Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi vasiylik kengaşining aʼzosi, “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” Respublika “Mehr va muruvvat” jamoat fondi raisi, taniqli davlat va jamoat arbobi, professor Aziz Oppoqoviç Törayev tabarruk 90 yoşini qarşilamoqda.
Mehnat faoliyatini 1956 yildan Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi maktablardan birida öqituvçilikdan boşlagan Aziz Oppoqoviç Törayev yigirma yildan köproq vaqt davomida Sirdaryo viloyatida davlat va jamoat taşkilotlarida turli lavozimlarda, jumladan, Boyovut tumanida komsomol komitetining birinçi kotibi, Sirdaryo viloyati komsomol komiteti kotibi, Sirdaryo viloyati partiya komitetida bölim mudiri, Guliston şahar partiya komitetining birinçi kotibi lavozimlarida faoliyat yuritgan. U özining 20 yillik mehnat faoliyati davomida Sirdaryo viloyatining tiklanişi va rivojlanişiga munosib hissasini qöşgan.
Şundan söng Özbekiston Kompartiyasi MK madaniyat bölimini boşqargan. Söngra Kinematografiya davlat qömitasi raisi, uzoq yillar Abdulla Qodiriy nomidagi Toşkent davlat Madaniyat instituti rektori bölib işlagan.
Aziz Törayev 9-11 çaqiriq Özbekiston Oliy Soveti deputati, Özbekiston Markaziy Komiteti byuro aʼzosi etib saylangan. “Döstlik”, “Xalqlar döstligi”, “Hurmat belgisi” ordenlari, “Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.
Aziz Oppoqoviç özining mehnat faoliyati davomida respublikamizning Birinçi rahbarlari — Usmon Yusupov hamda Şarof Raşidovlarning nazariga tuşib, ustozlarning mehri va işonçini qozongan, ular bilan yelkama-yelka işlab, katta hayotiy va boy tajriba orttirgan. Ayni paytda özi ham köplab şogirdlarning mehribon ustozi sifatida öziga xos madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maktabini yaratgan taniqli davlat, jamoat arboblaridan biridir.
Aziz Törayev respublikamizni qariyb çorak asr boşqargan benazir davlat arbobi, taniqli yozuvçi Şarof Raşidovning hayoti, faoliyatiga oid bir-biridan qiziqarli va mazmunli, real voqealar va faktlarga asoslangan köplab maqolalari, “Biz bilgan va bilmagan hazrati inson”, “Şarof Raşidov siyratiga çizgilar” kabi köplab asarlari bilan yoşlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga munosib hissa qöşib kelmoqda. Mazkur kitoblarda atoqli davlat arbobi va yozuvçi Ş.Raşidov şaxsiyatining öziga xos benazir qirralari xolislik mezonlari asosida talqin qilingan bölib, kitobxonlar tomonidan katta qiziqiş bilan kutib olingan.
Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi Vasiylik kengaşining aʼzosi, taniqli olim, davlat va jamoat arbobi Aziz Oppoqiç Törayevni tabarruk 90 yoşlari bilan çin dildan qutlaymiz.
Ustoz hayotidan uç lavha
Bizning maslahatgöyimiz…
…Garçi, Ustozni uzoq yillardan beri bilsam-da, öşa kuni meni yöqlaganlari öylantirib qöydi: “Ubaydullayev menga qönğiroq qilsin!” debdilar Markazqömning Madaniyat bölimi mudiri Aziz Oppoqoviç Törayev men oddiy bölim mudiri bölib işlab turgan “Sovet Özbekistoni” gazetasi boş muharriri Maqsud Qoriyevga qönğiroq qilib.
Darhol meni öz huzuriga çaqirgan boş muharrir ajablanganini yaşirmay, qöli bilan yuqoriga işora qilarkan, qatʼiy söradi: “Nima gap?”. Yelka qisib, heç nimadan xabarim yöqligini aytdim va “Qönğiroq qilib, natijasini menga aytgin!” degan topşiriqni oldim. Aziz Oppoqoviçning qabulxona telefon raqamini Boş muharrirdan oldim-da, öz xonamga kira solib, ustozga qönğiroq qildim. Qabulxonadagilar xabardor ekanligidan yana hayratga tuşdim, ustoz telefon göşagini kötardilar: “Şarofjon, 2-3 kun uyoq-buyoqqa ketmay turgin! — dedilar qatʼiy ohangda. Sen bilan Şarof Raşidoviç qiziqayaptilar! Buni heç kim bilmasin!”
Oradan yarim soat ötar-ötmas, Ustozdan yana qönğiroq böldi: “Tezda Markazqömga yetib kel, 11-podʼyezdda senga “propusk” yozilgan!”
…Voqea tafsiloti qisqaça şunday: Şarof Raşidov odatlariga köra, tongi soat tört yarim- beşda uyğonib, yarim soatlik sayrdan keyin, dala hovlidagi “besedka”ga qönib, yangi gazetalarni varaqlay boşlar ekanlar. Uç öram gazeta — birinçisida öşa davrning markaziy gazetalari — “Pravda”, “Izvestiya”, “Selskaya jizn”, “Sotsialistiçeskaya industriya” va hokazo! 2-öramda respublika partiya gazetalari — “Sovet Özbekistoni”, “Pravda Vostoka”, “Qişloq haqiqati”, “Lenin bayroği”… 3-öramda — boşqa barça tarmoq matbuoti jamlangan bölib, Şarof Raşidoviç dastlab “Pravda”ga köz yugurtirib çiqar va keyin özlari 1947-1949 yillar boş muharrir bölib işlagan “Qizil Özbekiston” gazetasining vorisi bölgan “Sovet Özbekistoni”ni sinçiklab köra boşlar ekanlar. Daʼfatan öşa kuni gazetada bosilgan “Bir töy fojeasi” nomli felyetonga közlari tuşadi!
Felyetonda Buxoro viloyatining Kogon rayoni markazidagi 1-sonli maktab direktorining uyida ötgan va rayon xalq taʼlimi mudiri raislik qilgan, OBLONO mudiri nutq sözlagan töyda stollarni töldirgan aroqning kasofati tufayli şirakayflar örtasida janjal çiqib, 15 kişi qamalgan, qançadir begunoh ayol beva, 30-40 nafar bola otasiz, tirik yetim qolgani, açinarlisi, şunday kasofatli töy maktab direktori, xalq taʼlimi rahbarlarining köz öngida, maʼlum maʼnoda, ularning olqişlari, maqtovlari va otaşin nutqlari ostida ötganligi tasvirlangan edi! “Bu fojea, — deb yakuniy xulosa çiqarilgan edi felyetonda, — iç-içidan çirib bitgan xalq taʼlimining fojeasidir!”..
Bu haqda tong mahali Markazqömning Madaniyat bölimi mudiriga xabar berar ekan, Şarof Raşidov açiniş bilan taʼkidlaydi: “Felyetonni Markazqöm byurosiga tayyorlang, töylarimiz birgina Buxoroda emas, hamma joyda izdan çiqib ketdi! Byuro qarorida barça partiya taşkilotlarida muhokama qilişni tavsiya etamiz! Uşbu byuroga felyeton muallifi Ubaydullayevning özini ham taklif qiling!”
Mening familiyamni eşitgan Aziz Oppoqoviç: “E, u mirzaçöllik bola, mening ukam böladi, Şarof Raşidoviç!” — desalar, Şarof Raşidov maʼnodor qilib, “Şunday felyetonçi ukalaringizni bizga ham taniştirib qöying, Azizjon!”— debdilar. Ana şu bir oğiz söz mening hayotimni tubdan özgartirib yubordi va ertasiga mening mirzaçöllik emas, (Mirzaçölda yaşagan, işlagan bölsam-da, aslida Jizzax tumanida tuğilganim anketaga tuşgani bois, yana bir kutilmagan iş böldi. Anketaga közi tuşgan Şarof Raşidoviç “E, siz jizzaxlikmisiz, unda sizga boşqa iş beramiz, Markazqömda barça jizzaxliklar uçun men bir özim işlayman!” — deb qoldilar. Tavsiya qilingan bir qança yuqori vazifalarni rad etganligimni körib, ajablandilar va mening zorillab: “Men gazetaçiman, Şarof Raşidoviç, meni gazetada, öz örnimda işlaşimga ruxsat bering!” — deganim sobiq boş muharrirga taʼsir qildimi, ayrim savol-javoblardan keyin, öşa kuni men Aziz Törayev boşqarib turgan Madaniyat bölimida emas, suhbatimizda mutlaqo iştirok etmagan Mirzağani Iskandarov (joylari jannatdan bölsin) boşliq Ideologiya bölimining Matbuot şöbasida iş boşlaşimga töğri keldi.
Öşa voqedan buyon yarim asr ötibdiki, qayerda va qaçon qaysi bölimda işlaşimga, keyinçalik qaysi matbuotda faoliyat yuritganimga qaramay, bugun ön yilga yaqin “Nuroniy” jamğarmasi tizimidagi har bir qadamimda Aziz Oppoqoviçday maslahatgöyim borligidan çeksiz mamnunman!
Usmon otaning suyukli şogirdi
Aziz Oppoqoviç 1956 yilda Toşkentda bilim yurtini bitirib, Usmon Yusupov direktorlik qilayotgan Boyovut rayonidagi 4-sovxozga öqituvçi bölib işga keladi va tez orada közga taşlanib, sovxoz komsomol taşkilotiga boşçilik qila boşlaydi. Öşa davrning taqazosiga köra, komsomol yetakçisi gazeta-jurnallarni tarqatişga ham masʼul edi. Velosipedda tuproq çangitib, u köçadan bu köçaga ğizillab yurgan komsomol yetakçisi sovxoz idorasi oldida töxtaganda, issiqdan bazör entikib nafas olayotgan Usmon ota idora oldidagi örindiqda ötirgan edi.
Komsomol yigitçaning ğayratini körgan Usmon ota uning salomiga alik olar ekan: “Mototsikl hayday olasanmi, öğlim?” — deb söraydi. Velosipedda yurişning azob-uqubati joniga tekkan yigit boş irğaydi. Öşa kuni Usmon ota Toşkentning Jarqörğon köçasida joylaşgan Markaziy baza direktori nomiga: “Şu xatni eltgan Törayev Azizga sovxoz hisobidan lyulkali mototsikl berişingizni sörayman” — degan mazmunda xat yozib beradi.
Baza direktori komsomol yigitçani qahramonday kutib oladi va yangi mototsikl rulini tutqazayotganida uning mototsikl haydamaganini bilib qoladi, lekin Usmon otaning komsomol öğlini quruq qaytarib yuborişga haddi siğmaydi. Yigitni kuzatib qöyişni tajribali haydovçiga topşiradi. U Yangiyöl yölining boşlanişi — Özgariş bekatiga qadar kuzatib qöyadi va bitta tezlikda haydab ketişi mumkinligini örgatadi. Umrida mototsikl haydab körmagan komsomol yigitça Özgarişdan to Boyovutga qadar, bitta tezlikda, qora şomda Boyovutga kirib keladi!
Usmon otaning duosini olgan serğayrat yigit Boyovutda baxtini topadi. Aziz Törayev va Zinaida Ivanovnaning komsomol töyini Usmon ota boş bölib ötkazib beradilar va yoşlarga çölda qurilgan loysuvoqli dastlabki kottejlardan birining kalitini tutqazadilar. Şundan buyon oradan salkam yetmiş yil ötdi, Aziz Oppoqoviç Usmon otaning oq fotihasi bilan rayon, söngra Sirdaryo oblast komsomol qömitasiga boşçilik qildi va 60-yillarda avval oblast partiya qömitasida bölim mudiri, söngra oblast markazi — Guliston şahar partiya qömitasiga boş böldi.
Ijodkorlar himoyaçisi
… Ustoz, balki kamtarlik yuzasidandir, bir voqeani sir saqlab, heç bir joyda körsatmaydilar. Sirdaryo viloyati partiya qömitasining Şarof Raşidov qatnaşayotgan yiğilişida Aziz Törayev sözga çiqib, yoş ijodkorlar taqdiri haqida gapirib: “Mirzaçöl — ijodkorlar yurti, lekin ularga partiyaviy ğamxörlik kerak, masalan, ustoz Zulfiyaning yordami bilan boyovutlik 7-sinf öquvçisi Halima Xudoyberdiyevani bugun butun respublika taniydi!” — deydi. Uning bu gapini yiğiliş qatnaşçilari gulduros qarsaklar bilan olqişlaşadi. Şarof Raşidov unga maʼnoli qarab qöyadilar va şu voqeaning ertasi kuni Aziz Oppoqoviç Törayev Markazqömga, Şarof Raşidov huzuriga çaqirilib, Markazqömning Madaniyat bölimiga mudir etib tayinlanadi. Uning yelkasiga butun respublika ijodkorlari bilan işlaş vazifasi yuklanadi.
Öşa yillarda, ayniqsa, “Özbegim” va “Özbekiston — Vatanim manim” kabi çuqur milliylik ruhi bilan suğorilgan şeʼrlari uçun Markaz tomonidan qattiq nazorat iskanjasiga olingan hassos şoirlar Erkin Vohidov va Abdulla Oripovlarni asrab-avaylaş uçun alohida ğamxörlik körsatiş boşlanadi. Ular sobiq Ittifoqning hur fikrli buyuk şoirlari Rasul Hamzatov, Qaysin Quliyevlar bilan şaxsan taniştiriladi. Erkin Vohidov va Abdulla Oripovning kitoblari rus tilida çop etilib, sobiq Ittifoq böylab tarqatiladi. Şu maqsadda ayrim naşriyot direktorlari nomiga Şarof Raşidov imzosi bilan xatlar bitiladi. Erkin Vohidov va Abdulla Oripovni jamoat işlariga tortiş uçun, birlari yangidan taşkil topgan “Yoşlik”, ikkinçilari ommabop “Gulxan” jurnallariga Boş muharrir qilib tayinlanadi. Öşa tahlikali kunlarni eslab, Abdulla Oripov: “Şarof Raşidov öşa oğir kunlarda meni tişining kavagida saqlagan edi!” — deb yozgan edi.
Har qança tahlikali bölmasin, Politbyuro va uning “Seriy kardinal” nomi bilan Ittifoqqa dahşat solgan Suslov quturgan zamonlarda ham, avvalo, Şarof Raşidov, qolaversa, Aziz Törayevning saʼy-harakatlari bilan yurtimizdagi bironta ijodkorning boşidagi bir tola soçiga ziyon yetmagani — ayni haqiqatdir.
Ustozning buyuk ustozlari — Usmon Yusupov va Şarof Raşidov köksiga malomat toşlari otilgan, boşlarida yonğoq çaqilgan yillarda kimlar egilmadi, kimlar sinmadi, deysiz! Ustoz Asil Raşidov özining “Akam haqida” (1992 y.) nomli kitobida “singan va sinmagan”larni birma-bir sanagan edi va biz bu nomlarni takrorlab ötirmaymiz. Lekin sinmaganlar röyxatida, bugun muborak 90 yoşini yoruğ yuz bilan qarşilayotgan ustozimiz Aziz Oppoqoviç Törayevning nomlari birinçi qatorda turibdi…
Tabarruk Ustozimizning hayotidan uç lavhasinigina yodga oldik, xolos. Bunday lavhalar ming-minglab, ular haqida ham yozib, kelajak avlodlarga meros qilib qoldiriş — biz, şogirdlarning muqaddas burçimizdir.
Şarof Ubaydullayev,
“Nuroniy” jamğarmasi
respublika Boşqaruvi raisining 1-örinbosari,
faxriy jurnalist.
