Qoraqalpoğiston Respublikasi Qönğirot tumani Madaniyat bölimi binosida 15 may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi.

Unda tuman hokimining örinbosari A.Mamutov, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği J.Ametovalar iştirok etib, ahil, ibratli va faol oilalar mamlakatimiz kelajagining poydevori ekanligini alohida qayd etdilar. Öz navbatida, ularni bayram munosabati bilan samimiy tabrikladilar.

Tadbir doirasida bir qator oila vakillariga “Ibratli oila” kökrak nişonlari tantanali ravişda topşirildi.

Badiiy qismdan joy olgan konsert dasturi, sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar, turli badiiy çiqişlar tomoşabinlarga bayramona kayfiyat ulaşdi.

Darhaqiqat, ibratli oilalar va ularning jamiyatdagi öziga xos örni alohida eʼtirof etilar ekan, mazkur eʼtibor boşqa oilalar uçun ham namuna bölib, yurtimizda ahil va ibratli oilalar sonining yanada ortişiga xizmat qiladi.

Maysara Nazarova.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan