Keksalarning boy hayotiy tajribasi va yoşlarning şijoati birlaşgan joyda yuksaliş böladi. Xorazmda taşkil etilgan “Uç avlod uçraşuvi” ana şunday maʼnaviy vorislikning yorqin namunasiga aylandi. “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi taşabbusi bilan Urganç şahridagi “Asr” tantanalar majmuasida ötkazilgan tadbir keksa avlod vakillari va yoşlarni bir davraga jamladi.
Uçraşuvni jamğarmaning viloyat bölimi raisi, Özbekistonda xizmat körsatgan quruvçi Rustam Sultonov kiriş sözi bilan oçib, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan nuroniylarni eʼzozlaş va yoşlarni qöllab-quvvatlaş borasida olib borilayotgan islohotlar, hududda amalga oşirilayotgan işlarning amaliy samarasiga alohida töxtaldi.
Tadbir avvalida köhna va boqiy Xorazmning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalari rivojiga munosib hissa qöşgan otaxon va onaxonlar musiqa sadolari ostida izzat-ikrom bilan kutib olindi. Xalqaro Maxtumquli mukofoti laureati Qurbon Muhammad Rizo va Hazorasp tumani “Buvijonlar maktabi” rahbari Dilorom Yusupovaning ögitlari tadbirda qatnaşgan yoşlar uçun haqiqiy hayot darsi böldi.
Urganç şahridagi 7-maktab öquvçisi, “Bolalar harakati”ning “Iqtidor” yönalişi sardori Aslonbek Yovqaçev keksalarning bosib ötgan şonli yöllari bugungi yoşlarga alohida örnak bölişini taʼkidladi. Bir piyola çoy ustidagi qizğin va samimiy suhbat iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi. Sanʼatkorlarning dilrabo kuy va qöşiqlari davraga fayz kiritdi.
Faollar munosib rağbatlantirildi.
Şavkat SULTONOV,
“Nuroniy” muxbiri.