Bugungi şiddatli islohotlar davrida barça hududlar kabi Surxondaryo viloyatining  Uzun tumani nuroniylari ham faollik körsatib kelmoqdalar. Hozirda tumanimizda 178000 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Keyingi yillarda iqtisodiyot ança rivojlanib, fuqarolarimiz boqimandalikdan xalos bölib, hududlarda hunarmandçilik, tadbirkorlik keng quloç yoymoqda.

Tumanda 2681 nafar kambağal oila röyxatga olingan bölib, faol nuroniylarga 5 tadan kambağal oila biriktirilgan. Tajribali nuroniylarimiz öz maslahatlari, amaliy yordamlari bilan ularni kambağallikdan çiqarişga kömaklaşib kelmoqdalar. Samarali foydalanilmayotgan yerlarda kökat yetiştirişning yölga qöyilayotganligi, uzum, mevali daraxtlardan olingan hosilning dehqon bozorlarida sotişga kömak berilişi oilalarning daromadiga qöşimça tuşum bölmoqda.

Bugungi kungaça 950 ta oila kambağallik reyestridan çiqarilgan. Mahallalarda faoliyat olib borayotgan nuroniylarimiz ajrim yoqasiga kelib qolgan yoki notinç oilalarning muammolarini örganib, amaliy yeçimlar topişi natijasida oilalar yaraştirilmoqda. Nuroniylarimizdan X.Mustafoqulova, A.Qurbonmurodov, K.Xuşboqov, T.Tilakov, G.Qurbonov, U.Aliqulovlarning olib borayotgan işlarini örnak deyiş mumkin.

— “Yangi rözğor” mahallasida 3 ta köça, jumladan, Ş.Rahimov, J.Pirnazarov, Navbahor köçalarida jami uzunligi 1,5 km.da uzumzor taşkil etilgan. Uzumzorni köriş uçun qöşni tumanlar, viloyat, poytaxtdan ham mehmonlar taşrif buyurişib, mirişkorlarning mehnatlariga tasannolar aytişmoqda. Nasib bölsa, 40 tonna uzum hosili olinib, qariyb 60-80 xonadon sohiblari 200 million söm daromad olişni niyat qilişmoqda, — deydi faol nuroniy Mastura Maʼmurjonova.

Mamlakatimizda yoşlar uçun barça imkoniyat va şart-şaroitlar yaratilgan. Lekin yoşlarimiz orasida bilib-bilmay notöğri yölga kirib qolganlari ham yöq emas. Boy hayotiy tajribaga ega bölgan nuroniylar özlariga biriktirilgan  yoşlar bilan  suhbatlar taşkil etib, ularni töğri yölga buriş maqsadida qator taşabbuslarni ilgari surmoqdalar. Olib borilgan amaliy işlar natijasida joriy yilning ötgan 6 oyi mobaynida 7 nafar yoş probatsiya röyxatidan çiqarilgan. 92 nafar yoş kasbga yönaltirilgan, 77 nafari işga joylaştirilgan, 76 nafarining mavjud muammolari öz yeçimini topgan.

“Obizarang”, “Yangi şahar”, “Navröz”, “Obod yurt”, “Oqostona” kabi mahallalardagi nogiron, yordamga muhtoj 200 ga yaqin fuqarolar holidan xabar olinib, mehr-saxovat körsatildi.

“Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi va madaniyat vazirligining qöşma qarori bilan “Nuroniylar kuylaganda” nomli körik-tanlovning viloyat bosqiçida iştirok etgan “Yangi rözğor” MFY faol nuroniysi, faxriy pedagog Mastura Maʼmurjonova 3-örin sohibasi böldi.

Bugungi kunda muhtaram Yurtboşimizning yuksak eʼtibor va ğamxörliklaridan ilhomlanib, el-yurt xizmati yölida kamarbasta bölayotgan faol nuroniylarimiz bundan keyin ham öz zimmalaridagi masʼuliyatli vazifalarni ado etiş yölida bardavom böladilar, albatta.

Böri Toşboyev,

“Nuroniy” jamğarmasi

Uzun tumani bölimi raisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan