Toşkent viloyati Angren şahrida keyingi yillarda turli jabhalarda amalga oşirilayotgan islohotlar xalq farovonligiga xizmat qilib, şaharning zamonaviy qiyofa kasb etişida öziga xos omillardan bölmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda şaharning turli göşalarida taşkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar aholining, jumladan, yoşlarning Vatanimizda keçayotgan yangilanişlarga daxldorlik tuyğusini yanada oşirmoqda.

Toşkent harbiy okrugi tasarrufidagi Angren şahrida joylaşgan harbiy qismda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi taşabbusi bilan harbiy xizmatçilar iştirokida Vatanga muhabbat, milliy ğurur va tarixiy xotiralardan saboq olişga bağişlangan “Qatağon qurbonlari xotirasi — tarixiy adolat saboği” mavzusida ötkazilgan “Uç avlod uçraşuvi” maʼrifiy   tadbirini ana şunday taşabbuslardan biri deyiş mumkin.

Tadbirda  “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi bölim boşliği M.Umarov sözga çiqib, mamlakatimizda tinçlik va barqarorlikni saqlaş, şukronalik, sabr-matonat, milliy birlik va hamjihatlikning ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Şundan söng “Qatağon qurbonlari xotirasi — tarixiy adolat saboği” mavzusida maʼruza taqdim etildi. Maʼruzada Usmon Nosir, Botu (Mahmud Hodiyev), Munavvar qori Abduraşidxonov, Fayzulla Xöjayev va Akmal Ikromov kabi yurt farzandlarining xalqimiz maʼnaviyati va maʼrifati, ravnaqi yölidagi maʼnaviy jasorati yodga olindi.

Askarlar bilan ötkazilgan savol-javobda  harbiy xizmatçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atrofliça javoblar oldilar.

Mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi tantanalari arafasida bu kabi taşabbuslar izçil davom ettirilmoqda. “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlari Angren şahrining toğli hududida joylaşgan, tabiati sölim “Laşkerak” mahallasida ham bölib ötdi.

Angren şahar hokimligi taşabbusi bilan “Adolat” SDP Toşkent viloyati Kengaşi, “Nuroniy” jamğarmasi Toşkent viloyati bölimi, Angren şahar Oila va xotin-qizlar bölimi, Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi, Yoşlar işlari agentligi şahar bölimi, Madaniyat bölimi hamkorligida taşkil qilingan uşbu tadbir qizğin taassurotlarga boy böldi.

Tabiat qöynida ötgan samimiy uçraşuvda “Adolat” SDP Toşkent viloyati Kengaşi mutasaddilari, nuroniylar, faol xotin-qizlar va yoşlar bir davrada jam bölib, milliy qadriyatlar, avlodlar vorisligi, Vatanga muhabbat hamda mustaqillikning beqiyos qadri haqida  fikr almaşdilar.

Özaro suhbat va muloqotlar jarayonida yurtimizda ötkazilayotgan uç avlod iştirokidagi bu kabi tadbirlar mamlakatimizdagi keksa, örta va yoş avlod vakillarini özaro boğlovçi, jipslaştiruvçi maʼnaviy köprik bölayotganligi alohida eʼtirof etildi.

Suğdiyona Sobirova.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan