Mamlakatimizda öz maʼrifati, yuqori ilmiy salohiyati, xalqlar örtasidagi döstlik aloqalarini mustahkamlaş, tinçlik va barqarorlikni taʼminlaşga hissa qöşgan davlat va jamoat arboblari ğoyat bisyor. Ularning har birining hayoti, boşdan keçirgan sinovlari, el-yurt manfaatlarini taʼminlaş yölidagi matonat hamda fidoyiliklarini qalamga olgan taqdirimizda, katta-katta kitoblarga jo bölişi ayni haqiqatdir.

Filolog, pedagog, diplomat, jamoat arbobi Saʼdullayev Davlatbek Samiyeviçni yurtimizning ana şunday ziyoli farzandlaridan biri desak, aslo mubolağa qilmagan bölamiz.

Davlatbek Saʼdullayev 1947 yil 10 iyunda Toşkent şahrida tuğilgan. Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini tamomlagan.  Nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgandan söng Termiz pedagogika instituti va Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning rus tili kafedrasini boşqargan. Universitet qoşidagi Til markazining birinçi direktori bölgan.

Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida uning nazariy stilistika, madaniyat tilşunosligi, aloqaşunoslik, zamonaviy rus tilining nazariy muammolari, ritorika, lingvistik uslublar va boşqa jabhalarga oid  20 dan ortiq monografiya, darslik va luğatlari, 200 ga yaqin ilmiy-tadqiqot işlari çop etilgan. Rus tilini öqitişning dolzarb masalalariga bağişlangan xalqaro va mintaqalararo konferensiyalarning taşabbuskori va iştirokçisi bölgan.

Şu bilan birga, Özbekiston Taşqi işlar vazirligida bölim boşliği, boşqarma boşliği, keyinçalik Özbekistonning Afğonistondagi konsuli lavozimlarida işlagan. Kobul universiteti, Termiz davlat universiteti, Toşkent tibbiyot akademiyasi Urganç filialining faxriy professori, Rossiya Pedagogika va ijtimoiy fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, Afğoniston fanlar akademiyasi aʼzosi. Özbek tiliga davlat tili maqomi berilişida Davlatbek Saʼdullayevning ham alohida xizmatlari bor.

Öşa davrlarda “Qizil Yulduz”, “Döstlik” ordenlari, rus tili öqituvçilari xalqaro assotsiatsiyasining “Rus tilini örganişdagi muvaffaqiyati uçun”, Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar vazirligining “Döstlikka qöşgan hissasi uçun”, “Döstlik va hamkorlik uçun” faxriy nişonlari bilan taqdirlangan.

80 yoşga yaqinlaşib qolgan otaxon bilan suhbatimiz ğoyat samimiy keçdi. Ularning oğir, vazmin, har bir jumlani çuqur bayon etişlari, samimiy muomala-munosabatlari qarşimizda nafaqat katta olim, balki ulkan isteʼdodli diplomatni ham gavdalantiradi.

— Toşkent şahridagi Çaqar köçasida non sotadigan magazin bölardi, — deydi u bolaligni esalab. — Magazin sotuvçisi Saodat opa edi. 5-6 yaşar bolaman. Mening öşa vaqtlardagi vazifam uyga non keltirişdan iborat edi. U yerdan issiq va mazali gijda non çiqardi. 1952-53 yillar. Bizning oilaga jami 4 ta non berilardi. Nonlarni sovib qolmasin deb, soçiqqa örab olib kelardim. Atoqli sanʼat va madaniyat arbobi Yunus ota Rajabiy  qöşnimiz edilar. Öğillari Hasan Rajabiy bilan döst bölganmiz. Bir kuni bir döstim bilan ularning daraxtlariga çiqib, maykalarimizga töldirib, dovuçça uzayotganimizda, katta öğillari bizni “qölga tuşirdilar”. Quloğimizdan uşlab hovliga olib kirdilar. Sörida Yunus ota işlab ötirgan, maqom yozayotgan ekanlar. Öğillari garçi, bizni “jinoyatçi” sifatida taniştirgan bölsalar-da, Yunus ota bunga parvo qilmadilar, aksinça, bizga qarab: “Musiqaga qiziqadiganlar bormi?” — deb söradilar. Men, ha, desam, tezda qutulaman deb öyladim. Şerigim esa yöq dedi-yu “jazo”dan qutulib, juftakni rostladi. Men qolib ketdim. Yunus ota tanbur çertib, köp narsalarni gapirib berdilar. “Musiqani sevmagan kişi odam bölmaydi. Musiqa — xalqning yuragi.  Yuraksiz özingni tasavvur qila olasanmi?! Maqom ham şunday. Men maqomlarni yiğyapman. Şularni kitob qilib çiqaramiz. Sen musiqani hurmat qilişing kerak”, — dedilar… Öşa kungi suhbat bir umr yodimda qolgan.

4-sinfni tugatganimda, dadam oliy partiya maktabini tamomladilar va Boysun tumaniga Ijroiya qömita rahbari etib tayinlandilar. 1953 yil men tumandagi rusiyzabon bolalar boğçasiga qatnardim. Katta yuk maşinasida ketayotgan vaqtimizda Stalinning vafot etganligi eʼlon qilindi. Haydovçi özini yöqotib, maşinani ariqqa haydab yuborgandi öşanda. Biz, bolalarni Xudo bir ofatdan asrab qolgandi…

Onamning ismlari Hamida edi. 34 yoşda vafot etganlar. Xatlari dona-dona, soçlari jingalak edi. Kenjamiz, yaʼni singlimning soçlari onamnikiga öxşaydi, yozuvi ham ularning xatlarini eslatadi. Onam ham oliy partiya maktabini tamomlab, Surxondaryo obkom partiyasining 2-kotibligiga saylangandilar. 7 noyabrda vazifaga kirişişlari kerak edi. Termizda şamollab qolib, Boysunga kelganda, yotib qolgandilar. 1959 yil 14 noyabrda hayotdan köz yumganlar.  U yerdagilar onamni Toşkent aya deb juda hurmat qilişardi. Biz aya bilan xayrlaşişimiz kerak, deyişdi. Şuning uçun onam ertasiga, 15 noyabr kuni dafn etildilar.

Qabristonda uç öğil yonma-yon turganmiz. Singlimiz u vaqtda 5 yoşda edi. Unga nima deyişni bilmay, onamlar metroga kirib ketyaptilar, deganman. Singlim bunga işongan va yiğlaşdan tiyilgan. Birdaniga şu fikr kelgandi öşanda miyamga. Çunki metro haqida tasavvurga ega edim. Negaki, 1959 yilda Butunittifoq xalq xöjaligi körgazmasida men kumuş medal bilan taqdirlanganman. Mukofotni oliş uçun borganimda metroda yurgan edim.

Dadamni esa öşa vaqtda otasiga janoza öqitdi, deb yuqori lavozimdan olişib, tojik maktabiga oddiy öqituvçilikka tayinlaşgandi.

Bolaligimda  samolyotsozlikka qiziqardim. Motor bilan işlaydigan samolyot modelini yaratgandim. Motoriga benzin quyilardi. Uçirganim, Termizda bölib ötgan viloyat musobaqasida sovrinli örin egallaganim ham yodimda. Şu sohada öqiş uçun Xarkovga borib, institutdagi imtihonlarni aʼlo baholarga topşirdim. Ammo közoynagim va yuragimdagi xastalik sabab öqişga qabul qilişmadi. Şunday bölsa-da, bitta imtiyoz berişdi. Xohlagan politexnika institutiga kirişga imkonim bor edi. Men esa ortga qaytdim.

Özbekistonga kelgaç, Nizomiy nomidagi pedagogika instituti yonidagi eʼlonga közim tuşdi. Unda “Literaturnыy institut” deyilganini kördim. Keyin bilsam, Respublika rus tili va adabiyoti instituti ekan. Hujjatlarni topşirgaç, ortga qaytiş yöq, dedim-da, imtihonlarni topşirişga kirişdim. Birinçi imtihon — inşo, undan “beş” baho oldim. Suhbatda esa “Yevgeniy Onegin”ning uç bobini yoddan gapirdim. Böldi, deyişdi. Tarixdan ham “beş” oldim. Fransuz tilidan esa “tört”ga topşirdim. Taşqarida mening eng qadrdon qöllab-quvvatlovçim, onamning onasi, yaʼni buvim — Iqbolnisa aya ötirardilar. Ular doim “Sendan toğang rahmatlining hidi keladi”, — derdilar. Toğam rahmatli Ikkinçi jahon uruşida halok bölganlar. Şunday qilib, Respublika rus tili va adabiyoti instituti talabasiga aylandim.

Ayni institutda turmuş örtoğim Raʼnoxon bilan tanişganman… Toşkent zilzilasi payti edi. “Stroitel Taşkenta” gazetasi oçildi va unga meni muxbir, taʼsisçi etib tayinlaşdi. Men materiallar yiğdim, gazetani boşqardim. Maqolalar çop ettirdim. Mehnatimga yaraşa  pul berişdi. Taxminan 3 ming rubl öşa vaqtda katta summa edi. Bunça pul kerak emas, deb, uni davlatga qaytarib topşirmoqçi böldim. Ammo heç kim qabul qilmadi. Aksinça “Bu sening işingga yaraşa berilgan haq”, — deyişdi.  Oxiri buvimlarga olib borib topşirdim…

Paxta davrida tabelçilik qildim. Botir Zokirovning aşulasini özimça xirgoyi qilib yurardim. Talabalar gulxan atrofida yiğilganimizda baʼzi “muxlislarim” mendan kuylaşni söraşardi…

1983 yil Moskvada malaka oşirdim. U paytlarda ToşDU (hozirgi ÖzMU)da işlardim. Meni Markazqömga çaqirişdi. Kurator menga: “Fors tilini bilasanmi?” — deya savol berdi. Men mukammal bölmasa-da, oz-moz bilişimni aytdim. “Bölmasa, sening joying Afğonistonda”, — dedi  u kişi. Şu tariqa, dadamning roziligini olgaç, oilam bilan Afğonistonga yangi vazifaga jönadim. U yerda ayolim litseyda afğon bolalariga rus tili fanidan öqituvçilik qildi. Men esa Kobuldagi pedagogika akademiyasida, institutda dars berdim. Afğoniston fanlar akademiyasi aʼzosi sifatida fors tilida maʼruzalar öqidim…

Davlatbek Saʼdullayevning hikoyalari hayot sinovlari, ularni yengib ötişdagi matonatu ibratga töla bölib, tafsilotlarni  bayon etadigan bölsak, yana köplab sahifalarni qoralaşga töğri keladi. Otaxonning turmuş örtoği Raʼnoxon aya bilan tanişuvi, quda taraflarning bir-birlariga nisbatan çeksiz hurmat-ehtiromi, bölajak kelinning ibo-hayosi-yu tanlangan kuyovning har tomonlama komil, kuyovlikka munosibligi haqidagi keçinmalarning özini yana bir ajib muhabbat qissasi deyiş mumkin. Davlatbek Saʼdullayevning diplomat sifatidagi faoliyati, mamlakatimiz taşqi işlar vazirligi tizimidagi fidoyi xizmatlari esa alohida eʼtirofga munosib.

Davlatbek ota va Raʼnoxon aya farzandlarini ham ziyoli etib kamol toptirganlar. Ularning uç nafar farzandi — ikki öğil, bir qizi özlari kabi el-yurt xizmatida kamarbasta. Qizlari Hamida Saʼdullayeva 1969 yilda tuğilgan. Hozirda katta bir farmatsevtik kompaniyaning rahbari. Katta öğillari Azizbek Saʼdullayev 1971 yilda tuğilgan. Şarqşunoslik sohasi  vakili. Arab tili böyiça mutaxassis. Kenja öğil Bekzod Saʼdullayev 1981 yilda tavallud topgan. Bekzod jurnalistika sohasini tanlagan. Nabiralar ham ulardan ibrat olib, ilm-maʼrifat yölidan bormoqdalar.

Piru badavlat otaxonu onaxon bilan suhbatimiz uzoq davom etdi. Suhbatning şu qadar yoqimli ekanligidan uç-tört soat vaqtning suvdek oqib ötganligi ham sezilmadi. Özi şunday böladi. Olimlarning suhbatida bölgan odam oz vaqtda katta bir hayot darsligini öqiganday, ulkan ruhiy quvvat olganday his qiladi özini. Nuroniylarimiz bilan xayrlaşar ekanmiz, mazmunli va xayrli muloqot uçun ulkan minnatdorlik bildirdik. Ular ham, öz navbatida, yurtimizga bugungidek tinçlik-xotirjamlik, farovonlik va dorilomonlik abadiy yor bölişini Yaratgandan sörab, duolarga qöl oçdilar.

Bahodir Valiyev.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan