Hayotimiz mazmuni, közimizning oqu qarosi, ertangi kunimiz egalari bölgan farzandlarimiz yuzidagi beğubor tabassum, qalbidagi şodlik va quvonç dunyoni yanada gözal, hayotimizni esa nurafşon etadi. Şu bois, mamlakatimizda har bir öğil-qizning barkamol ulğayişi, sifatli taʼlim-tarbiya olişi hamda heç kimdan kam bölmay voyaga yetişi davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişiga aylangan.

Dunyoning turli burçaklarida uruş va ziddiyatli vaziyatlar kuçayayotgan bir paytda, yurtimizda bolajonlar, çin maʼnoda, baxtli bolalik saodatini his etib ulğaymoqda. Bugungi kunda mamlakatimizning barça hududlarida Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan maʼnaviy tadbirlar, köngiloçar dasturlar, istirohat boğlari va oromgohlarga kiçik sayohatlar taşkil etilmoqda.

Ayniqsa, mehr va eʼtiborga muhtoj qalblarga quvonç olib kiriş, ularga çinakam bayram şukuhini ulaşiş olijanob qadriyatlarimizning yorqin namunasidir. Şu maqsadda Farğona şahridagi al-Farğoniy madaniyat va istirohat boğida 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan “Baxtli bolalik tarannumi” nomi ostida bayram keçasi taşkillaştirildi. Unga viloyatdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati çeklangan va Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolajonlar taklif qilindi.

Tadbirda Farğona viloyati hokimi örinbosari Şerzod Polvonov, “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi raisi, senator Zokirjon Rahmonov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi aʼzosi Manzura Salimova hamda Özbekiston mahallalar uyuşmasi viloyat boşqarmasi boşliği Akramjon Yölbarsovlar sözga çiqib, yurtimizda farzandlarimizning har tomonlama soğlom va barkamol bölib voyaga yetişlari uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar, Farğonada bu borada olib borilayotgan işlarga alohida töxtalişdi.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Mirzo Uluğbek” mahallasida joylaşgan “Yangi Özbekiston” istirohat boğida, “Şahriobod” mahallasidagi “Yoşlar boği”da hamda Şarğun şahridagi “Şaxtyorlar xiyoboni”da ham bayram tadbirlari yuqori saviyada ötkazildi.

Mazkur tadbirlar doirasida barça bolajonlarni bayram bilan qutlab, viloyat va tumanlar hokimliklari hamda hamkor taşkilotlarning esdalik sovğalari topşirildi.

Bayram dasturi doirasida şaxmat-şaşka musobaqalari, “Mening baxtli bolaligim” mavzusida rasmlar tanlovlari ötkazildi. Madaniyat bölimlari hamda yoş, iqtidorli sanʼatkorlar jamoalari tomonidan turli musobaqalar va köngiloçar dasturlar uyuştirildi. Tadbirlarda yuzlab yoşlar faol iştirok etib, mahorat va iqtidorlarini namoyiş etdilar. Şuningdek, bayram davomida bolalarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş hamda madaniyat va sanʼatga bölgan qiziqişlarini yanada oşirişga qaratilgan turli interaktiv loyihalar taqdim etildi.

Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bolajonlar holidan xabar oliş tadbirlari ham tizimli taşkil etilmoqda. Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumanida tibbiyot birlaşmasining bolalar bölimida davolanayotgan bolalar ahvoli örganilib, ularga bayram sovğalari ulaşildi. Bu jamiyatda mehr-oqibat, insonparvarlik va bolalarga bölgan eʼtiborni kuçaytirişga qaratilgan saʼy-harakatlarning amaliy ifodasi bölib, yoş avlodning ertangi kunga işonçini orttiradi.

Qoraqalpoğistonning Qönğirot tumani, Toşkent viloyati Böka tumani, boşkentning Çilonzor tumani, Yunusobod tumani, Navoiy hududlarida yuqori kayfiyat, kötarinki ruhda ötkazildi.

Özbekiston Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga asosan, joriy yilning 1 yanvar holatiga köra, yurtimizda 0-14 yoşdagi jami bolalar soni 11630879 nafarni taşkil etib, şundan 6030736 nafarini öğil bolalar, 5600143 nafarini qiz bolalar taşkil etadi. Körinib turibdiki, 40 millionga yaqin aholining salmoqli qismini (çorak qismi) bolajonlar taşkil etadi. Bu, öz navbatida, barçamizni kelajagimiz egalari bölgan yoş avlod hayotiga yanada huşyorroq, eʼtiborliroq bölişga undaydi.

Aslida Bolalarning haq-huquqlarini himoya qiliş butun jahon harakatiga aylanganiga uzoq yillar böldi. Bugun dunyoda ziddiyatli vaziyatlar kuçayib borayotgan bir davrda ayrim mamlakatlarda uruş va köçişlar oqibatida oçarçilik, qaşşoqlik, ölim holatlari bolalar va ösmirlarning hayotiga bevaqt nuqta qöymoqda. Şuningdek, siyosiy beqarorlik va iqlim özgarişi köçiş jarayonini tezlaştirmoqda, taʼlim inqirozini kuçaytirmoqda. Dunyoning ayrim mamlakatlarida hatto yaşaş uçun munosib şaroitning mavjud emasligi, masalan, boşpanasizlik va toza içimlik suvi, zaruriy oziq-ovqat bazasi yöqligi ularning jismoniy va ruhiy salomatligiga salbiy taʼsir körsatyapti. Bunday mamlakatlarda daromadi öta past oilada katta bölayotgan bolajonlar esa erta işlaşga (hatto bu jismoniy bosim bölsa-da) majbur bölmoqda.

Maʼlumotlarga köra, dunyo böylab 200 milliondan oşiq bola va ösmir taʼlimdan çetda qolmoqda. YUNISEFning 2025 yilgi tahlillariga köra, Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikada kamida 30 million, Sudanda maktab yoşidagi bolalarning qariyb yarmi (Sudanda har uçta maktabning bittasi yopilgan va maktablarning 11 foiz qismi boşpana sifatida işlatilmoqda) taʼlim oliş imkoniyatiga ega emas. Ğazo sektori böylab 700 mingdan ortiq maktab yoşidagi bolalarning taʼlimi 2023 yilning oktyabr oyidan beri rasman töxtatilgan. Yamanda 3 milliondan ortiq, Suriyada 2 milliondan ortiq bola taʼlim inqiroziga uçramoqda. Mazkur muammodan taşqari, ekspluatatsiya xavfining ortişi, bolalar mehnati, erta turmuş kabi köngilni xira qiladigan jiddiy masalalar bolalarning kognitiv, ijtimoiy, emotsional rivojlanişiga salbiy taʼsir körsatadi.

1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni yuqoridagi dolzarb muammolarga yeçim topiş, dunyo bolalarining şaxs sifatidagi daxlsiz huquqlarini tiklaşga butunjahon eʼtiborini qaratiş kabi jiddiy vazifalarni kun tartibiga çiqarmoqda. Garçi bolalarni himoya qiliş maqsadida dunyo mamlakatlarida sanalar turliça belgilangan bölsa-da, maqsadlar muştarakdir —  bolalar va ösmirlarning hayotiga xavf solayotgan omillarni yöq qiliş, jamiyat eʼtiborini bolalarning manfaatlari, xavfsizligi va farovonligiga qaratişdir.

Bu sana nafaqat bayram, balki kattalar zimmasidagi masʼuliyatni yana bir bor eslatib turuvçi muhim ijtimoiy signal hamdir. Tarixda köplab bolalar oğir mehnatga jalb qilingan, taʼlimdan çetda qolgan yoki ruhiy va jismoniy bosim ostida yaşagan. Hozir ham dunyoning ayrim hududlarida bu muammolar saqlanib qolmoqda. Bolalikda yetişmagan himoya va mehr insonning keyingi hayotida işonçsizlik, qörquv va ruhiy jarohatlar körinişida namoyon bölişi mumkin. Şu bois, bolalarni himoya qiliş masalasi global darajada dolzarb mavzuga aylangan.

Bugungi kunda bola huquqlari faqat jismoniy zöravonlik bilan emas, balki psixologik bosim orqali ham poymol etilişi mumkin. Masalan, bolani doimiy kamsitiş, boşqalar bilan soliştiriş, fikrini mensimaslik yoki hissiyotlarini inkor etiş ruhiy zöravonlik hisoblanadi. Şuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi xavflar, bolalarning şaxsiy hayotini ommaga oşkor qiliş, ularni ortiqça nazorat yoki bosim ostida tarbiyalaş ham salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Baʼzan ota-onalar yaxşi niyat bilan farzandiga haddan taşqari yuqori talab qöyadi, biroq bu bolaning ruhiy holatiga oğir taʼsir qilişi mumkin.

Bola huquqlarini himoya qiliş, avvalo, oiladan boşlanişi kerak. Çunki bola hayotdagi xavfsizlik, mehr va hurmatni dastlab oilada his qiladi. Agar oilada bolaning fikriga quloq tutilsa, hissiyotlari hurmat qilinsa va u şaxs sifatida qadrlansa, bu uning soğlom psixologik rivojlanişiga xizmat qiladi. Keyingi bosqiçda maktab, jamiyat va davlat tizimlari bu himoyani davom ettirişi zarur. Aslida, bola huquqini himoya qiliş faqat qonun bilan emas, balki kundalik muomala madaniyati bilan ham boğliqdir. Ota-onaning qöllab-quvvatlaşi va bolaning hissiyotlariga befarq bölmasligi juda katta ahamiyatga ega. Şuningdek, sifatli taʼlim, soğlom ijtimoiy muhit, kitobxonlik, sport va ijodiy faoliyat ham bolaning şaxsiy rivojlanişiga ijobiy taʼsir qiladi. Eng muhimi, bolaga faqat natija uçun emas, harakati va intilişi uçun ham baho beriş kerak.

Yurtimizda esa bola huquqlarini himoya qiliş, uning kelajagini taʼminlaş, öqişi, salohiyatini yuzaga çiqarişiga ğamxörlik körsatiş kabi yönalişlarda ezgu islohotlar olib borilmoqda. Bu kelajakda, albatta, özining yuksak samarasini berişi şubhasizdir. Çunki doimiy qöllab-quvvatlangan bola kelajakda mustaqil fikrlaydigan, masʼuliyatli va ruhiy jihatdan barkamol inson bölib ulğayadi.

Suğdiyona SOBIROVA,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan