Anʼanaga muvofiq, 15 may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan mamlakatimizda oila institutini mustahkamlaş, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş va yoş avlodni barkamol etib tarbiyalaşga munosib hissa qöşib kelayotgan xonadon vakillarini rağbatlantiriş maqsadida taʼsis etilgan «Ibratli oila» kökrak nişoni öz egalariga topşirildi.
Quvonarlisi, “Nuroniy” gazetasi va “Keksalik gaşti” jurnali Boş muharriri Hamroxon Musurmonova ham “Ibratli oila” kökrak nişoniga sazovor böldi. Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvida Musulmonovlar oilasiga mazkur mukofot tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi Respublika Boşqaruvi raisi, Senator, Özbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev va uning örinbosari Şuhrat Usmonov sözga çiqib, oila jamiyatning tayançi ekani, soğlom va maʼnaviy barkamol avlod tarbiyasida ibratli oilalarning örni beqiyos ekanini taʼkidlab, Musulmonovlar oilasini yuksak mukofot bilan tabriklaşdi.
Musulmonovlar oilasiga kökrak nişoni, guvohnoma va pul mukofotlari topşirildi.
Musulmonovlar oilasi poytaxtimizning Bektemir tumanidagi «Nurli yöl» mahallasida istiqomat qiladi. Taʼkidlaş kerakki, 33 yildan buyon ahillik va mehr-oqibat bilan umrguzaronlik qilayotgan oila sohiblari öz kasbining haqiqiy fidoyilaridir.
Jumladan, oila boşliği — taniqli sport jurnalisti Ravşan Musulmonov köp yillardan buyon yurtimizda soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş va özbek sporti yutuqlarini izçil yoritiş yölida samarali xizmat qilgan. Ayni paytda u Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasiga qaraşli “Qiziltoğ” sport-soğlomlaştiriş bazasi direktori lavozimida işlaş bilan birga, mamlakatimizda futbolni rivojlantiriş va yoşlar örtasida sportni keng tarğib etiş yölida munosib xizmat qilib kelmoqda. Oila farzandi Nurillo Kenjaboyev ham sport sohasida xizmat qiladi.
Xonadon kelini Laylo Abduolimova ikki farzandning onasi, şu bilan birga Çirçiq davlat pedagogika universitetida ikkinçi mutaxassislik böyiça tahsil olmoqda.
Oila bekasi Hamroxon Musurmonova esa «Nuroniy» gazetasi va «Keksalik gaşti» jurnali boş muharriri. U yurtimiz nuroniylarining ijtimoiy hayotini mazmunli taşkil etiş va oilalarda soğlom maʼnaviy muhitni qaror toptirişda jonbozlik körsatmoqda. Ahamiyatlisi, oila bekasining bevosita taşabbusi bilan aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoşlar uçun muhim xayriya loyihalari amalga oşirilgan.
Jumladan, Hamroxon Musurmonovaning bevosita taşabbusi bilan özi istiqomat qilayotgan mahallada «Oilam — oltin qörğonim» loyihasi doirasida 25 nafar mahalla bolalari uçun bepul kompyuter savodxonligi darslari taşkil etilgan, şu bilan birga, 15 nafardan ziyod işsiz xotin-qizlar tikuvçilik yönalişiga öqitilgan. Bugungi kunda ularning aksariyati şu yönalişda işlab, oilaviy daromadlarini şakllantirmoqda.
Umuman, 33 yillik ibratli hayot yöli, jamiyat rivojiga qöşayotgan hissasi bilan mazkur oila bugun köplab yurtdoşlarimiz uçun örnak bölişga arziydi. Biz “Nuroniy” gazetasi va “Keksalik gaşti” jurnali ijodiy jamoasi nomidan Musulmonovlar oilasini, xususan ustozimiz Hamroxon Musurmonovani uşbu yuksak eʼtirof bilan samimiy qutlab, xonadonlariga tinçlik, fayzu baraka va yangi zafarlar tilaymiz!
Dilyara Sirojiddinova