Yangi Özbekistonda davlat va jamiyat rivojiga, eng avvalo, inson qadrini uluğlaş orqali erişiş maqsad qilingan. Şuning uçun ham mamlakatimizda har bir sohada amalga oşirilayotgan islohot va yangilanişlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, munosib turmuş keçirişi uçun zarur şaroitlar yaratişga qaratilmoqda. Mazkur mezon xalq manfaatlari himoyasini kuçaytiribgina qolmay, ularning salohiyati va işbilarmonlik qobiliyati, isteʼdodini oşiriş orqali taraqqiyotni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Jumladan, hozirgi kunda keksalarni eʼzozlaş, ularning boy hayotiy tajribasidan yoş avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyat va anʼanalarga sodiqlik ruhida tarbiyalaşda oqilona foydalaniş tajribasi ham özida xayrli va uluğvor vazifalarni jamlaydi. Tabiiyki, yoş avlod tarixiy xotira, milliy özlik tuşunçasining asl mohiyati, anʼana va qadriyatlar, şuningdek, ajdodlarning moddiy va maʼnaviy merosi töğrisida köpni körgan keksa avlod vakillaridan eşitib, oson özlaştiradi.
Buning yorqin isbotini joylarda keksa, örta va yoş avlod vakillarini bir yerga jamlagan “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlarida körişimiz mumkin. Çirçiq şahridagi “Iftixor” mahallasida joylaşgan 7-sonli hamda “Kamolot” mahallasidagi 20-sonli maktabda şahar hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Özbekiston Mahallalari uyuşmasi, “Nuroniy” jamğarmasining şahar bölimlari hamkorligida taşkil etilgan tadbirlarni uşbu taşabbuslar sirasiga kiritiş mumkin.
Uçraşuvda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylaş, jamiyatda özaro hurmat, mehr-oqibat muhitini mustahkamlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbirda sözga çiqqanlar maʼnaviy merosning inson kamolotida örni xususida fikr yuritib, bugungi kunda tinçlik, xalq birligi, yakdilligi, uning bunyodkorlik işlarida birlaşa olişi ham tinçlikka, ham taraqqiyotga xizmat qilişini taʼkidlab ötdilar.
Tadbir samimiy suhbat, maʼrifiy çiqişlar va kuy-qöşiqlar hamohangligida yanada fayzli keçdi. Ayniqsa, keksa nuroniylarning donişmandlik va ibrat töla hayotidan sözlagan hikoyalari yoşlar uçun çinakam insoniylik saboğiga aylandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Qönğirot tumanidagi Madaniyat markazida ham maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar doirasida “Uç avlod uçraşuvi” ötkazildi. Unda boy hayotiy tajribaga ega nuroniylar iştirok etib, yoşlarga hayot yölida duç kelgan sinovlar töğrisida gapirib berişdi. Şuningdek, öz tengdoşlari orasida faolligi va taşabbuskorligi bilan ajralib turgan yoşlar sözga çiqib, öz muvaffaqiyatlarining siri va tajribalari bilan örtoqlaşdilar.
Aslini olganda, tarixiy qadriyatlarning avloddan-avlodga ötişi, maʼnaviyat asoslarining mustahkamlanişi va jamiyatda qaror topişi, kelajak avlodning milliy ğoya asosida voyaga yetişi köp jihatdan keksa otaxon va onaxonlarning saboqlari, kattalarning yöl-yöriq va körsatmalari bilan amalga oşadi. Nuroniylar iştirokida taşkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuvlarning tub mohiyatida ham ayni maqsadlar mujassamdir.
Maysara NAZAROVA.