Bugun Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi bilan hamkorlikda “Uç avlod uçraşuvi” deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirni universitet rektori Inom Madjidov kiriş sözi bilan oçib berib, uç avlod vakillarining bir davrada jam bölişi maʼnaviy davomiylikni taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi. Uçraşuvda asosiy mehmon sifatida Özbekiston Qahramoni, senator, “Nuroniy” jamğarmasi Respublika Boşqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev iştirok etdi. Şuningdek, tadbirga mehnat faxriylari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari hamda universitetning faxriy professor-öqituvçilari taklif etildi.
Muloqot davomida ÖzFA akademigi Abdulla Aʼzamov, taniqli jurnalist Ahmadjon Meliboyev hamda universitetning közga köringan olimlari — Mersaid Aripov, Nigina Şermuhammedova, Neʼmat Norqulov va Xurşid Toşovlar sözga çiqdilar. Ular öz hayotiy yöllari, ilm-fan sohasidagi maşaqqat va zafarlari haqida sözlab berib, talabalarni yurt taraqqiyoti yölida fidoyi bölişga çorladilar.









Sodiqjon Turdiyev