Öz umrini jamiyat rivoji, farzandlar tarbiyasiga bağişlagan, uzoq yillar birga yaşab, sermazmun hayot keçirib kelayotgan piru badavlat otaxon va onaxonlarimizning hayot yöllari yoşlarga haqiqiy ibrat maktabidir.

Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanidagi 102-sonli umumiy örta taʼlim maktabida tuman hokimligi, “Nuroniy” jamğarmasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölimlari taşabbusi bilan yakkaboğlik 6 nafar nuroniy juftlik iştirokida “Qöşa qariş saodati” loyihasi doirasidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil qilindi.

Tadbirni “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Farhod Jumayev kiriş sözi bilan oçdi. Uçraşuv mehmonlari — Şavkat Zamonov hamda Muşarraf aya Tirkaşeva, Eştemir Rajabov va Sayqal aya Rajabova, Eşboy Xurramov hamda Dilbar Rahimova, Xöjaqul Hayitov va Zuhra Toşmirova, Çori Boboqulov va Muhtarama Boboqulova, Şomurod Tojiyev hamda Elenora Tojiyevalar davraning töridan joy oldilar.

Qöşa qariş saodatiga erişgan nuroniylar öz hayot yöllari haqida gapirib, oila degan muqaddas qörğonni asrab-avaylaş lozimligi, inson hayotining maʼno-mazmuni uşbu qutluğ maskan halovati bilan boğliq ekanligini taʼkidlab ötdilar.

— Bugungi kunda tumanda 69 mingdan ortiq oila bölib, ular 47 ming xonadonni taşkil etadi, — deydi Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölimi rahbari Latofat Beknazarova. — Ularda maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy soğlom muhitni şakllantirişda barçamiz faol iştirok etmoğimiz kerak.

— Köpni körgan donişmand, fariştasifat bobo va buvijonlarning katta hayotiy tajribasi yoş oilalar uçun haqiqiy ibrat maktabi, — deydi şifokor otaxon Şomurod Tojiyev. — 48 yildan beri birga yaşab, baxtli hayot naşidasini surmoqdamiz. Men şunday oqila va dono umr yöldoş bilan umrguzaronlik qilayotganim uçun Ollohimga hamdu sanolar aytaman. Farzandlarimiz uyli-joyli, öz kasblaridan baraka topib, nabiralarning kelajagi uçun harakat qilişyapti. Uşbu eʼtibor uçun, avvalo, davlatimiz rahbariga, qolaversa, tadbir taşkilotçilariga oilam nomidan ulkan minnatdorlik bildiraman.

Tadbirda sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qöşiqlar davraga yanada fayz kiritdi. Baxtli juftliklarga “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyevning “Taşakkurnoma”lari hamda esdalik sovğalari tuman hokimi örinbosari Oybek Şaropov tomonidan tantanali ravişda topşirildi. Nuroniy otaxon Xöjaqul ota Hayitovning çuqur mazmunga ega şeʼrlari muxlislarga maʼqul kelib, katta taassurotlar qoldirdi.

Şavkat SULTONOV,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan