“Haj — 2026”
Haj fazilatli va uluğ ibodatdir. Joriy yilgi haj mavsumida 15 ming nafardan ortiq hamyurtlarimiz muqaddas amallarni ado etiş uçun Saudiya Arabistoniga jönab ketişdi.
Prezidentimiz tomonidan bu yil el-yurt koriga yarayotgan, fidoyi va jonkuyar vatandoşlarimizning 100 nafari “Prezident hojisi” loyihasi doirasida muqaddas safarga yuborilgani mamlakatimizda katta quvonç, şukronalik bilan kutib olindi.
Joriy yilning 18 may kuni “Prezident hojisi” yöllanmalariga sazovor bölgan hamyurtlarimiz uçun muborak safar oldidan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi yaqinidagi “Farovon” mehmonxonasida gözal maʼrifiy suhbat uyuştirildi. Uçraşuvda Haj ibodatiga tayyorgarlik, safar davomida eʼtibor qaratiş lozim bölgan taşkiliy va şarʼiy jihatlarni tuşuntiriş bilan birga, uluğ amalni bajarişda qulay bölgan maxsus libos, sumka va zarur qöllanmalar taqdim etildi.
Tadbirda Prezident Administratsiyasi Diniy-maʼrifiy masalalar böyiça departamenti boşliği Muzaffar Kamilov, Özbekiston musulmonlari idorasi raisining birinçi örinbosari Homidjon Işmatbekov, Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Davronbek Maxsudov hamda Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovlar iştirok etib, bölajak hojilar bilan samimiy muloqotda böldilar.
Şundan söng Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga maxsus sayohat taşkil etildi. Unda ziyoratçilar markaz faoliyati, bu yerda saqlanayotgan nodir eksponatlar, qadimiy qölyozmalar hamda zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdilar.
Uluğvor majmua böylab uyuştirilgan sayohat va yuksak darajadagi eʼtibordan şodlangan bölajak hojilar mamlakatimizda Vatan rivoji uçun hissa qöşayotgan insonlarga körsatilayotgan ğamxörlik, ilm oliş va ibodatlarni ado etiş uçun taşkil qilingan şaroitlar hamda diniy-maʼrifiy sohadagi kölamli islohotlarni alohida eʼtirof etdilar.
Şu kuni “Haj — 2026” mavsumining sönggi guruh ziyoratçilari Toşkent xalqaro aeroportidan muqaddas safarga kuzatildi.
Fayzli tadbirda ziyoratçilarga Haj amallarini bekamu köst ado etişlari, Haq taolodan yurtdoşlarimizning safarlarini bexatar, ibodatlarini maqbul aylaşini sörab, xayrli duolar qilindi.
Bölğusi hojilar körsatilayotgan bunday ğamxörlik uçun davlatimiz rahbari hamda taşkilotçilarga samimiy minnatdorlik bildirdilar. Muqaddas zaminda Vatanimiz tinçligi, xalqimiz farovonligi va yurtimiz ravnaqi uçun duoda bölişlarini taʼkidladilar.
Alloh taolo muborak safarga otlangan barça yurtdoşlarimizga haj ibodatini bekamu köst ado etişlikni va ona Vatanimizga soğ-salomat qaytişlarini nasib etsin!
Manba: “muslim.uz”