fidoyi nuroniylar faoliyatiga nazar
Bugun Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar natijasida barça hududlar qatori Jizzax viloyati Arnasoy tumani ham yangi taraqqiyot bosqiçiga qadam qöydi. Davlatimiz rahbari tomonidan inson qadrini uluğlaş, aholi turmuş darajasini oşiriş, mahallalarni obod qiliş, tadbirkorlikni rivojlantiriş va hududlar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirişga qaratilgan siyosat tumanimiz hayotida ham öz amaliy ifodasini topmoqda. Bugun Arnasoy haqida gap ketganda, faqat oğir tabiiy şaroitlar emas, balki zamonaviy qişloq xöjaligi, yangi iş örinlari, investitsiya loyihalari, turizm, xizmat körsatiş, taʼlim va infratuzilma sohasidagi ulkan özgarişlar haqida ham söz yuritmoq darkor.
Ayniqsa, “mahallabay” işlaş tizimi asosida amalga oşirilayotgan işlar aholi muammolarini joyida hal qiliş imkonini bermoqda. “Sayxunobod”, “Zarbdor” va “Uyçi” tajribalari asosida tumanda yuzlab mikroloyihalar amalga oşirilib, yangi iş örinlari yaratildi. Bu esa faqat iqtisodiy körsatkiç oşganini emas, balki yuzlab oilalarning daromadi, yoşlarning kelajakka işonçi va xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini anglatadi.
Tumanda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari mahallalar qiyofasini tubdan özgartirmoqda. Yangi içimlik suvi tarmoqlari tortilayotgani, elektr taʼminoti yaxşilanayotgani, içki yöllar taʼmirlanayotgani, köp qavatli uylar rekonstruksiya qilinayotgani odamlar turmuş tarzi va hayot sifatiga bevosita taʼsir körsatmoqda. Obod mahalla bu faqat taşqi köriniş emas, balki inson qadrini uluğlaş, uning munosib yaşaşiga şaroit yaratiş demakdir.
Qişloq xöjaligi sohasida ham tumanimizda yangi islohotlar amalga oşirilmoqda. Suv tejovçi texnologiyalar, zamonaviy agrotexnika, xorijiy investitsiyalar va qayta işlaş sanoati yönalişida amalga oşirilayotgan işlar Arnasoy iqtisodiyotida muhim buriliş yasamoqda. Suv tanqis hududda har bir tomçi suvning qadrini yaxşi anglagan xalqimiz bugun zamonaviy texnologiyalar orqali unumdorlik va samaradorlikni oşirişga erişmoqda.
Şu bilan birga, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, eksport salohiyatini oşiriş, yangi agrosanoat va sanoat loyihalari orqali Arnasoyning iqtisodiy imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda.
Bugun tumanimizda amalga oşirilayotgan yirik investitsiya loyihalari minglab yangi iş örinlarini yaratiş, mahalliy mahsulotlarni taşqi bozorlarga olib çiqiş va aholi farovonligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Taʼlim, tibbiyot, sport va yoşlar siyosati sohalarida amalga oşirilayotgan işlar ham Arnasoyning kelajak taraqqiyoti uçun mustahkam zamin yaratmoqda. Maktablarni taʼmirlaş, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlaş, kutubxonalarni yangilaş, tibbiyot muassasalariga yangi uskunalar olib keliş, sport infratuzilmasini rivojlantiriş bularning barçasi inson kapitaliga qaratilgan muhim sarmoyadir.
Arnasoyning kelajak taraqqiyoti haqida söz ketganda, Aydar-Arnasoy köllari imkoniyatlarini ham alohida taʼkidlaş joiz. Bu betakror tabiiy hudud bugun turizmning yangi nuqtasi sifatida şakllanmoqda. Turistik markazlar, mehmonxonalar, xizmat körsatiş obʼyektlari, dam oliş maskanlari va ekoturizm loyihalari tuman iqtisodiyotida yangi yönalişni vujudga keltirmoqda. Bu esa kelgusida Arnasoyni nafaqat agrar, balki turizm salohiyati yuqori bölgan hududlardan biriga aylantirişi, şubhasiz.
Yuqorida qayd etganimiz kabi samaradorlikka erişişda barça sohalar qatori bugungi kunda jamiyatimizda faollik körsatayotgan qatlam — nuroniylarning ham alohida eʼtirofga munosib xizmatlari bor, albatta. Har qanday mahallaning maʼnaviy ustuni nuroniylardir. Nuroniylar — keçagi çölni, ilk uylarni, birinçi qadamlarni, maşaqqatli yillarni körgan, bugungi obodlikning qadrini yaxşi biladigan avlod vakillaridir. Ular — mahallaning vijdoni, yoşlarning maslahatgöyi, xonadonlarning barakasi, tarix bilan kelajakni boğlab turgan tirik köprikdir.
Bugun mamlakatimizda “Inson qadri uçun!” degan ezgu ğoya davlat siyosati darajasiga kötarilgan bir paytda nuroniylarga bölgan eʼtibor ham mutlaqo yangi bosqiçga çiqdi. Ayni özgarişlarning amaliy ifodasini “Nuroniy” jamğarmasining Arnasoy tuman bölimi faoliyati misolida yaqqol köriş mumkin. Keksa avlodga hurmat — şunçaki urf yoki anʼana emas, balki jamiyat barqarorligini taʼminlaydigan maʼnaviy ustunlardan biridir. “Heç kim mehr va eʼtibordan çetda qolmaydi!” şiori asosida uruş orti mehnat faxriylari, yordamga muhtoj keksalar, nogironligi bölgan insonlar va yolğiz qariyalar holidan muntazam xabar olinişi buning amaliy körinişidir. Tuman miqyosida 1 nafar uruş orti mehnat faxriysi, 5 nafar yordamga muhtoj keksa, 2 nafar yuz yoşdan oşgan onaxon va 6 nafar nogiron, şuningdek, 15 nafar yolğiz keksa holidan muntazam xabar olinayotgani, bayram kunlarida ularning xonadonlariga taşriflar uyuştirilayotgani nafaqat ijtimoiy yordam, balki maʼnaviy qöllab-quvvatlaş vazifasini ham bajarmoqda.
“Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili böyiça 31 nafar faol nuroniyga 192 nafar uyuşmagan va muammoli yoşlar biriktirilgan bölib, ular yoşlar bilan bevosita maʼnaviy-maʼrifiy işlar olib bormoqdalar. Hayotiy tajribalarini ulaşgan holda, adaşişdan asraydigan maʼnaviy yöl körsatuvçiga aylanmoqdalar. Bu jarayonda nuroniylar şunçaki maslahat beruvçi emas, balki jamiyatdagi maʼnaviy muhitni şakllantiruvçi kuç sifatida namoyon bölmoqdalar.
Tumandagi 21 ta umumtaʼlim maktabiga 63 nafar faol nuroniy otaxon, 11 ta maktabgaça taʼlim muassasasiga 33 nafar nuroniy onaxon biriktirilgan. Har oy ötkaziladigan “Nuroniylar tarbiyaviy soatlari” maşğulotlarida faxriy keksalarimiz tomonidan bolalar ongi va qalbiga milliy qadriyatlar, odob-axloq, kattaga hurmat, Vatanga muhabbat tuyğulari singdirilmoqda.
Nuroniylar faoliyatining yana bir muhim jihati — soğlom turmuş tarzini tarğib qilişdir. “Salomatlik uçun 5 ming qadam” tadbirining har şanba kuni muntazam ötkazilişi va unda 325 nafar faol nuroniy iştirok etayotgani Arnasoyda keksalar hayoti faqat xonadon bilan çeklanib qolmaganini körsatadi. Sport musobaqalari, “Faxriy polvonlar”, “Unutilmas çempionlar” kabi uçraşuvlar esa yoşlarda sportga qiziqişni oşirib, milliy sport anʼanalariga nisbatan hurmat uyğotmoqda. 20 nafar nuroniy va 40 nafar yoş iştirokida taşkil etilgan musobaqalar mahalladagi ijtimoiy birlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilganligi rost.
Oilalardagi nizolar va ajrimlarning oldini oliş maqsadida, 22 nafar notinç oilaga 22 nafar faol nuroniy biriktirilgan. Ular ayni yönalişda tizimli iş olib borib, muntazam suhbatlar va tarğibot tadbirlarini amalga oşirmoqdalar.
“Otalar çoyxonasi”, “Uç avlod uçraşuvi” kabi tadbirlar orqali avlodlar örtasidagi maʼnaviy boğliqlik yanada mustahkamlanmoqda. Bunday uçraşuvlarda keksalar öz hayot yöli, mehnat faoliyati, boşdan keçirgan qiyinçiliklari va hayot saboqlarini yoşlarga hikoya qilib bermoqdalar. Bu esa ular uçun tajriba maktabi vazifasini ötamoqda.
Keyingi yillarda Arnasoy tumani mahalla fuqarolar yiğinlari taşabbusi bilan bir qator keksalarning nomzodlari “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlaş uçun tavsiya etildi. Jumladan, ötgan 2025 yilda “Yangiböston” mahalla fuqarolar yiğini tomonidan Rustam Utabayevning nomzodi I darajali, “Bobur” mahalla fuqarolar yiğini tomonidan Aşur Tuyğunovning nomzodi II darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoniga körsatilgan. Joriy 2026 yilda ham ayni taşabbuslar davom ettirilib, kökrak nişoni sohiblarini belgilangan tartibda taqdirlaş tadbirlarini taşkillaştiriş közda tutilgan.
“Keksalar uçun turizm” loyihasi doirasida tuman nuroniylari iştirokida poytaxtimiz Toşkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Farğona vodiysi, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlariga uyuştirilayotgan sayohat va ziyorat tadbirlarini ham alohida eʼtirof etiş zarur. Arnasoyliklar mamlakatimizning şahar va qişloqlaridagi aziz avliyolar qabrlarini ziyorat qilişmoqda. Ular qadimiy meʼmorçilik, hunarmandçilik va joylarda amalga oşirilayotgan islohotlar samarasi bilan yaqindan tanişar ekanlar, ulkan taassurotlarga ega bölmoqdalar. Ayni eʼtibor va imkoniyatlar uçun davlatimiz rahbariyatiga ulkan minnatdorlik bildirib, Yaratgandan yurtimiz tinçligi va xalqimiz farovonligini sörab, duolarga qöl oçmoqdalar.
“Kambağallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 2026 yil
1 fevraldan 2026 yil 30 iyunga qadar 33 nafar faol nuroniyga 5 nafardan, jami 165 nafar kambağal oila biriktirilgan. Ayni yönalişdagi amaliy saʼy-harakatlar jarayonida kambağal oila farzandlariga öquv qurollari va jihozlari yetkazib berildi. 32 nafar bolaning qöşimça darslar, 38 nafar bolaning tögaraklardagi iştiroki taʼminlandi. 41 nafar bola ustalarga şogirdlikka biriktirildi. Bugungi kunda 125 nafar oila kambağallik reyestridan çiqarilgan bölib, hozirda bu boradagi taşabbuslar qizğin davom ettirilmoqda.
Darhaqiqat, Arnasoy bugun faqatgina xaritadagi hudud yoki maʼmuriy birlik emas. Bu inson irodasi, mehnat va matonat bilan bunyod etilgan hayot makonidir. Uşbu yurt tarixi qum va şamollar bağrida hayot uçun kuraşgan, yerni obod qilgan, suv çiqargan, qişloq barpo etgan insonlar qismati bilan çambarças boğliqdir. Şu maʼnoda, aytiş kerakki, Arnasoy tarixi — sabr bilan mehnat qilib, sahroni böstonga aylantirgan insonlar tarixidir. Şunday ekan, tumanda yangilaniş, yaşariş jarayoni davom etaveradi. Bunda faol nuroniylarning ham hissasi har qaçongidan-da uluğ bölib, hal qiluvçi ahamiyat kasb etib boraveradi. Negaki, bugun arnasoylik nuroniylar hurmatli Yurtboşimizning bildirgan yuksak işonçlariga labbay, deya javob berib, ezgu va xayrli işlar yölida kamarbasta bölmoqdalar.
Isoq Avalboyev,
“Nuroniy” jamğarmasi
Arnasoy tumani bölimi raisi.