişunoslik. Nafaqaga çiqqanimdan söng 2008 yildan boşlab “Pozagari” qişloğiga köçaboşi etib tayinlandim, — deydi biz bilan suhbatda Jamşid Saʼdullayev. — Prezidentimiz taşabbuslari bilan “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturini amalga oşirişga faol nuroniylar jalb etila boşlandi. Menga ham mahallamizdagi beşta kambağal oila biriktirib berildi. Ötgan va joriy yilda uşbu oilalarga har tomonlama yordam berişga harakat qildim. Natijada  uşbu oilalar  kambağallikdan çiqarildi.

Jamşid Saʼdullayev öziga biriktirilgan kambağal oilalar bilan tizimli iş olib boriş bilan birga, hamqişloqlari kömagida mahallasida muzey ham barpo etgan. Borib körsa arziydigan maskan.

Uning aytişiça, bu joy sobiq Ittifoq davrida  masjid vazifasini ötagan. Taqiqlar kuçayib, namoz öqişga ruxsat berilmagan. Natijada taşlandiq holga kelib qolgan. Keyinroq kolxozning mineral öğitlar saqlanadigan omborxonasiga aylantirilgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erişgandan söng bino qayta taʼmirlanib, odamlar foydalanadigan maskanga aylantirildi. Muzeyni quriş işlari 2020 yilda qişloq tadbirkori Dilmurod Hamidov homiyligida boşlangan. Quriliş işlari 2023 yilda tugatilgan. Ayni xayrli işlarni amalga oşirişda aka-uka Abdurahim va Abdukarim Rahmonovlar, Komil Tursunov, Bahodir Rahmatov singari saxovatli insonlarning yordami katta böldi. Muzeydagi eksponatlarni töplaş oson keçmagan, albatta. Köçama-köça, xonadonma-xonadon yurilib, muzeybop narsalar töplangan. Hatto, qöşni tumanlardan ham osoriatiqalar keltirilgan.

Maskan yonida yoşlar uçun alohida tennis maydonçasi  taşkil etilgan. Şuningdek, nuroniylar, yoşlar örtasida şaxmat-şaşka musobaqalari ötkazib turiladi. Ha, Ğijduvon tumanida Jamşid Saʼdullayev kabi fidoyilar köpçilikni taşkil etadi. Ana şunday el-yurtni sevgan insonlar, fidoyi nuroniylar bor ekan, mamlakatimiz tobora yuksalib boraveradi.

Rajab  AVEZOV,

Samat DAMINOV,

mehnat faxriylari.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan