Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida keksa faxriylarni qöllab-quvvatlaş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş, ijtimoiy himoya qiliş yuzasidan qator amaliy işlar taşkil etib kelinmoqda.

Tumandagi “Nuroniylar maskani”da, ötkazilgan davra suhbatini ana şunday taşabbuslardan biri, deyiş mumkin. Tadbir davomida tumanda nuroniylar faoliyati bilan boğliq barça ezgu saʼy-harakatlarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi, 2023 yilda 11 mart kunidagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi, 2024 yil 25 noyabrdagi “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlari va yana qator hujjatlarning dasturilamal bölib kelayotganligi alohida qayd etib ötildi.

Öz navbatida, yuqoridagi qarorlarda keltirilgan vazifalar, ularni yuqori talabçanlik bilan ijro etiş, yoş avlod kamoloti, xalqimiz farovonligini taʼminlaş yölida kamarbasta böliş lozimligi eslatilib, faol nuroniylarga zarur körsatma va tavsiyalar berildi.

Şu bilan birga, tadbir doirasida bir piyola çoy ustida suhbat taşkil etilib,  tumanda uzoq yillar davomida turli  sohalarda mehnat qilgan  keksa avlod vakili —   Boborajab Malikovga 85 yoşlik yubiley munosabati bilan hurmat-ehtirom körsatildi.

Salom Qosimov,

“Nuroniy” jamğarmasi Sariosiyo tumani bölimi raisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan