Mamlakatimiz böylab ommaviy sportni keng tarğib etiş maqsadida ötkazilayotgan sport tadbirlarida nuroniylar ham faol iştirok etmoqdalar. Ayni tadbirlar keksa faxriylarimizning salomatligini mustahkamlaş, jismonan tetik, bardam bölişi va islohotlardagi faol iştirokini taʼminlaşga xizmat qilmoqda.

 Jumladan, Samarqand viloyati Narpay tumanidagi “Turon” mahallasida 9 may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan mehnat faxriysi Jöraqul ota Xoliqov xotirasiga bağişlab ötkazilgan şaxmat musobaqasini ana şunday taşabbuslardan biri deyiş mumkin.

Bellaşuvlarda keksa, örta va yoş avlodning faol iştiroki taʼminlanib, bahslar murosasiz, ayni paytda, döstona va ğoyat samimiy keçdi. Ayniqsa, yoşlar nuroniylardan şaxmat sir-asrorlarini örganiş bilan bir qatorda, ulardan öziga xos hayot saboqlarini ham oldilar.

— Bunday bellaşuvlarda uç avlod vakillarining iştiroki juda muhim, — deydi mahallaning faol nuroniysi Jumanazar Qiliçev.  — Çunki yoşi uluğlar sportda ham yoşlarga ibrat bölib, ularni soğlom hayotga jalb etişda faollik körsatadilar. Mahallada yetti yoşdan tortib, yetmiş yoşgaça bölgan har bir yurtdoşimiz jismoniy tarbiya va sport  bilan şuğullanar ekan, uşbu joyda salomatlik, tinçlik-xotirjamlik, özaro totuvlik hamişa barqaror böladi.

Bahslar yakuniga köra, yoşlar örtasida Sunnat Tursunov, örta yoşlilar örtasida Faxriddin Samandarov, nuroniylar örtasida Komil Saʼdinovlar ğolib deb topildilar. Ğolib va sovrindorlar mutasaddilar tomonidan diplom, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.

Darhaqiqat, sport salomatlik, ezgu qadriyatlar elçisidir. Bu kabi tadbirlarda faxriy keksalar ğayrat-şijoat körsatib, soğlomlaştiriş borasidagi taşabbuslarda, çinakam maʼnoda, şaxsiy ibrat namunalarini namoyon etmoqdalar.

Bahodir Qiliçev,

Samarqand viloyati.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan