Prezidentimizning “Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida”gi Farmoni bilan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoira, “Nuroniy” gazetasi va “Keksalik gaşti” jurnali muxbiri Zamira Röziyeva “Döstlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Hamkasbimizni uşbu yuksak va şarafli mukofot bilan çin dildan qutlaymiz! Zamira Röziyevaga kelgusi ijodiy va jurnalistik faoliyatida mustahkam salomatlik, jöşqin ilhom, oilaviy xotirjamlik hamda yangidan-yangi zafarlar yor bölişini tilaymiz!
Maʼlumot örnida, Z.Röziyeva 1957 yilda Andijon şahrida tuğilgan. 1980 yilda ToşDU (hozirgi ÖzMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Şuhrat” medali, “Maʼnaviyat fidoyisi” kökrak nişoni, Xalqaro Bobur mukofoti, I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibasi.