Yurtimizda nuroniylarning ijtimoiy faolligini qöllab-quvvatlaş, ularga ğamxörlik körsatiş, yuksak hayotiy tajribalaridan yoş avlod kamoli, xalq farovonligini oşirişda oqilona foydalaniş bilan boğliq tizimli işlarni amalga oşirişda Qoraqalpoğiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan nuroniylarning ham alohida hissasi bor. Xususan, Taxiatoş tumanida amalga oşirilayotgan tadbirlarda ham keksa avlod vakillari özlarining taşabbuskorligi, faolligi bilan barçaga örnak bölib kelişmoqda.
Taxiatoş tumanida ayni paytda 77 ming nafar aholi istiqomat qilayotgan bölsa, ulardan 7000 dan ortiğini faxriy nuroniylar taşkil etadi. “Nuroniy” jamğarmasi Taxiatoş tumani bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 167-sonli, 2023 yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 92-sonli qarorlari va yana qator hujjatlar ijrosini taʼminlaş yuzasidan köplab taşabbuslar amalga tatbiq etilmoqda.
Joriy yilning 6 oyi davomida olib borilayotgan ezgu taşabbuslar doirasida “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturining 1-bosqiçida 14 mahalladan 42 nafar faol nuroniyga kambağallik reyestrida turuvçi 210 nafar kambağal oila biriktirilgan edi. Faol nuroniylar özlariga biriktirilgan oilalarga tomorqadan samarali foydalaniş, daromadli ekin turlarini ekib, parvarişlaş, ehtiyojmand oila farzandlarini qöllab-quvvatlaş, ularning qiziqişlaridan kelib çiqib, mahallalardagi hunarmand va ustalarga şogirdlikka biriktiriş, şuningdek, uşbu oilalarning taʼlim muassasalarida öqiyotgan farzandlarini öquv jihozlari, qurollari hamda sport kiyimlari bilan taʼminlaş borasida amaliy yordamlar körsatib kelmoqdalar.
Uşbu amaliy saʼy-harakatlar natijasida 210 ta oiladan
170 tasi kambağallik reyestridan çiqarildi. 2-bosqiçda ham 42 nafar faol nuroniyga 210 nafar kambağal oila biriktirilib, 5 oy davomida 58 foiz oila kambağallik reyestridan çiqarildi. Masalan, “Aydin jol” MFYdan faol nuroniylarga biriktirilgan Jalilova Oğulşeker, Bekimbetova Bibajar, Tajidinov Xamidullalarning oilasi uçun tegişli taşkilot va korxonalar homiyligida yangi uy qurib berildi. Öquvçi farzandlari “Nuroniy” jamğarmasi tomonidan stol-stul hamda sport kiyimlari bilan taʼminlandi. Hozirgi kunda 3-bosqiç işlari davom ettirilyapti.
“Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” loyihasi asosida joriy yilning yanvar oyida tumandagi 14 ta mahalladan 17 nafar faol nuroniyga 170 nafar yoş biriktirib berilgan. Ular ayni yönalişda uyuşmagan, tarbiyasi oğir, maʼnaviy kömakka muhtoj yoşlar bilan yaqindan işlab, mahallalarda jinoyatçilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini oliş, ajrim yoqasida turgan yoş oilalar örtasida özaro hamjihatlikni taʼminlaş, mamlakatimizda olib borilayotgan keng kölamli islohotlarning mazmun-mohiyatini tuşuntiriş yuzasidan taʼsirçan çoralarni qöllamoqdalar. Tarğibot-taşviqot işlarini kuçaytirilgan tartibda olib bormoqdalar.
Nuroniylarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam şuğullanişga jalb etiş, keksa avlod vakillarining soğliğini mustahkamlaş, har tomonlama jismoniy faolligini oşiriş, mahallalarda soğlom turmuş tarzini keng tarğib qilişda “Ğayratli keksalar” şiori ostidagi sport musobaqalari özgaça ahamiyat kasb etmoqda. Uşbu musobaqalarda 14 ta mahalladan 143 nafar nuroniy iştirok etib, sportning 4 ta turi — şaxmat, şaşka, mini-futbol, milliy kuraş böyiça faol iştirok etgan nuroniylar içidan ğolib va sovrindorlar aniqlanib, ular taşkilotçilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.
Yuqoridagilar bilan birga, tumanda “Uç avlod uçraşuvlari”, “Qöşa qariş saodati”, “Faxriylar — faxrimiz”, “Yuz bilan yuzlaşganlar” va yana qator loyihalar asosida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taşkillaştirilib, ularda keksa, örta va yoş avlod vakillarining faol iştiroki taʼminlanmoqda.
Bölim öz faoliyatida mehr-eʼtiborga muhtoj keksalarga, yuz yoş bilan yuzlaşgan, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va frontorti mehnat faxriylarining holidan xabar olişga asosiy masalalardan biri sifatida eʼtibor qaratadi. Jumladan, bir guruh mutasaddilar “Keneges” ovul fuqarolar yiğinida istiqomat qilib, 100 yoşni qarşi olayotgan, front ortida mardonavor xizmat qilgan nuroniy otaxon Tajimurat Allayarov xonadoniga bordilar.
— Yurtimizning taraqqiy topişiga özining ulkan hissasini qöşgan nuroniylarimizni har qança qadrlasak, şunça kam, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Taxiatoş tumani bölimi raisi Aminbay Ersaidov. — Şu maʼnoda, aytiş kerakki, Tajimurat ota Allayarovning qişloq xöjaligi sohasini rivojlantiriş, xalqimiz dasturxonining tökin-soçinligini taʼminlaş yölidagi jonkuyar, fidoyi va olijanob mehnatlari tahsinu eʼtirofga sazovor. Bunday insonlarning xalq manfaatlarini taʼminlaş yölidagi jonbozliklari aslo unutilmaydi.
Uçraşuv yakunida otaxonga mutasaddi taşkilotlarning sovğalari topşirildi.
Darhaqiqat, hayotiy tajribaga ega, turmuş taşvişlarida sinalgan, köpni körgan keksalarning pand-nasihatlari yoş avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Inson farzandining barkamol şaxs sifatida kamol topişi, jamiyatda munosib örin egallaşi, xalqi hamda Vatani uçun kerakli inson bölib ulğayişida nuroniylarning yordami va maslahatlari heç qaçon öz qimmatini yöqotmaydi. Şunday ekan, Taxiatoş tumanida ham nuroniylarning ijtimoiy faolligini oşirişdagi taşabbuslar bardavom bölib qolaveradi.
Nodira Atiyazova,
“Nuroniy” jamğarmasi Taxiatoş tumani bölimi mutaxassisi.