Ötbosar Abdiyev,

“Nuroniy” jamğarmasi

Sirdaryo viloyati bölimi raisi.

Keksalarini eʼzozlagan, ularning tajribalari va maslahatlariga suyangan el aslo kam bölmaydi. Çunki ular, çinakam maʼnoda, hayot atalmiş ilmning aʼloçilari-yu donişmandlaridir.

Şuning uçun ham bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbari  taşabbusi bilan nuroniylarning ijtimoiy faolligini oşiriş, ularni qöllab-quvvatlaş, salomatliklarini muhofaza qilişga birinçi galdagi vazifa sifatida qaralmoqda. Bunga javoban faol nuroniy otaxonu onaxonlar yurtimizdagi islohotlarni jadallaştiriş, samaradorligini taʼminlaş, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga özlarining munosib hissalarini qöşmoqdalar. Ayni paytda “Nuroniy” jamğarmasining Sirdaryo viloyati bölimida  ham bu borada qator taşabbuslar ilgari surilib,  nuroniy otaxonu onaxonlarning ijtimoiy faolligini taʼminlanmoqda. Bu jarayonda albatta, viloyat hokimligi, davlat va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan işlar yuksak samaradorlikka ega bölmoqda.

Viloyatning 11 ta tuman va şaharida jami 221 ta mahalla fuqarolar yiğini mavjud bölib, uşbu mahallalarda 81346 nafar nuroniy istiqomat qiladi. Şundan 33030 nafarini erkaklar, 48316 nafarini ayollar taşkil etadi. Ayni paytda viloyatda 74 nafar uruşorti mehnat faxriylari umrguzaronlik qilayotgan bölsa, 17 nafar  100 yoşdan oşgan piru badavlat otaxon va onaxonlar bor. Ularning har biri özlari yaşab turgan mahallalarning piru badavlatlari, maslahatgöylaridir.

Hammamizga maʼlumki, yoşi ulğaygani sari insonlar mehr va eʼtiborni yanada köproq qadrlaydigan bölib qolişadi. Ötgan yili viloyatimizda nuroniylarimizdan 30947 nafariga turli ijtimoiy yordamlar körsatilib, 17285 nafari bepul tibbiy körikdan ötkazildi, 8126 nafari  dori-darmon, 1016 nafari  reabilitatsiya vositalari, 2084 nafari  oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlandi.  691 nafar nuroniy  soğlomlaştiriş oromgohlariga yuborildi.

Bunday eʼzoz va ğamxörlik tufayli nuroniylarimiz qalbi şukronalikka tölmoqda. El-yurtimizga tinçlik, xalqimizga omonlik va farovonlik sörab duolar qilişmoqda va mahallalarda hamjihatlik, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxşilaş yölida kuç-ğayratga tölib, yangi taşabbuslarni ilgari surişmoqda. Prezidentimizning 2023 yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi  92-sonli Qarorida belgilangan vazifalar yuzasidan olib borilayotgan tizimli işlarda faol iştirok etişmoqda. Jumladan, ötgan yili “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyiliga muvofiq, 329 nafar nuroniy 2835 nafar uyuşmagan va muammoli yoşga biriktirilib,  yil davomida olib borilgan amaliy  işlar natijasida 540  nafar yoşning bandligi taʼminlandi, 834  nafari kasb-hunarga yönaltirildi. Nuroniylarning saʼy-harakatlari bilan muammoli toifadan çiqarilgan yoşlar soni 2653 nafarga yetdi. Mirzaobod tumanidagi “Dehqonobod” mahallasi “Keksalar maslahati” guruhi rahbari Jumaboy Qosimov “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tanlovining viloyat bosqiçida 1-örinni qölga kiritib, bellaşuvning respublika bosqiçida “Eng talabçan nuroniy” nominatsiyasi ğolibi böldi.

“Nuroniy — har bir oilaga masʼul” loyihasi böyiça 221 ta mahalladagi 358 ta muammoli oilaga 393 nafar faol nuroniy biriktirilib, ular tomonidan muntazam olib borilgan amaliy saʼy-harakatlar natijasida 358 ta oiladan 310 tasi muammoli oilalar toifasidan çiqarildi.

Faxriy nuroniylar, örta avlod vakillari hamda yoşlar iştirokida ötayotgan  “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlari, çin maʼnoda, farzandlarimiz uçun katta hayot saboqlariga aylanmoqda. Aholi va nuroniylarni ommaviy sportga keng jalb qiliş maqsadida şaxmat- şaşka, mini-futbol, kuraş va tennis turlari böyiça ötkazilgan “Ğayratli keksalar” sport musobaqalari, “Salomatlik uçun 5000 qadam” loyihasi doirasidagi tadbirlar keksalarimiz uçun ğayrat va şijoat bayramiga, yoşlarimiz uçun esa ibrat maktabiga aylanmoqda.

Mamlakatimizda “Kambağallikdan — farovonlik sari” tamoyili asosida olib borilayotgan tizimli işlarda ham sirdaryolik faol nuroniylar munosib iştirok etişmoqda. Ötgan  yilning 1-yarmida   239 ta mahalladan jami 710 nafar nuroniyga 3291 nafar kambağal oila, 2-yarmida esa 221 ta mahalladan 635 nafar nuroniyga  3085 nafar oila biriktirilgan edi.  Amaliy işlar natijasi quvonarli böldi. 1-bosqiçda 2760 ta oila, 2-bosqiçda 2509 ta oila kambağallik reyestridan  çiqarildi.

Şuningdek, nuroniylarimiz har yili oktyabr va noyabr oylarini orziqib kutişadi. Çunki “Keksalar haftaligi” va “Keksalar uçun turizm oyligi” doirasidagi tadbirlarda ular eʼzoz va ardoqni har doimgidan ham köproq his etişadi. Ötgan yili “Keksalar uçun turizm oyligi” davomida 39709 nafar nuroniy iştirokida  mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari, ziyoratgohlar, muzeylar, teatrlar va  sölim göşalarga sayohat va ziyorat tadbirlari uyuştirildi.  Bunday tadbirlar, albatta, keksalar uçun yangi kuç-ğayrat berişi şubhsiz.

Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 iyuldagi 3133-sonli Qaroriga asosan, viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga öz hissasini qöşgan turli soha vakillarining “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlanayotgani ham nuroniylarimiz uçun katta rağbat bölmoqda. Ötgan yili viloyatimiz ibratli, namunali keksalaridan  41 nafari, şundan 23 nafari 1-darajali, 13 nafari 2-darajali,  5 nafari 3-darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari bilan taqdirlandi va Guliston şahridagi “Zomin” töyxonasida taşkil qilingan tantanali marosimda faxriylarimizga uşbu mukofotlar topşirildi.

Albatta, yuqorida qayd etib ötilgan körsatkiç va natijalar yurtimizda olib borilayotgan oqilona islohot va yangilanişlarning amaldagi yaqqol ifodasidir. Bu jarayonda taşabbuskor  bölib maydonga çiqayotgan faol nuroniylarimiz 2026 yilda ham mahallalar obodligi, yoşlar tarbiyasi va oilalarning ahilligi va totuvligi borasida muhtaram Yurtboşimizning nuroniylarga bölgan yuksak işonçini oqlaş yölida astoydil mehnat qilişmoqda. “Nuroniy” jamğarmasining Sirdaryo viloyati bölimi ham  joriy yil uçun işlab çiqilgan alohida dastur va rejalar asosida belgilangan vazifalarni tölaqonli ado etişda viloyat hokimligi, taşkilot va idoralar, muassasalar bilan izçil hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda.

Işonç bilan aytiş mumkinki, sirdaryolik nuroniylar bundan keyin ham el-yurt, xalq manfaatlari yölida bor kuç-imkoniyatlarini safarbar qilib, ezgu maqsad yölida bardavom böladilar.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan