Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga muvofiq, keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qiliş, ularga eʼtibor va ğamxörlikni kuçaytiriş, turmuş şaroitlarini yaxşilaş, faol va mazmunli hayot keçirişlarini taʼminlaş, boy hayotiy tajribasidan keng foydalaniş maqsadida har yili oktyabr oyining birinçi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan. Şu barobarda,  noyabr oyi  — “Keksalar uçun turizm oyligi” ötkazilişi közda tutilgan.

Mamlakatimiz böylab ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlaştiriş, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvçisiz qolgan keksa va nogironligi bölgan fuqarolarni moddiy-maʼnaviy qöllab-quvvatlaş, içki turizmni rivojlantiriş dasturiga muvofiq, keksa avlod vakillarining respublika böylab tarixiy şaharlar va ziyoratgohlarga sayohatini taşkil etiş işlari qizğin tusga kirgan. Aslini olganda, inson umri mazmun va tajribadan iborat bebaho kitob, uning har bir sahifasi kelajak avlod uçun hayot saboği va mustahkam poydevordir. Nuroniylarning duosi bilan obod yurtda qadr topiş, keksalik gaştini fayzli ötkaziş jamiyatimizning maʼnaviy barqarorligini mustahkamlaydi.

Xususan, Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumanida joylaşgan “Ibrat” mahallasida yakka-yolğiz yaşovçi keksalar hamda nogironligi bölgan fuqarolar holidan xabar olindi. “Inson taftini inson olar” rukni ostida taşkil etilgan uçraşuvlarda nuroniylar bilan samimiy suhbatlar ötkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Qolaversa, “Uççinor” mahallasi nuroniylarining Samarqand şahriga, “Kuşek” mahallasi nuroniylarining Zangiota ziyoratgohiga, “Oydinobod” mahallasi nuroniylarining Toşkent şahriga sayohati taşkil etildi. Keksalarning böş vaqtini unumli taşkil etiş hamda sport bilan şuğullanişini rağbatlantiriş maqsadida futbol musobaqasi ötkazildi, ğoliblar taqdirlandi.

2-8 oktyabr kunlari “Keksalarga hurmat — yoşlarga ibrat” ğoyasi ostida ötkazilgan “Keksalar haftaligi” doirasida “Nuroniy” jamğarmasi Beruniy tumani bölimi taşabbusi bilan bir guruh nuroniylar “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohiga sayohat qildi. Nuroniylar ziyoratgohda duo qilib, hududdagi Munojat toği tarixi va u bilan boğliq rivoyatlar bilan tanişdilar.

Qoraqalpoğistonning Taxiatoş tumanidagi harbiy qismda “Nuroniylar — yoşlar nigohida” mavzusida “Uç avlod uçraşuvi” taşkil etildi. Unda nuroniylar, örta avlod vakillari hamda askarlar iştirok etib, avlodlar davomiyligi, yoşlarda milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik tuyğularini şakllantiriş xususida fikr yuritildi. Nuroniylar hayotiy tajribalari bilan örtoqlaşib, yoşlarga halol mehnat, ilm oliş, kasb-hunar egallaş va kattalarni eʼzozlaş borasida maslahat berdilar. Yoşlar esa özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Beruniy tumanida haftalik doirasida “Bobom, buvim va men — kitobxon” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi. Uning asosiy maqsadi yoşlarda kitobxonlikka qiziqişni oşiriş, oilada mutolaa madaniyatini şakllantiriş va avlodlar örtasidagi maʼnaviy boğliqlikni mustahkamlaşdan iborat. Uçraşuvda nuroniylar kitobning inson kamoloti va dunyoqaraşining kengayişidagi örni haqida söz yuritib, sevimli asarlari hamda mutolaa bilan boğliq xotiralarini yoşlar bilan örtoqlaşdilar. Yoşlar esa öqigan kitoblari haqida fikr bildirib, olgan taassurotlari xususida töxtaldilar.

Surxondaryo viloyatida “Nuroniy” jamğarmasi Sariosiyo tumani bölimi taşabbusi bilan “Nuroniylar maskani”da keksa avlod vakillari uçun sport tadbirlari taşkil etildi. Xususan, otaxonlar şaxmat-şaşka taxtasida bir-biriga qarşi dona surdilar, “aql çarxi” turnirida özlarining mantiqiy, izçil fikrlaş, strategik qaraşlar va donişmandlik mahoratlarini sinovdan ötkazdilar. Şuningdek, piyoda yuriş marafonida ham faol iştirok etdilar. Bu kabi tadbirlar faqat nuroniylarning salomatligini saqlaş bilan çeklanib qolmay, keng jamoatçilik orasida soğlom turmuş madaniyatini şakllantirişga rağbat uyğotmoqda.

Şuningdek, “Keksalar haftaligi” doirasida yoşi uluğ insonlar salomatligini asraş va ularga tibbiy-ijtimoiy kömak körsatişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, patronaj hamşiralar mahallalardagi özgalar parvarişiga muhtoj, yotib qolgan keksa bemorlar xonadonlariga borib, ularning salomatligini tekşirmoqda. Zarur tibbiy maslahatlar berilib, bepul dori-darmonlar tarqatilmoqda. Bunday yöqlovlar nafaqat nuroniylar salomatligini nazorat qiliş, balki ularga mehr va eʼtibor körsatiş, ruhiy qöllab-quvvatlaşda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Keksalar uçun turizm oyligi” doirasida esa keksa avlod vakillarini qöllab-quvvatlaş va ularning madaniy hordiq çiqarişlarini taʼminlaşga qaratilgan tadbirlarni izçil davom ettiriş maqsadida Sariosiyo tumanidagi “Sarijar” mahallasida navbatdagi xayrli taşabbus amalga oşirildi. “Keksalar maslahati” guruhi va faol nuroniylar taşabbusi bilan mahallada istiqomat qiluvçi bir guruh keksa avlod vakillari iştirokida hududdagi tarixiy obida va muqaddas qadamjoga sayohat uyuştirildi. Ziyorat davomida otaxon va onaxonlar yurtimizning boy tarixi, madaniy merosi bilan yaqindan tanişib, Vatan tinçligi va el farovonligini sörab, duo qilişdi.

“Keksalar haftaligi” davomida “Nuroniy”jamğarmasi Jizzax viloyati bölimi tomonidan qator amaliy işlar bajarildi. Xususan, viloyat sport boşqarmasi hamda voleybol federatsiyasi bilan hamkorlikda “Ğayratli keksalar” dasturi böyiça viloyat birinçiligi uçun voleybol musobaqasi ötkazildi. Musobaqada Arnasoy, Baxmal, Şarof Raşidov, Döstlik, Mirzaçöl, Paxtakor va Foriş tumanlari faxriylaridan iborat jamoalar ğoliblik uçun kuraş olib bordilar. Qiziqarli keçgan bellaşuvlarning final bahsida Foriş tumani voleybolçilari Baxmal raqiblarini yengib, çempionlikni qölga kiritdilar. Faxrli uçinçi örin Şarof Raşidov tumani faxriy sportçilariga nasib etdi. Musobaqa yakunida ğolib va sovrindorlar taşkilotçilarning diplom, medal va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.

“Ğayratli keksalar” musobaqa dasturidagi şaxmat va şaşka turlari böyiça ötkazilgan tuman va viloyat bosqiçlari ham kötarinki ruhda taşkil etildi. Jumladan, Şarof Raşidov, Jizzax şahri, Foriş, Ğallaorol va Arnasoy tumanlarida birinçi bosqiç bellaşuvlari yuqori saviyada ötdi. Viloyat birinçiligining yakuniy natijalariga köra, şaxmat turida Jizzax şahri vakillari Öktamjon Şeraliyev hamda Şahri Suyarova viloyat çempioni bölişdi. Şaşka turida esa ğallaorollik Matluba Eşmurodova va zominlik Neʼmat Jörayev ğolib deb topildilar. Barça ğolib va sovrindorlar munosib rağbatlantirildi.

Jizzax harbiy garnizonida Yoşlar işlari agentligi viloyat bölimi va viloyat mudofaa işlari boşqarmasi faxriylar Kengaşi hamkorligida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi. Unda harbiy xizmatga çaqiriluvçi yoşlar, harbiy qism zobitlari va faxriylar iştirok etdilar. Tadbir “Ona Vatanga xizmat — muqaddas burç” mavzusida ötkazildi. Unda sözga çiqqan viloyat mudofaa işlari boşqarmasi faxriylar Kengaşi raisi, isteʼfodagi podpolkovnik R.Jakbarov muhtaram Prezidentimiz, Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev tomonidan Milliy armiyamiz salohiyatini yanada mustahkamlaş, harbiy xizmatçilarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va yoş avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş masalalariga alohida töxtalib ötdi.

Tadbirda Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimi raisi örinbosari, taniqli şoira N.Qöylonova ona Vatan, yurt taraqqiyoti va yoşlarning şijoati haqidagi şeʼrlarini öqib berdi. Viloyat nuroniylar jamoatçilik Kengaşi raisining örinbosari, mehnat faxriysi N.Nurmatov Uçinçi Renessans poydevorini qurişda iştirok etayotgan yoşlarni ona Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaşda faxriylarimizning faol iştiroki xususida öz fikr-mulohazalarini bildirdi. Şuningdek, mazkur uçraşuvda yoşlar işlari agentligi viloyat bölimi masʼul xodimi, podpolkovnik R.Aripov sözga çiqib, harbiy xizmatga çaqiriluvçi yoşlar kelgusida Vatan oldidagi muqaddas burçlarini ado etiş, yurtimiz sarhadlarini qöriqlaş va sidqidildan xizmat qiliş borasida özining qimmatli taklif va maslahatlarini berib ötdi.

Yoşi uluğ nuroniylar, bemorlar holidan xabar oliş, yoşlar bilan oçiq muloqot, davra suhbatlarini taşkil etiş, faxriy nuroniylarni munosib qadrlaş, mazkur harakatlar doirasiga mahalliy jamoatçilik faollari hamda yoşlarni keng jalb qiliş tadbirlari Toşkent şahri, Farğona viloyati, Qaşqadaryo viloyati, Namangan viloyatida ham munosib davom ettirilmoqda.

Suğdiyona SOBIROVA

tayyorladi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan