Jamiyatning intellektual salohiyati va taraqqiyot darajasi uning öz ziyolilari, ilm-fan namoyandalariga bölgan munosabatida körinadi. Boisi olimlar izlanişi, teran tafakkuri hamda ustozlar ögiti suv va havodek zarur bölgan bugungi davrda, keng maʼrifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega muloqot davralari millatning maʼnaviy hamda ilmiy yuksalişini taʼminlovçi asosiy harakatlantiruvçi kuçdir.

Namangan şahridagi muhtaşam “Nuroniylar maskani”da ana şunday muhim voqelik — “Uç avlod uçraşuvi” bölib ötdi. Anʼanaviy 65-xalqaro gullar festivali doirasida taşkil etilgan uşbu tadbir, tom maʼnoda, ilm ahliga körsatilayotgan yuksak eʼtibor va ehtiromning amaliy ifodasiga aylandi. Ilmiy tafakkur va tabiat gözalligi uyğunlaşgan uşbu kunlarda ziyolilarning jamiyat hayotidagi örni yana bir bor yuksak eʼtirof etildi.

Tadbirda viloyat hokimi örinbosari Otabek Bozarov hamda “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi raisi, senator, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi  Ikromxon Najmiddinov sözga çiqib, mamlakat kelajagi va Yangi Özbekiston taraqqiyotida ilm ahlining örni, ularning ijtimoiy masʼuliyati va jamiyatni harakatga keltiruvçi kuç ekanini taʼkidlab, bu borada Namangan viloyatida olib borilayotgan tizimli işlarni eʼtirof etdi.

Namangan davlat universiteti professori, siyosiy fanlar doktori Tursunboy Fayzullayev, uşbu oliy dargoh professori, falsafa fanlari doktori Bahriddin Talabov, Namangan davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori Mahbuba Sobirova hamda Namangan davlat texnika universiteti professori, fizika-matematika fanlari nomzodi Abdulboqi Rahmonovlar viloyat hokimligi va “Nuroniy” jamğarmasi tomonidan körsatilgan uşbu yuksak ehtirom va eʼtibor uçun minnatdorlik izhor etdi.

— Barçamizga maʼlumki, hurmatli Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida faoliyat boşlagan ilk kunlaridanoq ilm ahliga alohida eʼtibor qaratib, har tomonlama qöllab-quvvatlab kelmoqdalar, — deydi Namangan davlat universiteti professori, siyosiy fanlar doktori Tursunboy Fayzullayev.  — Viloyatimiz hokimligi, “Nuroniy” jamğarmasi  Namangan viloyati bölimi tomonidan ham olimlarimizga yuksak hurmat-ehtirom körsatilayotgani bizga yangi kuç-ğayrat bağişlaydi. Şu örinda alohida taʼkidlaşimiz kerakki, Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, senator  Ikromxon Najmiddinov rahbarligidagi viloyatimiz nuroniylari yoş avlodni  ilmli, maʼrifatli va salohiyatli etib tarbiyalaş, barça soha faxriylariga, yoşi uluğlarga hurmat-ehtirom körsatiş, mahallalarda tinçlik, hamjihatlikni asraşdek ezgu işlarda barçamizga namuna bölişmoqda. Ayniqsa, olimlar va yoşlar iştirokidgi maʼrifiy taşabbuslar yoşlarni ilm-fan yutuqlariga yönaltiriş, ularni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalaşga xizmat qilmoqda.

Maʼrifiy tadbirda olimlar yoşlaridan qatʼi nazar, bor kuç-ğayrati, boy hayotiy tajribasi va ilmiy salohiyatini Vatan ravnaqi, yurtimizda amalga oşirilayotgan uluğvor islohotlar muvaffaqiyati hamda yoşlar tarbiyasi yölida safarbar etişga tayyor ekanligini bildirişdi.

Haqiqatan ham, uşbu uçraşuv boy ilmiy tajriba, anʼana va milliy qadriyatlarning avloddan-avlodga bekamu köst ötişini taʼminlaşga xizmat qiladi. Butun umrini ilmga baxşida etgan ustozlar mehnatining qadrlanişi esa izlanuvçan yoş olimlar, tadqiqotçilar va talabalar uçun ulkan rağbat vazifasini ötaydi. Maʼrifat uluğlangan, ziyolilar ardoqlangan jamiyatda heç qaçon mafkuraviy böşliq yuzaga kelmaydi. Natijada yoş avlod har xil yot ğoyalarga çalğimay, vatanparvar, yuksak maʼnaviyatli va barkamol bölib voyaga yetadi.

Tadbir yakunida faxriy olimlardan bir guruhiga Namangan viloyat hokimligi va “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimining taşakkurnomalari hamda esdalik sovğalari topşirildi.

Abduraşid BOLTABOYEV,

Namangan viloyati.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan