Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida “Faxriylar töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqilgan edi. “Nuroniy” jamğarmasi Respublika Boşqaruvi hamda Özbekiston “VETERAN” jangçi-faxriy va nogironlar birlaşmasi taşabbusi bilan davlat va jamoat taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan Faxriylar kengaşlari rahbarlari iştirokida mazkur qonun loyihasi muhokamasiga bağişlangan kengaytirilgan yiğiliş bölib ötdi.
Unda Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev, Boş prokuratura Faxriylar kengaşi raisi, isteʼfodagi general-mayor Botir Kalonov, Oliy sud Faxriylar Kengaşi raisi Ubaydulla Mingboyev, Prezident davlat xavfsizlik xizmati Faxriylar Kengaşi raisi, isteʼfodagi general-mayor Axat Nosirov, Davlat xavfsizlik xizmati Faxriylar Kengaşi raisi, isteʼfodagi polkovnik Ğayrat Dadajonov, Milliy gvardiya Faxriylar Kengaşi raisi, isteʼfodagi polkovnik Murod Mamayusupov, Mudofaa vazirligi Faxriylar Markaziy Kengaşi raisi, isteʼfodagi polkovnik Abubakir Navrözov, Içki işlar vazirligi Faxriylar Kengaşi raisi, isteʼfodagi general-mayor Erkin Norgitov, DXX Faxriylar Kengaşi raisi örinbosari, Çegara Qöşinlari Faxriylar Kengaşi raisi, isteʼfodagi polkovnik Xayrulla Sagdullayev, Özbekiston “VETERAN”jangçi-faxriy va nogironlari Birlaşmasi raisi Talʼat Murodov, Birlaşma raisining birinçi örinbosari, isteʼfodagi polkovnik Ilimdar Ilyasov, Birlaşma raisi örinbosari, Toşkent şahar Kengaşi raisi, isteʼfodagi polkovnik Rustam Sultonov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri maslahatçisi, isteʼfodagi polkovnik Bahodir Umurzaqov, Birlaşma raisi maslahatçisi, isteʼfodagi polkovnik Anvar Raşidov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş masalalari qömitasi aʼzosi Azamat Pardayev, Mehnat, soğliqni saqlaş va ijtimoiy masalalar qömitasi aʼzosi Anvarjon Nurmatov hamda OAV vakillari qatnaşdi.
Tadbirda deputatlar uşbu qonun loyihasining mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi. Qayd etilganidek, mazkur qonun loyihasining asosiy maqsadi faxriylar maqomi va toifalarini aniqlaş, uşbu sohadagi masʼul vazirlik hamda idoralarning vakolatlarini belgilaşdan iborat.
Şuningdek, hujjat bilan faxriylarning huquqiy va ijtimoiy himoyasi, imtiyozlari hamda davlat tomonidan taqdim etiladigan kafolatlari huquqiy jihatdan mustahkamlanmoqda.
Xususan, faxriy maqomini beriş asoslari qonun loyihasida belgilangan tartibga muvofiq, muayyan bir soha, tarmoq yoki kasbiy faoliyatda uzoq yillar davomida vijdonan va namunali mehnat qilganlik, davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uçun tegişli eʼtirofga sazovor bölganlik mezonlari asosida beriladi. Mazkur maqomga ega bölgan fuqarolarni tizimli ravişda qöllab-quvvatlaş maqsadida ijtimoiy muhofaza, soliq va pensiya taʼminoti böyiça qator imtiyozlar joriy etilmoqda.
Jumladan, qonun loyihasida sanatoriy-kurort va soğlomlaştiriş muassasalarida bepul davolaniş hamda dori vositalari bilan imtiyozli şartlarda taʼminlaniş, uy-joy kommunal xizmatlari tölovlarini qoplaş uçun majburiy kompensatsiya mablağlarini oliş, şahar yölovçi transportidan bepul foydalaniş hamda havo va temir yöl çiptalarini imtiyozli (çegirmali) narxlarda xarid qiliş, davlat xizmatlari markazlari va boşqa idoralarda navbatsiz xizmat körsatiliş huquqi közda tutilmoqda. Şuningdek, madaniyat, sport va köngiloçar muassasalar, teatrlar, muzeylar hamda moddiy madaniy meros obʼyektlarining pulli xizmatlaridan imtiyozli tartibda foydalaniş ham şular jumlasidandir.
Muhokamalarda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Faxriylar kengaşlari rahbarlarining fikr va mulohazalari eşitildi. Iştirokçilar qonun loyihasini qöllab-quvvatlab, bugungi murakkab geosiyosiy jarayonlar fonida mazkur hujjatning qabul qilinişi davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan izçil va uzoqni közlagan siyosatning naqadar dolzarb ekanligidan dalolat berişini taʼkidladilar.
Bundan taşqari, yiğilişda “Özbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlaş, 2026–2030 yillarga möljallangan qöşma çora-tadbirlar dasturi loyihasi ham atrofliça körib çiqildi. Dasturda keksa avlod vakillari, nogironligi bölgan şaxslar, jangçi-faxriylar hamda harbiy burçini bajariş çoğida halok bölgan harbiy xizmatçilar oilalarining ijtimoiy himoyasini yanada kuçaytiriş, yoşlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş ham nazarda tutilgan.
Tadbir davomida Faxriylar kengaşlari rahbarlari tomonidan dasturni yanada takomillaştirişga qaratilgan qator takliflar ilgari surildi. Taʼkidlaş joizki, mazkur muloqot jonli fikr va axborot almaşinuvi orqali tizim faoliyatini takomillaştirişga xizmat qiladigan samarali hamkorlik mexanizmiga aylandi.
Yiğiliş yakunida Dasturning maqsad va vazifalari, undan kutilayotgan natijalar hamda uning hayotga tatbiq etilişida Faxriylar kengaşlarining örni va masʼuliyati yuzasidan munozaralar ötkazilib, tegişli çora-tadbirlar belgilab olindi.
Talʼat Murodov,
Özbekiston “VETERAN”
jangçi-faxriy va nogironlar birlaşmasi raisi.