Mamlakatimiz böylab 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nişonlandi. Soha jonkuyarlari, faxriylar va faol ijodkorlarga yuksak ehtirom körsatiş maqsadida vazirlik, idora va taşkilotlarda, oliy taʼlim muassasalarida bayram tadbirlari, taqdirlaş marosimlari taşkil etildi. Şunday tadbirlardan biri Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kötarinki ruhda bölib ötdi.

Tantanali marosimda jurnalistika sohasining yetakçi mutaxassislari, professor-öqituvçilar hamda keng jamoatçilik vakillari jam bölişdi. Tadbirni universitet rektori, professor Şerzodxon Qudratxöja kiriş sözi bilan oçib, yiğilganlarni qutluğ ayyom bilan tabrikladi. Ahamiyatlisi, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari, ustoz jurnalist va publitsist Şarof Ubaydullayev ham milliy matbuotimiz rivojiga qöşgan ulkan hissasi, köp yillik sermahsul va maşaqqatli ijodiy faoliyati uçun universitetning “Faxriy professori” unvoni bilan taqdirlandi.

Milliy jurnalistikamizda öz maktabini yaratgan ustoz ijodkorga uşbu yuksak unvon va tegişli diplom tantanali ravişda topşirildi. Bayram tadbiri doirasida, şuningdek, soha rivojida alohida örin tutgan bir qator taniqli ijodkorlar — Anvar Avazxöjayev, Muhtarama Uluğova, Xayrulla Nuriddinov, Madamin Safarovlarga ham “ÖzJOKUning faxriy professori” unvonlari topşirildi.

Bundan taşqari, yaqinda ilmiy daraja va unvonlarga sazovor bölgan hamda xalqaro “Scopus” ilmiy maʼlumotlar bazasidagi nufuzli naşrlarda maqolalari çop etilgan bir guruh professor-öqituvçilar ham alohida eʼtirof etilib, rağbatlantirildi. Tantanali marosimda sözga çiqqan soha faxriylari va mehmonlar barça hamkasblarini kasb bayrami bilan samimiy qutlab, bugungi özbek jurnalistikasining jamiyat hayotidagi örni va masʼuliyati haqida qimmatli fikrlarini bildirdilar.

Bir söz bilan aytganda, uşbu tadbir soha fidoyilariga körsatilayotgan yuksak eʼtibor va eʼtirofning yana bir yorqin namunasi böldi.

Bahodir VALIYEV.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan