15 may — Xalqaro oila kuni

Oila nafaqat şarq xalqlari, balki butun insoniyat uçun muhim ijtimoiy institut sanaladi. U özaro birdamlik, maʼnaviy uyğunliknigina anglatib qolmay, öz navbatida, davlat va jamiyatning asosiy tayanç vositalaridan hisoblanadi. 15 may xalqaro miqyosda oila kuni sifatida nişonlanişida ham ramziy maʼno bor. Avvalo, şuni taʼkidlaş kerak: 1993 yilda mazkur sana Xalqaro oila kuni (International Day of Families) deb belgilandi. Bu, öz-özidan, davlat va jamiyatlar kun tartibiga jiddiy masalalarni çiqardi. Iqtisodiy qiyinçiliklar, tarbiya, gender tengligi, migratsiya, yoşlar masalalarini yer yuzi aholisining eʼtibor markaziga qöydi.

Bunga qöşimça, oila nafaqat şaxsiy hayot, balki ijtimoiy kelib çiqişning özagi, negizidir. Farzandlar milliy özlik asoslarini dastlab oilada taniy boşlaydi: til örganadi, qadriyatlarni qabul qiladi, yaxşini yomondan ajratişni örganadi, atrof, tabiiy muhitga, jamiyat aʼzolariga munosabat şakllanadi. Şu sababdan, oilaviy muhitning soğlom bölişi, unda intellektual va işbilarmonlik salohiyati yuqori bölişi, hayotga bölgan munosabat şakllari sifat darajasiga köra butun boşli jamiyatning barqarorligiga taʼsir körsatadi.

Ikkinçidan, mamlakatda jinoyatçilik darajasi, kambağallik va ruhiy muammolarning oila bilan boğlanişi ham bejiz emas. Agar oila mustahkam bölsa, bu — köp jihatdan ota-onaga va keksa yoşdagi nuroniylarga boğliq — mazkur ijtimoiy muammolarning dastlabki körinişlarida oldi olinadi.

Uçinçidan, oilalar farzand parvarişi, keksalarga ğamxörlik, şuningdek, oila aʼzolari örtasida resurslarni taqsimlaş masʼuliyatini yelkasiga olgani ortidan davlat iqtisodiyotiga yengillik berib, uning zimmasidagi yukni kamaytiradi.

Eng muhimi, oila emotsional tayanç vazifani bajarib, zarur vaqtda kişiga ruhiy qöllab-quvvatlov, rağbat, bir-birini tuşuniş kabi psixologik yordam körsatadi. Ayniqsa, zamonaviylik bilan boğlanadigan uç tuşunça: texnologiya, urbanizatsiya va individualizm kuçaygani sari oila qadriyatlarining zaiflaşib borayotgani mazkur sananing şunçaki bayram sifatida nişonlanişidan ham köproq oilaga befarq bölmaslik signali ekanini körsatmoqda.

— Dunyo davlatlarida oila institutiga yondaşuv turliça şakllangan bölib, u milliy qadriyatlar, madaniyat, din va ijtimoiy siyosat bilan boğliq. Masalan, Ğarb davlatlarida şaxsiy erkinlik, gender tengligi va individual yondaşuv ustun bölsa, Şarq mamlakatlarida anʼanaviy oilaviy qadriyatlar, kattalarga hurmat va jamoaviy masʼuliyat muhim hisoblanadi, — deydi psixolog Indira Rahimova. — Ayrim mamlakatlarda davlat tomonidan oilani ijtimoiy himoya qiliş, tuğilişni qöllab-quvvatlaş va psixologik xizmatlarni rivojlantirişga katta eʼtibor qaratiladi. Xususan, Özbekistonda oila institutining kuçli tomonlari, avvalo, oilaviy qadriyatlarning mustahkamligi, qarindoş-uruğçilik munosabatlarining saqlangani, kattalarga hurmat va özaro qöllab-quvvatlaş muhitining mavjudligida körinadi. Bu holat yoşlar tarbiyasi, maʼnaviy barqarorlik va ijtimoiy birdamlikni taʼminlaşda muhim ahamiyatga ega. Şu bilan birga, ayrim muammoli jihatlar ham mavjud. Xususan, yoşlarni oilaviy hayotga psixologik tayyorlaş yetarli darajada emasligi, ayrim oilalarda muloqot madaniyati pastligi, erta nikoh, ajrimlar sonining ortişi va iqtisodiy bosimlar oilaviy munosabatlarga salbiy taʼsir körsatmoqda. Bundan taşqari, zamonaviy axborot muhiti va globallaşuv jarayonlari ham anʼanaviy oilaviy qadriyatlarga maʼlum darajada taʼsir qilmoqda.

Darvoqe, oilalar bilan boğliq muammolarning oldini oliş maqsadida mamlakatimizda oila institutini qöllab-quvvatlaş davlat siyosati darajasiga kötarilgan. Xususan, mahallalarda muammoli oilalar va yoşlarning keksa nuroniylarga biriktirilişi, jamiyatda ijtimoiy himoyaning kuçaygani, kambağallikka qarşi harakatlar davom etayotgani, aholining turmuş farovonligiga erişişga har tomonlama kömaklaşilayotgani, maʼnaviy-maʼrifiy tarğibot işlari joylarda taşkil etilayotgani ayni masalalarga muvofiq yeçim topiş va ziddiyatli vaziyatlar hamda salbiy oqibatlarning oldini olişga qaratilgan.

Oilani asraş, unda soğlom muhitni şakllantiriş, barkamol avlodni tarbiyalaş xususida gap ketganda, uzoq yillardan beri birga baxtli yaşab kelayotgan namunali juftliklarning oila modeliga eʼtibor qaratiş, ibratli tomonlarini ommalaştiriş katta ahamiyatga ega.

Töğonbekovlar oilasi “3-Çarx Kamolon” mahallasining ibratli xonadon sohiblari bölib, Toşkent şahrining Çilonzor tumanida yaşaşadi. Hasanbek ota va Dilfuza aya 49 yildan buyon birga yaşab kelişmoqda. 4 nafar farzandni tarbiyalab, barçasini oliy maʼlumotli qilişgan. Hasanbek ota mahalla miqyosida taşkil etiladigan işlarda, xususan, mahalla infratuzilmasini yaxşilaşda munosib faollik körsatib, taşabbuskorligi, insonparvarligi bilan mahalla ahlining mehrini qozongan. Dilfuza aya “Kamolon”ning “Buvijonlar maktabi” guruhi aʼzosi. Tanigan-bilganlar onaxonni namunali oila bekasi, mehribon ona sifatida eʼtirof etadi.

Yöldoşevlar oilasi 51 yildan buyon ahil-inoq yaşab kelmoqda. Mazkur oilada tuğilib-ösgan 3 nafar farzandning hammasi oliy taʼlim tahsilini olgan. Hozirda ular iqtisod, tibbiyot va tadbirkorlik sohalarida işlab, el-yurt taraqqiyotiga öz hissalarini qöşişmoqda. Boqijon ota va Xolida aya mehnat faoliyati davomida, şuningdek, bugungi kunda ham jamiyatda ijtimoiy himoyani kuçaytiriş, himoyaga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaş, ularga ijtimoiy kömak körsatişga eʼtibor qaratib, 7 nafar nabirasi, şuningdek, yoşlarga yöl-yöriq körsatadi, ularni ilmu maʼrifatga, işbilarmonlikka, zamonaviy könikmalarni özlaştirişga rağbatlantiradi. Bu ikki nuroniy turmuşdan saodatga erişiş uçun oilaviy qadriyatlarni uluğlaş, kattaga hurmat, kiçikka izzat körsatiş, bir-birini tuşunib yaşaş va qöllab-quvvatlaş kabi jihatlarga jiddiy eʼtibor qaratiş zarurligini taʼkidlaydilar. Ularga köra, oila mustahkam bölsagina, jamiyat yuksalişi mumkin. Mahalla-köy, qöyingki, mamlakatning milliy qiyofasini aynan ana şu kiçik jamiyat — oiladagi muhit, kayfiyat, odob-axloq va urf-odatlar belgilaydi.

Husanxöjayevlar xonadoni ham tumanning közga köringan ibratli oilalaridan. Ölmas ota Husanxöjayev texnika fanlari nomzodi, dotsent, Toşkent arxitektura-quriliş universiteti gidrotexnika va geotexnika muhandisligi kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritgan. 62 yillik mehnat stajiga ega, hozir nafaqada. Ölmas ota I darajali “Mehnat faxriysi” hamda “Gidroenergiya iftixori” kökrak nişoni sohibi. Muqaddasxon ayaning ham tibbiyot sohasidagi uzoq yillik mehnatlari qadrlanib, “Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan. Nabiralar bobo-buvisining yarim asrga teng umr falsafasidan ibrat olib, kamolga yetmoqda. Bugungi kunda ular turli oliygohlarda tahsil olib, fan olimpiadalarida qatnaşib kelmoqda.

“Quş uyasida körganini qiladi”, deydilar. Xuddi şunday, Töğonbekovlar, Yöldoşevlar, Husanxöjayevlar qatori Çilonzor tumanining qator namunali oilalari, xususan, Hakimovlar, Sultonovlar oilasida oila boşliqlarining turiş-turmuşi, gap-sözi, xalq orasidagi obrö-eʼtibori, turmuş tutumlari nafaqat farzandlar, balki nabiralarga, mahalla-köyning öğil-qiziga ham namuna bölmoqda. Yoşlar ularning ibratli, tinç-totuv oila modeliga asosan, el-ulus orasida qadr topiş, obrö-eʼtibor qozoniş uçun, avvalo, şaxs kamoloti va oila institutlarining mustahkamligi, barqarorligi birlamçi ahamiyat kasb etişini anglab bormoqda.

Darvoqe, jamiyatni tarbiyalaş haqida uzoq yillardan beri gapirib kelinadi. Aslida, özgariş har bir şaxs tarbiyasidan boşlanişini inobatga olsak, bu jarayonda oila, ustozlar hamda mahallaning roli naqadar katta ekanini payqaş mumkin.

Suğdiyona SOBIROVA,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan