Insoniyat taraqqiyotidagi har bir yuksaliş, buyuk kaşfiyot va madaniy uyğoniş zamirida ilm hamda mutolaa qudrati bor. Bular insonning içki olamini boyitadi, notiqlik madaniyatini rivojlantiradi. Kitob bilan oşno bölgan inson voqea-hodisalarga çuqurroq nazar taşlaydi, hayotiy masalalarni tezroq anglaydi va mustaqil fikr yuritişga örganadi. Ayniqsa, biz, yoşlarning şaxs sifatida şakllanişimizda kitobning örni beqiyos.

Ilm-fan rivojini ham mutolaasiz tasavvur qilib bölmaydi. Dunyoni özgartirgan har bir olim yoki ixtiroçi zafar çöqqisiga çiqişdan avval minglab sahifalarni varaqlagan, izlangan. Imom Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Mirzo Uluğbek kabi buyuk ajdodlarimiz aynan tinimsiz izlaniş va mutolaa orqali jahon sivilizatsiyasiga tamal toşini qöyganlar. Yaqinda hayotimda yuz bergan bir quvonçli voqea menda uşbu fikrlarni yanada mustahkamladi.

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, ÖzDJTU dotsenti, “Soğlom ona va bola” ayollar va yoşlarni qöllab-quvvatlaş markazi rahbari Raʼno Zaripova masʼulligida Parlament komissiyasi tomonidan ajratilgan “Mutolaa, ilm — baxt kaliti” nomli davlat granti doirasida talabalar örtasida tanlov ötkazildi. Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti rahbariyati bilan hamkorlikda taşkil etilgan uşbu bellaşuv yaşil iqtisodiyot yönalişidagi sara videoroliklar ijodkorlarini aniqlaşga qaratildi.

Mazkur loyiha bölajak jurnalistlarni raqamli texnologiyalarni puxta özlaştirişga va zamonaviy media olamiga çuqurroq kirib borişga undadi. 1-, 2-, 3-örin sohiblariga  Xalqaro jurnalistika fakulteti rahbariyati  tomonidan kitoblar töplami sovğa qilindi.

Ustozlarimiz taşabbusi bilan tez-tez taşkil etilayotgan  bu kabi tanlovlar har birimizga özgaça kuç bağişlamoqda. Öz örnida, talabalarga körsatilayotgan  rağbat va eʼtirof esa biz yoşlarga katta masʼuliyat yuklaydi..

Sevinç TOŞMUHAMMADOVA,

ÖzDJTU talabasi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan