“Keksalardir xonadonning fariştasi”,
Har kalima, sözlarining hikmati bor.
Xonadonda nuroniylar bölsa agar,
Elu yurtning boşqaça fayz, hurmati bor.
Nuroniylar bilganini pari bilmas,
Köhna hayot maktabida ibrati bor.
Ezgu işga çoğlansalar yeng şimarib,
Yuragida bobomeros qudrati bor.
Sinovlarni yengib ötgan mardonavor,
Dostonlarga arzigudek zahmati bor.
“Vatanimga jonim fido bölsin” deya,
Umrin tikkan, mardonavor mehnati bor.
Qulfi dilin oçar harki davralarning,
Mehri-daryo, saxovatda himmati bor.
“Munça şirin örigidan mağizi”, deya,
Ardoqlaydi-gödakning ham izzati bor.
Yurtimizning xur tongidan quvvat olgan,
Soğlom avlod qatorida ğayrati bor.
Orzularin röyobini körgan sayin
Istiqlolning bolasiga hayrati bor.
Qadamlari, nafasida şukronalik,
Duosida avliyolar siyrati bor.
Iymonli el keksalarin eʼzozlagay,
Ular bilan hayotimiz lazzati bor.
Yurtda doim keksalarning hurmati bor!
Öktamxon SOLIYEVA,
II darajali “Soğlom avlod uçun” ordeni sohibasi, şoira