Jeneva şahrida Xalqaro mehnat konferensiyasining 114-sessiyasi doirasida 12 iyun – Butunjahon bolalar mehnatiga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan “Bolalar mehnatiga qizil kartoçka: Marokaşdan amaliy harakatlargaça” mavzusida xalqaro tadbir bölib ötdi.
Tadbirda bolalar mehnatini tugatiş, ularning huquqlarini taʼminlaş, munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etiş hamda uşbu yönalişdagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro mehnat konferensiyasida iştirok etgan 187 ta davlat orasida Özbekiston delegatsiyasi tomonidan mehnat, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarida amalga oşirilgan islohotlar natijalari taqdim etildi. Mamlakatimizda bolalar mehnatining deyarli töliq bartaraf etilgani, bu natija davlat siyosati, kuçli ijtimoiy himoya tizimi va xalqaro hamkorlik samarasi sifatida xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etildi.
Oliy Majlis Senati raisi, Odam savdosiga qarşi kuraşiş va munosib mehnat masalalari böyiça Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva öz sözida bolalar mehnatiga barham berişga faqat huquqiy taqiqlar bilan emas, balki uni keltirib çiqaruvçi asosiy sabablarni — qaşşoqlik, ijtimoiy himoyaga muhtojlikni bartaraf etiş, şuningdek, sifatli taʼlim va munosib mehnat imkoniyatlarini kengaytiriş orqali erişiş mumkinligini taʼkidladi.
Qayd etilganidek, mamlakat rahbariyatining qatʼiy siyosiy irodasi, izçil islohotlar va samarali xalqaro hamkorlik natijasida Özbekistonda bolalar mehnatiga amalda barham berilgan hamda uning qayta yuzaga kelişining oldini oluvçi barqaror mexanizmlar şakllantirilgan.
Şuningdek, mazkur natijalarga erişişda Xalqaro mehnat taşkiloti, iş beruvçilar va kasaba uyuşmalari taşkilotlari bilan yaqin hamkorlik muhim ahamiyat kasb etgani, XMTning tavsiyalari izçil amalga oşirilgani qayd etildi.
Tadbir iştirokçilari bugungi kunda mojarolar, migratsiya jarayonlari, iqlim özgarişi va norasmiy bandlik kabi omillar bolalar mehnati xavfini kuçaytirib borayotganiga eʼtibor qaratdi.
Özbekiston – markaziy osiyodagi eng xavfsiz mamlakat
Global tinçlik indeksi har yili xavfsiz davlatlar röyxatini eʼlon qiladi. Reyting Avstraliyadagi Iqtisodiyot va tinçlik instituti mutaxassislari tomonidan tuziladi. Asosan içki va taşqi mojarolar, ijtimoiy xavfsizlik va militarizatsiya körsatkiçlariga qarab, davlatlar röyxati şakllantiriladi. Qolaversa, qöşnilar bilan munosabatlar, siyosiy beqarorlik va jamoat tartibi, jinoyatçilik statistikasi kabi mezonlar ham inobatga olinadi.
Ahamiyatlisi bu yil mamlakatimiz qöşni davlatlar orasida yetakçilikni qölga kiritdi. (Maʼlumot uçun, ötgan yili Qozoğiston mazkur pozitsiyada edi). Umumiy röyxatda Özbekiston 163 mamlakat orasida 37-örinda, bu ötgan yilgidan 10 poğona yuqori körsatkiç.
Şuningdek, reytingda birinçi örinda Islandiya, eng quyi örinda esa Rossiya turibdi.