Turkiyalik davlat va jamoat arbobi, mamlakatning sobiq Boş vaziri va parlament spikeri, ayni vaqtda Turkiy davlatlar taşkiloti Oqsoqollar kengaşi raisi Binali Yildirim Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoşlarimizga özining samimiy tabriK va ezgu tilaklarini yölladi:
— Yaqin kunlarda qardoş Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi keng nişonlanadi. Biz, 86 millionlik turkiyaliklar uşbu quvonçli kunlarda Sizning quvonçingizga şerikmiz. Şu fursatdan foydalanib, turk millatining özbek birodarlariga salomi va samimiy mehr-muhabbatini yöllaymiz.
Turkiy davlatlar taşkilotining muhim aʼzosi bölgan Özbekiston sönggi yillarda ulkan taraqqiyotga erişdi. Har safar Turkiy davlatlar Oqsoqollar kengaşi raisi sifatida bu diyorga borganimda, tamomila yangi va özgaça Özbekistonni köraman.
Toşkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qöqon, Andijon, Namangan, umuman, barça hududlarda rivojlaniş, beqiyos taraqqiyot közga taşlanadi.
Özbekiston aholi soni jihatidan Turkiy davlatlar taşkilotiga aʼzo davlatlar orasida Turkiyadan keyingi eng yirik mamlakatdir. Yana bir muhim jihatni taʼkidlaş lozim: yoşlar uluşi va yoş aholi salohiyati jihatidan Özbekiston turkiy dunyoda yetakçi. Inson bu — resurs. Yoşlar esa kelajak demakdir.
Prezident Şavkat Mirziyoyev faqat iqtisodiy taraqqiyot bilan çeklanib qolayotgani yöq. Ayni paytda u turkiy xalqlarning qadimgi tarixidan bugungi kungaça bölgan sivilizatsion taraqqiyotini yoş avlodga taqdim etadigan muhim va ulkan markazlarning tamal toşini qöymoqda.
Buxorodagi bunyodkorlik işlari, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasining yangi qiyofasi, Xiva şahrining yangidan obod qilinişigaça bölgan jarayonlarda turk-islom tamaddunining buyuk qadriyatlari qayta namoyon bölmoqda. Ayniqsa, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi dunyoda öxşaşi yöq beqiyos inşootdir.
Joriy yil iyun oyida Namangandagi xalqaro maqom festivali va Andijonda ötkazilgan “Turkiy dunyoning madaniy poytaxti — 2026” tadbirlarida iştirok etdim. Har borganimda bir yangilikka guvoh bölaman. Sönggi taşrifimda Farğona vodiysidagi özgarişlarni körib, quvondim.
Namanganda Prezidentning nutqini eşitib, sanʼatga, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni tiklaşga bölgan ulkan saʼy-harakatlarga yana bir bor guvoh böldim.
Men Turkiyada ötkaziladigan uçraşuv va tadbirlarda doim Özbekistonni tarğib qilaman. Barçaga “Ota yurt — Özbekistonni borib köring!” deyman. Yoşlarimiz Toşkent, Samarqand, Buxoro, Farğona, Namangan, Andijonga borişi, ularning boy tarixi va qadriyatlarini öz közlari bilan körişi kerak.
Ayniqsa, Prezident taşabbusi bilan bunyod etilgan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini har bir turkiy yigit-qiz, albatta, körişi zarur. Bu muazzam dargohda turkiylarning Islomdan avvalgi va muqaddas dinimiz qabul qilinganidan keyingi tarixi muhtaşam tarzda namoyiş etilgan. Zamonaviy texnologiyalar öz örnida va ustalik bilan qöllanilgan. Özbekistonga bormasdan turib turkiy dunyoni, uning tarixi va kelajagini anglaş mumkin emas.
Doimo yoşi uluğlar va nuroniylarga bölgan hurmat-eʼtiborni Özbekistondan örganişimiz kerakligini taʼkidlayman va tarğib qilaman. Bu yurt qadim turkiy anʼana bölgan mahalla va oqsoqollar institutini asrab qolgan, keyingi avlodlarga yetkaza olayotgan qadrli mamlakatdir.
Şu munosabat bilan Turkiya fuqarosi sifatida, Turkiy davlatlar Oqsoqollar kengaşi raisi ölaroq, muhtaram Prezident Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga öz minnatdorligimni bildiraman va çuqur ehtiromimni izhor etaman. U kişining Özbekiston ravnaqi, taraqqiyoti va xalq farovonligini taʼminlaş yölidagi saʼy-harakatlari, turkiy davlatlarga körsatayotgan birodarligidan juda mamnunmiz.
Inşoolloh, biz qölni-qölga berib, yelkama-yelka turib, kelajak avlodlar uçun dunyodagi eng muhim va nufuzli hamjamiyatlardan biri sifatida birgalikda harakat qilişda davom etamiz.
Özbekiston xalqi va Prezidentini Mustaqillikning 35 yilligi bilan yana bir bor qutlayman.
Mustaqilligingiz abadiy bölsin! Mamlakatdagi tinçlik va farovonlikka köz tegmasin.
Yana köp yillar muvaffaqiyat va taraqqiyot sari birgalikda odimlaşda Yaratgan Parvardigor barçamizni qöllasin.
“Dunyo” AA
Anqara şahri.