Davlatimiz rahbarining joriy yil 16 apreldagi 9 may — Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida Ğijduvon tumanida ham keng kölamli tadbirlar davom etmoqda.

Ana şunday uçraşuvlardan biri “Sayyora” tantanalar saroyida tuman hokimligi va “Nuroniy” jamğarmasi taşabbusi bilan ötkazildi. Unda el ardoğidagi nuroniylar, ziyolilar hamda oliy taʼlim va maktablar tizimida tahsil olayotgan faol yoşlar iştirok etdi.

Tadbirni tuman hokimi Farhod Umarov kiriş sözi bilan oçib berar ekan, yiğilganlarni yaqinlaşib kelayotgan bayram bilan qutladi va uç avlod vorisiyligining ahamiyatiga alohida töxtaldi.

— Ajdodlar merosi, ota-onalar masʼuliyati va farzandlar kamolotining muştarakligi uşbu fayziyob uçraşuvimiz mohiyatini taşkil etadi. Bu falsafaga köra, katta avlod — hayotiy hikmat va anʼanalar xazinaboni, örta avlod — bugungi kun bunyodkori va tarbiyaçi, kiçik avlod esa yangi ğoyalar bilan ertangi kunni barpo etuvçi kuçdir, — dedi tuman hokimi.

“Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Rahmatullo Mahmudov esa öz nutqida milliy qadriyatlarni asraşda keksalarning örni beqiyos ekanligini taʼkidladi. Ayni paytda tumandagi har bir mahallada tajribali nuroniylardan iborat “maslahat guruhlari” taşkil etilgani, ular yoşlar bilan manzilli işlaş tizimini yölga qöygani amaliy samara berayotgani aytildi.

Jarayon davomida “Soktare” mahallasi faoli Ğayniddin Nosirov, mirakonlik M. Ikromova hamda zahiradagi polkovnik Nurmat Umurovlar sözga çiqib, Vatanga sadoqat va insoniylik fazilatlari haqida fikr yuritişdi. Keksalar ögitlaridan ruhlangan yoşlar ham öz mulohazalarini bayon etib, yurt tinçligi va taraqqiyoti yölida astoydil xizmat qilişga vaʼda berdilar.

Bu kabi uçraşuvlar nafaqat avlodlar örtasidagi riştalarni mustahkamlaydi, balki yoşlar qalbida milliy özlikni anglaş va vatanparvarlik tuyğularini yanada yuksaltiradi.

Rajab AVEZOV,

III darajali “Soğlom avlod uçun” ordeni,

 “Mehnat faxriysi” va

 “Xalq maorifi aʼloçisi” kökrak nişonlari sohibi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan